• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Malibu’ga qiziqib sportga kirgan, qisqa muddat ichida Paralimpiya o‘yinlari chempioni va rekordchisiga aylangan Bobur Omonov bilan intervyu

    Tokio—2020 Paralimpiya o‘yinlarida parayengil atletika bo‘yicha erkaklar o‘rtasida F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Boburjon Omonov 14,06 metr natijani qayd etib, Paralimpiya rekordini yangilagan holda oltin medalga sazovor bo‘ldi. 10-sentabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmoniga ko‘ra “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlandi. Unga Prezident sovg‘asi sifatida avtomobil va Toshkent shahridan uylar topshirildi. Oradan ikki kun o‘tib esa Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov ham Paralimpiya o‘yinlari sovrindoriga Andijon shahridan 2 xonali xonadon sovg‘a qildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Daryo” muxbiri Boburjonning xonadonida bo‘lib, u bilan sportga kirib kelish tarixi, g‘alaba yo‘lidagi qiyinchiliklar va kelgusidagi rejalari haqida suhbatlashdi. Uning aytishicha, bolaligida bo‘yi pastligi sabab o‘zini himoya qilish uchun turli sport turlari bilan shug‘ullanishga, kuchli bo‘lishga harakat qilgan.

    Bolaligi va ushu sport turidan ketishga majbur bo‘lgani haqida

    Sport bilan bolaligimdan shug‘ullanaman. 6—7 yoshligimdan mahalladagi akalarga qo‘shilib, o‘zim yugurardim. 9—10 yoshimda sportning ushu turi bilan shug‘ullanishni boshlaganman. Uch yil davomida turli darajadagi musobaqalarda qatnashib, faxrli o‘rinlarni egallaganman. Esimda, birinchi yutug‘im Buxoro shahrida o‘tkazilgan musobaqada bo‘lgan. O‘shanda birinchi o‘rinni olganman. Hattoki, uch karra O‘zbekiston chempioni bo‘lganman.

    Avvallari musobaqalar kam bo‘lardi. O‘tkaziladiganlariga esa o‘z hisobingizdan borishingiz kerak edi. Xarajatlarni o‘z yoningizdan ko‘tarmasangiz, qolib ketasiz. Shunday holatlar bo‘lganki, ba’zan mablag‘ tomondan qiynalib qolgan paytlarimizda ayrim musobaqalarda ishtirok eta olmaganman. Bundan tashqari ushuda asosan bo‘yingizga emas, yoshingiz va vazningizga qaralardi. Shu va boshqa sabablar ortidan asta-asta ushuga bo‘lgan qiziqishim so‘na boshlagan. Shunday bo‘lsa-da mashg‘ulotlarda o‘zim uchun qatnashardim. Qishloqda o‘sgan bo‘lsak-da, ota-onam hech qachon meni sport bilan shug‘ullanishimga qarshi bo‘lmagan. Bunday deyishimga sabab ko‘pchilik tengdoshlarim uy va dala ishlaridan ortmasdi. Sportdan tashqari vaqtlarimda dadamning tadbirkorlik ishlarida yordamlashardim.

    Yadro uloqtirish sport turiga kirib kelgani borasida

    Bugungi darajaga erishishimga ushbu sport turi bilan shug‘ullanishga chorlagan, ustozim, 2016-yilda Rioda o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Mavlonbek Haydarov hisoblanadi. Mavlonbek aka bilan 2017-yilning boshlarida o‘zi ochgan, tuman markazida joylashgan fitnes klubda tanishganmiz. O‘sha yerga do‘stlarim va tanishlarim bilan kunda-kun ora borib, o‘zimiz uchun shug‘ullanib turardik.

    Mavlonbek aka haqida eshitgandim, ammo yaqindan gaplashmagandim. Odatiy mashg‘ulotlarning birida Mavlonbek aka meni ko‘rib, oldiga chaqirdi. Suhbat davomida bo‘yimni necha santimetr ekanligini so‘radi. “Bo‘yim 140 santimetr bo‘lishi kerak” desam, shunda ustozim “agar bo‘ying 140 santimetr bo‘lsa, shogirdlikka qabul qilib, seni chempion qilaman” dedi. Ertasi kuni yana borganimda bo‘yimni o‘lchaganimizda rosa to‘g‘ri kelib, 140 santimetr chiqqan. Keyin Marhamat tumanidagi “Paxtakor” o‘yingohiga borganmiz. Shu yerda tosh uloqtirishni o‘rgandim. Mana shunday qilib, sport bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlaganman.

