• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada gripp va COVID-19 ga qarshi yagona vaksina yaratiladi, JSST Shimoliy Koreyaga koronavirusga qarshi dori-darmonlarni yetkazishni boshladi. Koronaxabarlar

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 236 537 162 kishini tashkil qilmoqda. Shularning 4 828 794 nafari vafot etgan. Shuningdek, jahon bo‘yicha qo‘llanilgan vaksina 6,370 milliard dozadan oshdi.

    Kasallanish holatlarining ko‘pligi bo‘yicha AQSh (44 million), Hindiston (33,8 million), Braziliya (21,5 million), Rossiya (7,5 million) va Turkiya (7,3 million) eng oldinda bormoqda.

    Chexiyada COVID-19 tufayli karantinda bo‘lgan saylovchilar parlament saylovida mashina oynasidan ovoz bermoqda

    Chexiyada COVID-19 tufayli karantinda bo‘lgan saylovchilar parlament saylovida mashina oynasidan ovoz bermoqda
    Foto: EPA

    Rossiyada gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksina yaratiladi

    Rossiyada Gamaleya nomidagi markaz (“Sputnik V” vaksinasini ishlab chiqqan) 2022-yil oxirida gripp va koronavirusga qarshi yagona vaksinaning klinik sinovlarini boshlaydi.

    Markaz direktori Aleksandr Ginsburgning so‘zlariga ko‘ra, yangi preparatga rotaviruslarga qarshi gibrid vaksina asos qilib olingan, u bilan birgalikda koronavirusning turli variantlariga qarshi preparat ustida ham ish olib borilmoqda.

    “Buning uchun texnologik platforma yaratib bo‘lingan, ammo klinik sinovlar hali boshlangani yo‘q. Agar bu platforma bilan hammasi yaxshi bo‘lsa, aynan shu texnologiya ish bersa, unda yanada murakkabroq variantga o‘tamiz, bu — bitta vaksinada bir vaqtning o‘zida gripp gemagglyutinini antigenlarini hamda koronavirusning S-oqsillarini jamlash. Yangi preparatning klinik sinovlari kelasi yil oxirida boshlanadi”, — dedi Ginsburg.

    Mavzuga doir: Rossiyada koronavirusga qarshi beshinchi vaksina — “EpiVakKorona-N” ro‘yxatga olindi

    JSST KXDRga koronavirusga qarshi dori-darmonlarni yetkazishni boshladi

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) COVID-19 ga qarshi tibbiyot vositalarini Shimoliy Koreyaga Xitoyning Dalyan porti orqali yetkazib berishni boshladi.

    Tibbiy yordam aynan nimalardan iborat ekanligi va uni yuborish qachon boshlangani noma’lum, ammo Yonhap agentligi taxmin qilishicha, yuklarni yuborish o‘tgan oy oxirida boshlangan bo‘lishi mumkin.

    Endi Shimoliy Koreya pandemiya tufayli kiritilgan qat’iy chegara nazoratini yumshatishi mumkinligi ham taxmin qilinmoqda. Aniqlik kiritilishicha, 2020-yil yanvaridan buyon KXDR chegaralari chet elliklar va mahalliy fuqarolar uchun butunlay yopilgan.

    Mavzuga doir: OAV: Shimoliy Koreya koronavirusga qarshi Rossiya vaksinasini sotib oldi

    AQShda COVID-19 ga qarshi emlanmaganlarga organlarni ko‘chirib o‘tkazishni rad etish boshlandi

    Kolorado shtati tibbiyot muassasalari notijorat uyushmasi UCHealth “deyarli har qanday vaziyatda” COVID-19 ga qarshi vaksinatsiyadan o‘tmagan bemorlarga organlar transplantatsiyasini rad etishni boshladi.

    UCHealth ma’lum qilishicha, u organlar retsipiyentlarining barchasiga boshqa tibbiy talablarga qo‘shimcha ravishda, koronavirusga qarshi emlanish majburiyatini yuklaydi. Tashkilot vakili Den Uiverning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatdagi boshqa organlar transplantatsiyasi markazlari ham shunday amaliyotga rioya qilmoqda yoki shunga o‘tmoqda.

