• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Kimyo bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlari e’lon qilindi

    Kimyo bo‘yicha 2021-yilgi Nobel mukofoti germaniyalik Benjamin List va amerikalik Devid Makmillanga “assimetrik organokatalizni rivojlantirgani uchun” beriladi. G‘oliblarni e’lon qilish marosimini translyatsiya qiluvchi Nobel qo‘mitasi veb-saytida olimlarning tadqiqotlari haqidagi press-reliz ham chop etilgan.

    Foto: EPA

    Foto: EPA

    10 million shved kronasi (1,14 million dollardan ortiq) miqdoridagi mukofot ikki laureat o‘rtasida teng taqsimlanadi.

    Katalizatorlarning faqat ikkita turi bor deb hisoblanardi: metallar va fermentlar. List va Makmillan bir-biridan mustaqil ravishda molekulalarni yaratishning yangi usulini — kichik organik molekulalarga asoslangan assimetrik organokatalizni ishlab chiqdi. Nobel qo‘mitasi press-relizida aytilishicha, u yangi farmatsevtika mahsulotlarini tadqiq qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi, bundan tashqari, kimyoning yanada barqaror bo‘lishiga yordam beradi.

    “Organokataliz aqlbovar qilmas darajada tez rivojlanmoqda. Bunday reaksiyalar yordamida tadqiqotchilar endi yangi farmatsevtika vositalaridan tortib quyosh panellarida nurni yuta oladigan molekulalarga qadar hamma narsani yanada samarali tarzda yaratishi mumkin”, — deyiladi xabarda.

    List 1968-yilda Germaniyaning Frankfurt-Mayn shahrida tug‘ilgan va doktorlik darajasini 1997- yilda Frankfurtdagi Gyote universitetida olgan. Hozirda u Germaniyaning Myulxaym-na-Rur shahridagi Maks Plank nomli ilmiy tadqiqotlar jamiyati tadqiqot institutlaridan birining rahbari.

    Makmillan 1968-yilda Shotlandiyaning Bellzxill shahrida tug‘ilgan. Keyinchalik u AQShga ko‘chib o‘tgan. 1996-yilda Irvayn shahridagi Kaliforniya universitetida doktorlik dissertatsiyasini olgan. Hozir u Prinston universiteti professori.

    2020-yilda kimyo bo‘yicha Nobel mukofoti genomni tahrirlash usullarini ishlab chiqqani uchun Emmanuel Sharpantye va Jennifer Dudnega topshirilgandi.

    4-oktabr kuni Stokgolmda Nobel haftaligi boshlandi. Birinchi bo‘lib an’anaviy tarzda tibbiyot va fiziologiya bo‘yicha mukofot laureatlari e’lon qilindi. Bu yil ushbu yo‘nalishda mukofot AQShda faoliyat olib boradigan olimlar — Devid Julius hamda Ardem Pataputyanga harorat va sensorli retseptorlar ustidan tadqiqotlar uchun berildi.

    5-oktabr kuni fizika bo‘yicha Nobel mukofotiga uch nafar olim sazovor bo‘ldi. Mukofotning bir qismi amerikalik iqlimshunos Syukuro Manabe va germaniyalik olim Klaus Xasselmanga Yer iqlimini fizik modellashtirish va global isishning ishonchli tahlili uchun, ikkinchi qismi esa italiyalik fizik Jorjo Pariziga atomlardan sayyoralargacha bo‘lgan fizik tizimlarda tartib va ​​tebranishlarning o‘zaro ta’sirini kashf qilgani uchun beriladi.

    Mukofotni topshirish marosimi 10-dekabrda, Alfred Nobel vafot etgan kunda bo‘lib o‘tadi. Odatda Nobel mukofoti sovrindorlarini Shvetsiya qiroli Stokgolmda shaxsan tabriklardi (Osloda taqdirlanadigan Tinchlik mukofoti sovrindorlari bundan mustasno). Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli 2021-yilda xuddi o‘tgan yilgi kabi tantanali marosim va ziyofat bo‘lmaydi. G‘oliblar onlayn tarzda taqdirlanadi.

    06.10.2021, 16:57   Izoh (0)   19447
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Agar Eron diplomatiya orqali yadroviy bitimga qaytmasa, AQSh boshqa choralarni qo‘llaydi — Oq uy

    06.10.2021, 15:24

    Trampning rafiqasi va qizi Oq uyda qanday laqab bilan atalgani ma’lum bo‘ldi

    06.10.2021, 14:26

    OAV: Si Szinpin Rimda o‘tkaziladigan G20 sammitida ishtirok etmaydi

    06.10.2021, 14:11

    Britaniya diplomatlari Kobulda “Tolibon” bilan muzokara o‘tkazdi

    06.10.2021, 13:39

    Tramp 25 yil ichida ilk bor Forbes’ning eng boy amerikaliklar ro‘yxatiga kiritilmadi

    06.10.2021, 10:18

    Zelenskiy, Aliyev va Nazarboyevning sirli rafiqasining “Pandora arxivi”dagi ofshor sxemalarga aloqadorligi aniqlandi. Serbiya vaziri kvartiralar bo‘yicha dalil top...

    06.10.2021, 09:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda 20-iyun kuni harorat nisbatan pasayadi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:45

    O‘zbekistonda tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasi byudjetga 195 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 10:30

    Eron Isroilga 20 ta raketa uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 10:40

    “Do‘stlar” yulduzi Mettyu Perrining o‘limiga aloqador shifokorga 40 yilgacha qamoq jazosi tahdid qilmoqda

    Shou-biznes | 19 iyun, 10:26

    “Bezosga bu yerda joy yo‘q”: Venetsiyada Jeff Bezos va Loren Sanchesning to‘yiga qarshi noroziliklar boshlandi

    Layfstayl | 19 iyun, 09:58

    “Qiyomat kuni samolyoti” Vashington yaqinida ko‘rinish berdi

    Dunyo | 19 iyun, 09:55

    Xabi Alonso “Real” murabbiyi sifatida ilk o‘yinda durang qayd etdi — bu XXI asrdagi uchinchi holat

    Sport | 19 iyun, 09:54

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga 14,5 mlrd so‘m mukofot to‘landi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 09:39
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.