• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    “Kalmar o‘yini” — butun dunyoni zabt etayotgan Janubiy Koreya seriali. Internet fenomeniga aylangan kartinani ko‘rish uchun 7 sabab

    27-sentabr kuni Janubiy Koreyaning “Kalmar o‘yini” seriali (Squid Game) Netflix’dagi eng mashhur shoular o‘ntaligi reytingining yuqori pog‘onasini egalladi. FlixPatrol’ning yozishicha, Koreya loyihasi striming platformada bu kabi natijani birinchi bor qayd etmoqda.

    Foto: Netflix

    Netflix’ning kontent bo‘yicha direktori Ted Sarandos tomosha qilishlar bo‘yicha natijalar shunday qoladigan bo‘lsa, “Kalmar o‘yini” platformaning eng muvvaffaqiyatli reliziga aylanishini bildirgan. Shuningdek, serial ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lyapti: #squidgame xeshtegi TikTok’da 22 milliard martadan ortiq ko‘rilgan. TJournal’ning ma’lum qilishicha, tomoshabinlar kadrlar bilan bo‘lishyapti, o‘zlaricha nazariyalar tuzib, ayrim o‘yinlarni takrorlashga urinmoqda.

    Diqqat, materialda serialga bog‘liq u qadar ahamiyatli bo‘lmagan spoylerlar mavjud.

    Serial nima haqida — bolalar o‘yini uchun “Qirollik jangi”

    “Kalmar o‘yini”ni Janubiy Koreyalik rejissor Xvan Don-Xyok suratga olgan. Uning boshqa ishlari qatoridan bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka bag‘ishlangan “Shafqatsiz sinov”, “Namxansanson qal’asi” tarixiy jangari filmi, shuningdek, “Miss buvijon” komediyasi o‘rin olgan. Mazkur kartinalarning barchasi xitga aylangan. “Kalmar o‘yini” seriali ustidagi ishlar 2008-yildan boshlagan bo‘lib, avvaliga to‘liq metrajli film taqdim etish haqida o‘ylagan.

    Serial sujetiga ko‘ra, murakkab vaziyatda qolgan 456 kishi o‘yinda ishtirok etishga taklif qilinadi. Qoidalar oddiy: olti kun va oltita bolalar uchun mo‘ljallangan o‘yin. Masalan, o‘sha “Kalmar o‘yini” deya mashhurlikka erishgan bellashuvda o‘yinchilardan biri ikkinchisini maxsus maydondan chiqarib yuborishi kerak. Vazifani uddalay olmagan o‘yindan chiqadi (ya’ni o‘ladi). G‘olibga 40 million dollarga yaqin mukofot puli beriladi.

    Bosh qahramonlar orasida omadi chopmagan ishsiz, mijozlar pulini o‘g‘irlagan moliyachi, Shimoliy Koreyadan kelgan qochoq, miyasida o‘simta bor qariya, kazinoda ko‘p pul yutqazib qo‘ygan bezori, ezma ayol va Pokistondan kelgan migrant bor. Barchaning o‘yinda qolish uchun o‘z sabablari bisyor, ularning har biri qaysi strategiya bo‘yicha yo‘l tushishi kerakligini o‘zi hal qiladi.

    Serialda tajribali tomoshabin uchun tanish bo‘lgan elementlar mavjud. Birinchi navbatda u “Qirollik jangi”ni yodga soladi, ammu bu yerda “Parazitlar”, “Tajriba”, Netflix’ning “Platforma” va inson o‘zidan boshqa biror kimga ishonishi mumkinmi yoki yo‘qligini savol ostiga qo‘yadigan qator filmlarni uchratish mumkin. Sodir bo‘layotgan voqealar absurd bo‘lishiga qaramay, “Kalmar o‘yini”da motivatsiya va shaxslar o‘rtasidagi mojarolar hayratlanarli darajada haqiqatga yaqin.

    “Kalmar o‘yini” nimasi bilan tomoshabinga yoqadi?

    Serial “bindjvotching”ga asoslangan — u tomoshabinda shouni o‘chirish fikri yuzaga kelmasligi uchun doim tanglikda ushlab turadi. Loyihada asosiy e’tibor qonli qotilliklarga emas (lekin qon juda ko‘p), balki insonlar qanday qaror qabul qilishiga qaratilgan. Mualliflar barcha o‘yinchilar qanday qilib dahshatli tizimga kirib qolgani va shunchaki omon qolishga urinayotganini hikoya qiladi.

    Serialning ikkinchi yorqin qismi — o‘yinning o‘zi. Birinchi sinov “Dengiz mavjlanadi bir” o‘yinining muqobili. Film yaratuvchilari yutqazgan ishtirokchilar otib tashlanayotganida tomoshabin uchun minimum darajada noqulaylik yaratishga uringan. Bolalar uchun mo‘ljallangan ko‘ngilochar o‘yindan bu kabi vahshiylikda foydalanish qo‘shimcha qo‘rquv bag‘ishlaydi.

    Foto: Netflix

    Bundan serialning o‘ziga xos jihati kelib chiqadi — uning vizual uslubi. Bir-biridan keskin farqlanuvchi o‘yinchilarning feruza rangli kostyumlari va qo‘riqchilarning pushti kombinezonlari, ulkan o‘yin maydonchasi ko‘rinishidagi dekoratsiya, qonga botgan hudud, sovg‘a qutisi shaklidagi tobutlar — bolalarcha soddalik va shafqatsizlik kombinatsiyasi dissonans yaratadi.

    “Kalmar o‘yini” qanday qilib internet fenomeniga aylandi?

    Shou 17-sentabr kuni namoyish etilishi bilan Twitter’da ommaviy ravishda ijobiy fikrlar yog‘ila boshladi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari bu kabi kartinani kutmaganini ta’kidlagan bo‘lsa, ayrimlar serial bilan cheklanmay, koreys kinosini yaxshi o‘rganish kerakligini taklif bergan.