    To‘g‘risi, unga qadar ham yengil atletika bilan o‘z sog‘lig‘im, bo‘yimni o‘stirish uchun shug‘ullanganman. Unda faqat yugurish mashqlarini bajarardim. Shundan keyin yengil atletikaning boshqa turlari ham borligini bilganman.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Qisqa muddatda erishgan yutuqlari va Tokio Paralimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgani haqida

    Bir sirni aytishim kerak, mashg‘ulotlarni boshlagan davrimda men ham ustozim kabi Prezident qo‘lidan qimmatbaho sovg‘alarni olishni orzu qilardim. Aniqrog‘i, Malibu’ga qiziqqanman. 2017-yildan boshlab Mavlonbek aka qo‘l ostida shug‘ullanishni boshlagan bo‘lsam, o‘sha yilning o‘zidayoq yutuqlarga erisha boshlaganman. Misol uchun, avgust oyida O‘zbekiston chempionatida ishtirok etib, oltin medalni qo‘lga kiritganman. Bundan tashqari 2017-yilning 8—14-dekabr kunlari BAAning Dubay shahrida yengil atletika, suzish va pauerlifting sport turlari bo‘yicha yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan III Yoshlar Paraosiyo o‘yinlarida ham oltin medal olganman.

    Qisqa muddat ichida erishilgan natijalar menga yanada kuch bag‘ishlab, ko‘proq yutuqlarga erishishga bo‘lgan umid uchqunini uyg‘otdi. Biroq ko‘nglimda “hali yosh sportchi bo‘lsam, Paralimpiya o‘yinlariga tayyorlanishga ulgurarmikanman?” degan xayollar o‘tardi. Lekin o‘z oldimga qo‘ygan maqsad sari intilishdan to‘xtamadim. Natijada 2018-yilning kuzida Indoneziyaning Jakarta shahrida o‘tkazilgan III yozgi Paraosiyo o‘yinlarida ham ishtirok etib, g‘olib bo‘ldim.

    2019-yilning noyabr oyida Dubay shahrida parayengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Jahon Chempionatida omad kulib boqib, 14,03 metr natija bilan oltin medal hamda Tokio—2020 Paralimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdim. Ushbu yirik musobaqaning bir yilga kechiktirilgani menga ancha foydali bo‘ldi. Boisi, o‘z ustimda tinimsiz ishlashga harakat qildim.

    2021-yil men uchun omadli keldi, desam yanglishmayman. Boisi, joriy yilning fevral oyida BAAning Dubay shahrida o‘tkazilgan parayengil atletika bo‘yicha “Fazza” xalqaro Gran-pri turnirida oltin medal qatorida jahon rekordini ham yangilashga muvaffaq bo‘ldim. O‘shanda yadro toshini 14,31 metrga uloqtirishga muvaffaq bo‘lgandim. So‘nggi natijani esa barcha yurtdoshlarimiz yaxshi bilishadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    “Tosh otib ham, shunaqa yutuqlarga erishsa bo‘ladimi?” deydiganlar bor

    “Paxtakor” o‘yingohida har kuni kamida ikki mahaldan mashg‘ulotlar olib borganmiz. Ko‘rib turganingizdek sharoit boshqalar o‘ylaganchalik zo‘r emas. Ammo, gap sharoitda emas. Negaki, har odam o‘zi uchun yetarli darajada sharoit yaratishi kerak. O‘yingohning tepa tomonida yadro uloqtirish maydonimiz bor. Shu yerda har kuni bir mashg‘ulotni qayta-qayta takrorlaymiz. Yadro maydonni ustozim Mavlon aka ikkalamiz ushbu sportga kirib kelganimda qurganmiz. Chunki yadro uloqtirish uchun 15 yoshdan yuqori, biroz gavdaliroq bo‘lish zarur. Shu paytgacha Marhamatda yengil atletikaning bu turi bilan shug‘ullanishmagan. Bir narsani qayd etish lozim, bizni Paralimpiya chempioni darajasiga yetkazgan eng yaxshi joyimiz shu yer hisoblanadi. To‘g‘risi, ushbu kichik maydoncha biz uchun dunyodagi eng qadrli joy, hech qayerga yetmaydi.