    UCHealth koronavirus o‘pka ko‘chirib o‘tkazilgan odamlarning o‘limiga olib kelishi haqidagi tadqiqotga asoslangan. Uiverning aytishicha, bunday hollarda o‘lim ehtimoli 20—30 foizga teng bo‘ladi, taqqoslash uchun, mamlakatda odatiy daraja 1,6 foizni tashkil etadi.

    Mavzuga doir: AQSh to‘liq emlangan sayyohlar uchun o‘z chegaralarini ochadi, Pfizer vaksinasi bolalar uchun xavfsiz deb topildi. Koronaxabarlar

    Shvetsiya va Daniya yoshlarni Moderna vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi

    Shvetsiya va Daniya hukumatlari 1991-yildan keyin tug‘ilgan odamlarni Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlashni to‘xtatdi. Bu miokardit kabi noyob nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi bilan bog‘liq.

    Shvetsiyaning Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha agentligi ma’lumotlari vaksina olgan yoshlar orasida miokardit va perikardit holatlari tarqalganini ko‘rsatmoqda.

    “Moderna kompaniyasining Spikevax vaksinasiga kelganda bog‘liqlik yanada oydinlashmoqda, ayniqsa, ikkinchi dozadan keyin”, — deyiladi agentlik bayonotida.

    Ayni vaqtda, ta’kidlanishicha, ushbu nojo‘ya ta’sirlar yuzaga kelishi ehtimoli juda past. Shunga qaramay, endi agentlik yoshlarga Pfizer/BioNTech’ning Comirnaty vaksinasini olishni tavsiya qilmoqda.

    Mavzuga doir: Yaponiyada Moderna vaksinasidan topilgan yot moddalar zanglamaydigan po‘lat bo‘lib chiqdi

    07.10.2021, 16:28   Izoh (0)   9312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaksinani ma’qulladi. Ushbu kasallikdan yiliga yuz minglab bolalar vafot etadi

    07.10.2021, 15:42

    Pokistonda yuz bergan zilzila oqibatida 20 kishi halok bo‘ldi

    07.10.2021, 13:40

    Saakashvili test topshirib, o‘zining giyohvand ekani haqidagi da’volarni rad etishga tayyorligini bildirdi

    07.10.2021, 12:24

    Afg‘oniston O‘zbekiston, Turkmaniston, Tojikiston va Erondan elektr energiyasi uchun 62 mln dollar qarzini to‘lash uchun sobiq amaldorlarning mol-mulklarini sotmoq...

    07.10.2021, 11:23

    Eron Ozarbayjonning boshqa davlatlar bilan harbiy mashg‘ulotlarini provokatsiya deb atadi

    07.10.2021, 10:32

    Berdimuhamedov Toshkentdan qaytgach, Ashxoboddagi tungi yoritish tizimlariga alohida e’tibor qaratishni buyurdi

    06.10.2021, 23:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Trampga qarshi ish olib borgan prokurorga nisbatan tergov boshlandi

    Dunyo | 3 avgust, 20:24

    Vinisiusning rejalari barbod bo‘ldi

    Sport | 3 avgust, 19:34

    Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Turkmanistonga boradi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 19:29

    Rossiyada 14 yoshli ozarbayjonlik teraktda ayblandi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 19:15

    Sea Breeze loyihasining egasi qanday majburiyatlarni o‘ziga olmoqda?

    O‘zbekiston | 3 avgust, 18:56

    Isroil mudofaa vaziri butun G‘azoni bosib olishga chaqirdi (video)

    Dunyo | 3 avgust, 18:10

    Andijonda sobiq kuyov qaynukasining mashinasini yoqib yubordi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 17:47

    Suriya mudofaa vazirligi va AQSH dastagidagi kurdlar mamlakat shimolida yuz bergan to‘qnashuvda bir-birini aybladi

    Dunyo | 3 avgust, 17:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.