• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    4 yil oldin 170 kg tosh bosgan, raqibi sabab sportga qayta olgan, qaytishi esa gollivudcha sujetni eslatib yuboradigan Tayson Fyuri hikoyasi

    Tayson Fyuri 2015-yilda 11 yildan buyon mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelayotgan Vladimir Klichkoni yengib, mashhurlikka erishgandi. O‘sha vaqtda “lo‘lilar qiroli” 27 yoshda edi va shonli g‘alaba unga og‘irlik qildi: depressiyaga tushdi, narkotik moddalarga o‘rganib qoldi va juda ko‘p vazn yig‘di.

    “Menda faqatgina bitta maqsad bo‘lgan — Klichkoni yengish. Bu mening yo‘ldan og‘ishmasligimga sabab bo‘lardi. Uni olib qo‘yishganidan so‘ng menda motivatsiya qolmadi. Endi menda yashashga ishtiyoq qolmadi va 27 yoshimda o‘lishga tayyor edim”, — deya tan olgandi Tayson Fyuri.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Gap shundaki, Tayson bipolyar tushkunlikdan aziyat chekardi, chempionlikdan so‘ng u nazoratni yo‘qotdi. Fyuri ikki yil davomida janglarda ishtirok etmadi (Klichko bilan revansh ham bekor qilindi), undan kamar olib qo‘yildi, doping tekshiruvida esa bokschining qonida kokain borligi aniqlandi. Fyuri g‘azabda va qaysidir pallada o‘zini o‘ldirishga ham tayyor edi:

    “2016-yil men yangi ‘Ferrari’ xarid qildim, tezlikni oshirdim va ko‘prik tomon yo‘l oldim. Menga farqi yo‘q edi, hayotim haqida unutgandim. Ammo yaqin qolganimda, miyamda bir ovoz jaranglardi: ‘Yo‘q, Tayson, bunday qilma! Otasiz katta bo‘lishi mumkin bo‘lgan farzandlaring, oilang haqida o‘yla’”.

    O‘sha paytda Fyuri umidsiz ko‘ringandi — uning qaytishiga hech kim ishonmadi, internetga joylangan rasm esa shikoyatlarga sabab bo‘ldi. Bir yil avval Klichkoni mag‘lub etgan chempion bugun 170 kilogrammli insonga aylangandi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Bokscha chanqoqmanmi? Men cho‘chqaga o‘xshab semirganman va faqatgina buterbrod haqida orzu qilaman”, — deb hazilomuz javob qaytargandi Tayson jurnalistlarning qaytish haqidagi savoliga. Lekin Fyuri kulgi ortiga uni bokschi sifatida ko‘mib qo‘ya oladigan jiddiy muammolarni yashirgan edi.

    Fyuri boksga qayrishga qaror qilgunga qadar, deyarli ikki yil depressiyada yashadi. Qaytish qarori ham kutilmaganda, Hellouin bayramida qabul qilindi.

    Men skelet kostyumini kiygandim, o‘shanda 29 yosh bo‘lganman, qolganlar esa mendan kichik edi. Shunda o‘yladim: yashashdan maqsadim shumi? Uyga bordim, qorong‘i xonada o‘tirdim, skelet kostyumini yechdim va Xudodan yordam berishini so‘radim. Avval ibodat qilmasdim, lekin bu safar ko‘zlarimdan yosh chiqdi. Birinchi marta barchasi yaxshi bo‘lishini his qildim. Bunga o‘zim kela olmasligimni bilardim.

    Tayson Fyuri

    2017-yilning so‘ngida Fyuri mashg‘ulotlarga qaytdi. Odatda, janglar oldidan Tayson 120 kg vaznda bo‘lardi. Demak, 60 kg vazn yo‘qotish kerak. O‘sha vaqtda yengib bo‘lmas Deontey Uaylder ustidan g‘alaba qozonish sobiq chempion uchun motivatsiya bo‘lib xizmat qildi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Amerikalik bokschi 39 ta g‘alabaga (shundan 38 tasini nokaut orqali) erishgandi. Uaylder Mayk Taysonga qiyoslanar, o‘z zamonasining eng qo‘rqinchli og‘ir vazn toifa vakili, deb tan olinardi. Fyuri uchun Deontey yangi Klichkoga aylandi va mashg‘ulotlarga qaytishiga sababchi bo‘ldi.

    Dekabr oyida Tayson trilogiya boshlanishi uchun turtki bo‘lgan videoni tarmoqlarga joyladi. Semiz va formasini yo‘qotgan Fyuri yugurishga chiqdi va Eminemning “Without Me” (“Mensiz”) qo‘shig‘i sadolari ostida Uaylderga murojaat qildi:

    https://www.instagram.com/p/CU1gmjDj3Wy/?utm_source=ig_embed&ig_rid=c18978df-336b-42e0-8173-34066d3f8de1

    “Topingchi, kim qaytdi? Yagona va takrorlanmas. ‘Bronza bombardir’ Deontey Uaylderga murojaat qilyapman. Menga motivatsiya bergani uchun unga minnatdorchilik bildiraman. Endi buni uddalay olmayman va hammasi tugadi deb o‘ylagandim. Sen tomon yuryapman. Sening oldinga qaytaman!”.