    Tashqaridan qaraganda tosh uloqtirish boshqalarga oson tuyuladi. Lekin mashaqqati ko‘p. Odamlarga asl qiyinchiliklar bilinmaydi. Oldimga kelib, “Tosh otib ham, shunaqa yutuqlarga erishsa bo‘ladimi? Menga ham o‘rgat”, deyishadi. Xo‘p deb, o‘yingohga olib boraman, ammo hech qancha o‘tmasdan izsiz yo‘qolib qolishadi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Bo‘yi past ekan, deb kamsitadiganlar borasida

    Eng avvalo, har bir odam, har bir sportchi o‘z oldiga yagona maqsad qo‘yishi kerak. O‘zi uchun o‘zi harakat qilishi zarur. Aks holda turli davralarda kamsitilib qolaveradi. Meni ham haligacha bo‘yi past ekan, deydiganlar topiladi. Sportga kirib natijalarga erishar ekanman, bularga umuman ahamiyat bermay qo‘ydim. Biror narsaga erishish uchun nimadandir voz kechish kerakligini angladim.

    Haqiqatan, o‘z vaqtida men ham oshnalarim, tengdoshlarim bilan birga o‘tirsam, u yer, bu yerlarga borsam bo‘lardi. Ammo ularning yig‘inlariga, oshlarga borolmaganman. Ular dastlab xafa bo‘lgan. Chunki ko‘zlagan maqsadimga erishish uchun tinimsiz mehnat qilishim, og‘ir bo‘lsa-da ular bilan kamroq munosabatda bo‘lishim lozim edi. Mana endi oz bo‘lsa-da ko‘nglim xotirjam. Do‘stlarim bilan ham bemalol o‘tirolaman. Endi nega o‘z vaqtida ular bilan birga bo‘lolmaganimni tushunishadi, menimcha, hattoki shunday do‘stim bor deb faxrlanishadi ham.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Eng kuchli motivatori haqida

    So‘nggi paytlarda qisqa muddatda bunday natijaga qanday erishdingiz, degan savollar ko‘p berilmoqda. Haqiqatan ham to‘rt yil ichida ketma-ket yutuqlarga erishish oson emas. Mashaqqatli yo‘llarni bosib o‘tish lozim. Tinimsiz mashg‘ulotlar sizni bezdirib yuborishi, shubhasiz. Ammo qandaydir kuch sizga motivatsiya beradi.

    Motivatsiya deganda, eng avvalo, ota-onamni tushunaman. Ular mening eng kuchli motivatorim. Chunki, ota-onamning qo‘llab-quvvatlashlari, duolari sabab barcha qiyinchiliklarni bosib o‘tdim. Ota-onaning hayotini yaxshi tarafga o‘zgartirish farzandining qo‘lida. Men ham shu insonlar uchun doim harakatdaman. Kelgusida Paralimpiada g‘olibligi uchun berilgan pulga ota-onamni Hajga olib borishni niyat qilganman.

    Bobur Omonov

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    03.10.2021, 18:36   Izoh (0)   80330
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Liga 1. “PSJ” Messi, Neymar va Mbappe asosiy tarkibda tushgan o‘yinda mavsumdagi ilk mag‘lubiyatni qabul qilib oldi

    03.10.2021, 18:08

    Yemelyanenkolardan Diaslargacha. MMA olamidagi eng mashhur aka-uka va opa-singillar

    03.10.2021, 12:55

    La Liga. “Atletiko” o‘z uyida “Barselona”ga imkon qoldirmadi, Luis Suaresdan gol va assist

    03.10.2021, 02:47

    A Seriya. “Yuventus” Turin derbisida so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘olib bo‘ldi, “Inter” irodali g‘alabaga erishdi

    03.10.2021, 02:44

    APL. “Arsenal” safarda nursiz durang qayd etdi

    02.10.2021, 23:32

    Ispaniyaning yetakchi klubi Eldor Shomurodovga qiziqish bildirmoqda

    02.10.2021, 21:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.