    “Koreya seriali — Netflix’dagi haqiqatda eng yaxshi serial. Bu meni qanchalik quvontirishini ta’riflab bera olmayman, ammo shuni bilingki, #SquidGame yoqqan bo‘lsa, bu ajoyib koreys kinosiga nisbatan aysbergning uchi xolos va umid qilamanki, sizning qiziqishingiz shu bilan yakunlanmaydi”.

    “Koreya seriali — Netflix’dagi haqiqatda eng yaxshi serial. Bu meni qanchalik quvontirishini ta’riflab bera olmayman, ammo shuni bilingki, #SquidGame yoqqan bo‘lsa, bu ajoyib koreys kinosiga nisbatan aysbergning uchi xolos va umid qilamanki, sizning qiziqishingiz shu bilan yakunlanmaydi”.
    Foto: Twitter / @alicexz

    Ushbu serialni ko‘rishga 7 sabab

    1. Serial omon qolish borasidagi trillerlarning klassik usulidan foydalangan, shu sababli uni tomosha qilish juda maroqli. Mualliflar tomoshabinning asosiy his-tuyg‘ulari bilan o‘ynashadi: qonli birinchi sahna bo‘yicha yuzaga kelgan shok o‘tib ketgach, o‘yinni kuzatish qiziq tus oladi va tomoshabin endi kim o‘yindan chiqishini bashorat qilishga urina boshlaydi.

    Foto: Netflix

    2. Sujeti va vahshiyona sahnalariga qaramay, serial jonga tegmaydi: barcha qahramonlar yaxshilab ishlangan, har birining ortida shaxsiy drama mavjud. Qon — bu qahramonlarda qadr-qimmat va axloqning oxirgi qoldiqlarini o‘ldiradigan inson ochko‘zligining timsoli. Pul tom ma’noda havoda uchib yurgan xayoldan chiqmas g‘oyaga aylanadi: umuman olganda ishtirokchilar yashaydigan zaldagi shift ostida mukofot fondi solingan ulkan shisha shar osilgan bo‘lib, har bir ishtirokchining o‘limida u to‘lib boradi.

    Foto: Netflix

    3. Serialni tomosha qilish uchun yana bir sabab — aktyorlarning qoyilmaqom mahorati. Oson bo‘lmagan tanlov qarshisida qolgan qahramonlarga kishining ishongisi, ularga hamdard bo‘lgisi keladi. Qochoq rolini o‘ynagan Xo Yon Chon ismli Janubiy Koreyalik model alohida tomoshabinlar mehriga sazovor bo‘lgan. Chanel Roberto Cavalli reklama kampaniyalari uchun suratga tushgan model uchun bu kinodagi birinchi rol hisoblanadi.

    Xo Yon Chon

    Xo Yon Chon
    Foto: Netflix

    4. “Kalmar o‘yini” zamonaviy Janubiy Koreyadagi ijtimoiy tabaqalashuv va qashshoqlik muammosini aniq ko‘rsatib berib, dunyoning kapitalistik tuzilishini tanqid qiladi. Ushbu g‘oya ssenariyda mukammal darajaga keltirilgan: qahramonlar o‘zi tushungan holda o‘limga eltuvchi o‘yinni tanlaydi, o‘lish “istiqboli” ular uchun eski hayotidan ko‘ra jozibador.

    Foto: Netflix

    5. Janubiy Koreya kinematografiyasi bilan tanishishni istab yurganlar uchun ajoyib start. Ayniqsa, ko‘pchilikda Pon Jun-Xoing “Parazitlar”idan keyin koreya filmlariga qiziqishi ortgan.

    6. Serial hozirda platformadan tashqariga ham chiqib ketgan bo‘lib, internet-fenomenga aylanib ulgurdi. TikTok’dagi #SquidGame xeshtegi 22 milliard martadan ortiq tomosha qilingan: tomoshabinlar o‘yindagi sevimli sahnalarini joylashtirmoqda.

    Foto: Netflix

    7. Tomosha davomida serialning vizual uslubi alohida zavq bag‘ishlaydi — cheksiz labirintlar, ideal simmetriya, qonli voqealarga uyg‘unlashmaydigan to‘shak sahnalari, qahramonlarning bir-biridan keskin farq qiluvchi yorqin kostyumlari.

    Foto: Netflix

    Mavzuga doir: Jeff Bezos Netflix’ni “Kalmar o‘yini” uchun maqtadi

    06.10.2021, 11:48   Izoh (0)   59719
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jeff Bezos Netflix’ni “Kalmar o‘yini” uchun maqtadi

    05.10.2021, 21:57

    “Dyuna” jahon prokatida 100 mln dollardan ortiq mablag‘ to‘pladi

    05.10.2021, 14:55

    Uill Smit karyerasidagi eng yaxshi va yomon filmlar nomini ma’lum qildi

    04.10.2021, 22:36

    Deniel Kreyg Gollivudning Shon-shuhrat xiyobonida o‘z yulduziga ega bo‘ladi

    04.10.2021, 15:33

    Ularning kunlik gonorarini boshqalar bir oyda topadi: O‘zbek kinosining “eng qimmat” aktrisalari reytingi (foto)

    04.10.2021, 11:59

    Haqiqiy kemani o‘rganish uchun suv ostiga sho‘ng‘igan rejissor, ayollar turganda qutqarilishni o‘ziga ep bilmagan qariya. “Titanik” filmi haqida 15 fakt

    03.10.2021, 20:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH harbiy aerodromlarni “robot bo‘rilar” himoya qilmoqda (foto)

    Layfstayl | 12 iyul, 16:35

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.