    Fyuri 2018-yilda ringga chiqish uchun mashg‘ulotlarga qaytdi. Tayson doim semiz bo‘lgan, lekin oxirgi vaqtlarda yanada semirib ketgandi va zalda shunchaki kulgili ko‘rinardi:

    Qat’iy rioya qilingan diyeta va mashg‘ulotlar foyda berdi — Fyuri 60 kg vazn yo‘qotdi. 2018-yil iyun oyida Tayson 125 kg vazn bilan Sefer Seferi, avgustda 117 kg vazn bilan Franchesko Pyanetaga qarshi ringga chiqdi. Fyuri ikki yil davomida dahshatli ahvolga solgan tanasini qisqa muddatda o‘z holiga qaytara olgani juda ajoyib natija.

    Fyurining formaga qaytishiga diyetolog Greg Marriott yordam berdi: u bokschi uchun kam uglevodga ega diyetani ishlab chiqdi (Tayson kuniga 3500 kaloriya iste’mol qilishi lozim edi) va rejim buzilmasligini qattiq nazorat qildi. Buning uchun u bokschiga ba’zan sevimli taomi — an’anaviy britancha “fish and chips” (kartofel bilan qovurilgan baliq) iste’mol qilishiga ruxsat berardi.

    “Fyuri shunchaki vazn tashlamadi, balki kayfiyatini ham joyiga keltirdi. Bu juda muhim edi, chunki mamnun jangchi — xavfli jangchi”, — deb hisoblaydi diyetolog.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Keyin esa tarix yozildi: Fyuri yengilmas Uaylder bilan janglarda bir marta durang natija qayd etdi, ikki marta g‘alaba qozondi. Endi u yana og‘ir vazn toifasida dunyoda yetakchiga aylandi. Deontey Tayson uchun uni ruhlantirgan yangi Klichko vazifasini o‘tab berdi. Tayson Fyuri uchun yangi maqsad Aleksandr Usik bo‘ladimi-yo‘qmi, buni vaqt ko‘rsatadi. Hozircha Usikning shartnomasida Entoni Joshua bilan revansh jangi o‘tkazish ko‘rsatilgan. Lekin Tayson uchun aynan ukrainalik bokschi munosib raqib bo‘lib ko‘rinmoqda.

    12.10.2021, 23:13   Izoh (0)   31366
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Iordaniyadan javobsiz 3 ta gol o‘tkazgan O‘zbekiston, “PSJ”da qachon debyut qilishi aniq bo‘lgan Ramos va muddatidan oldin JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan German...

    12.10.2021, 22:12

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iordaniyaga yirik hisobda yutqazdi

    12.10.2021, 20:54

    JCh—2022 yo‘lida. Germaniya raqibi darvozasiga javobsiz 4 ta, Niderlandiya esa 6 ta gol urdi. Turkiya 90+9-daqiqida g‘alabani ilib ketdi

    12.10.2021, 02:07

    Myunxen fojiasidan tirik chiqqan, “Manchester Yunayted” va Angliya futboli timsoliga aylangan ser Bobbi Charlton faoliyatiga nazar

    11.10.2021, 23:45

    Jahon chempionatiga boradigan Shahram va Hasanboy, 80 talik dovondan o‘tgan Messi, “qizil furiya”ni taslim qilgan “uchranglilar”. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    11.10.2021, 21:43

    Shahram va Hasanboy qaytdi, Bahodir bu safar yo‘q. O‘zbekiston boks terma jamoasining JCh—2021 ga yo‘l oladigan tarkibi e’lon qilindi

    11.10.2021, 17:17
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriyada ISHID rahbarlaridan biri yo‘q qilindi

    Dunyo | 26 iyul, 19:52

    Avstraliyalik 38 yoshli ayol “hayotidagi eng yaxshi qaror”ni qabul qilib, qariyalar uyiga ko‘chib o‘tdi

    Qo‘ziqorin | 26 iyul, 19:29

    Eronda noma’lum shaxslar sud binosiga qurolli hujum uyushtirdi

    Dunyo | 26 iyul, 18:50

    “Arsenal” salkam 70 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 26 iyul, 18:30

    AQSH senatorlari Trampni Netanyaxuga bosim o‘tkazishga undadi

    Dunyo | 26 iyul, 18:05

    “Kimgadir shu kerak ekan”. Toshkentdagi ko‘p yillik archalar yong‘ini uyushtirilganmidi? (reportaj)

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:41

    Yuqori harorat ish qobiliyatiga qanday ta’sir qiladi? Kardiolog javob berdi

    Karyera | 26 iyul, 17:35

    Toshkentdagi avtohalokatda 20 yoshli yigit vafot etdi

    O‘zbekiston | 26 iyul, 17:29
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.