“Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti mutaxassislari “Reforms.uz” yagona elektron platformasini ishga tushirdi. “Nigoh”ning yozishicha, unda islohotlar natijalari haqida sodda va tushunarli shaklda batafsil ma’lumotlar keltirilgan.
Platforma orqali 2017—2020-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilgan o‘zgarishlar natijalari bilan tanishish mumkin.
Shu bilan birga, o‘tgan besh yil mobaynida erishilgan natijalar bundan oldingi yillar, ya’ni Strategiyani amalga oshirish boshlanishidan oldingi holat bilan taqqoslangan holda berilgan.
Izoh (0)