• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.57
    • RUB153.82
    • EUR14545.78
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fotogalereya: “Tolibon” hukumat tepasiga kelganidan keyin Afg‘onistonda hayot qanchalik o‘zgardi?

    Afg‘onistonda “Tolibon” harakati vakillari hokimiyat tepasiga kelganiga ham bir oydan oshdi. “RBK” nashri Afg‘onistonning toliblar hukumati boshqaruvi ostidagi hayoti haqidagi fotogalereyani taqdim etdi.

    Foto: AP Photo / Bernat Armangue
    “Tolibon” avval 1996–2001-yillar davomida ham mamlakatni boshqargan. O‘shanda jangarilar musiqa chalish va tinglashni, tasviriy san’at bilan shug‘ullanishni, internetdan foydalanishni taqiqlagan. Ayollarning ishlashi va ta’lim olishi ham taqiqlangan, erkaklarning esa soqol olmasdan yurishiga ruxsat berilgandi. Ushbu tuzumga qarshi chiqqanlar ayovsiz jazolanar va hatto ommaviy qatl qilinardi. Toliblar bu safar hokimiyat boshqaruviga kelganda oxirgi 25 yil ichida keskin o‘zgarganliklarini ma’lum qildi, biroq mahalliy aholi vakillari o‘tmishdagi tuzum yana qaytayotganini aytgan.

    Toliblar 15-avgustda Kobulga kirganidan keyin bankomatlar oldida turnaqator navbatlar kuzatildi, shaharda avtomobil tirbandliklari kuzatilgan — odamlar mamlakatdan chiqib ketishga harakat qilgandi. “Tolibon” mamlakatni boshqara boshlaganidan keyin oradan olti hafta o‘tgach, trafik bilan bog‘liq vaziyat keskin o‘zgargani yo‘q. Kobul hali ham transportda harakatlanish og‘ir bo‘lgan shaharlardan biri bo‘lib qolmoqda. Toliblar hukumat tepasiga kelgach, poytaxt va boshqa ma’muriy hududlarda, chegara yaqinida nazorat o‘tkazish nuqtalarini (postlar) o‘rnatdi. Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh hududlarida jami 16 ta nazorat o‘tkazish punkti joylashtirilgan. Toliblar mamlakatdan kirib-chiqayotganlarning hujjatlarini tekshirib, ularning qayerdan kelgani va qayoqqa ketayotgani borasida savol-javob qilmoqda. Ayrim guvohlar nazorat o‘tkazish punktlarida toliblarning boshqa mamlakatlar hukumatlari bilan hamkorlik qilgan odamlarni aniqlashga urinayotgani haqida gapirgan.

    Mavzuga doir: Qo‘rquv nimaligini bilmaydigan o‘zbek chegarachilari va qo‘rquvdagi afg‘onlar. O‘zbekiston—Afg‘oniston chegarasidan reportaj

    Foto: AP Photo / Felipe Dana
    Toliblar 2021-yilda Afg‘oniston hukumati tepasiga kelgach, mamlakatda benzinning narxi keskin oshdi. Global Petrol Prices servisi bergan axborotga ko‘ra, iyun oyi oxirida Afg‘onistonda bir litr benzin narxi, taxminan, 52 afg‘oniy (taxminan, 58 sent) bo‘lgan, endi yonilg‘ining bir litri Kobuldagi ayrim zapravkalarda 70 afg‘oniyga (taxminan, 76 sent) ko‘tarildi. Shaharda ko‘chalarda benzin sotadigan chayqovchilar soni ham ko‘paydi. Ular sotayotgan benzinning sifati pastroq, lekin bir litr yonilg‘ini 47–54 afg‘oniyga (taxminan, 53–60 sent) xarid qilish mumkin.

    Foto: AP Photo / Felipe Dana

    Afg‘oniston iqtisodiyotining holati ham yomonlashgan. 2017-yilda mamlakat aholisining 55 foizi qashshoqlik yoqasida edi, 2020-yilda umumiy aholi sonidan olingan kambag‘allar ulushi 72 foizga yetgan. 2022-yil o‘rtalariga borib, BMT taraqqiyot dasturining prognozlariga ko‘ra Afg‘onistonda aholining 97 foizi qashshoqlik chegarasiga tushib qolishi mumkin.

    Ayni vaqtda mamlakatda aralash buyumlar sotiladigan bozorchalar ko‘paygan, ularda odamlar mebel, uy-ro‘zg‘or anjomlarini, ortiqcha har qanday buyumni pullamoqda. Hashamdor restoran va do‘konlar deyarli xaridorlarsiz qolgan, deya qayd etgan Al-Jazeera.

    Foto: AP Photo / Felipe Dana

    Dex Sabzdagi g‘isht korxonasidagi ishchilar ishlab chiqarish to‘xtab qolmagani, biroq mahsulotni sotib olish hajmi kamayib ketganini aytgan. Ushbu hududda bir oy davomida o‘rtacha 700 mingta, yarim yil davomida esa 4,2 million dona g‘isht ishlab chiqariladi. Bu kabi korxonalarda, asosan, yollanma ishchilar ishlashadi, ularning ayrimlari voyaga yetmagan bolalar, deya axborot bergan Associated Press. Bunday ishchilarning maoshi ishlab chiqarish hajmiga qarab belgilanadi. Nangarhor viloyatida ishchilarga kuniga 1000–1500 afg‘oniy (taxminan, 11–16 dollar) maosh beriladi.

    Kobul yaqinidagi Dex Sabz tumanida joylashgan g‘isht zavodi ishchisi

    Kobul yaqinidagi Dex Sabz tumanida joylashgan g‘isht zavodi ishchisi
    Foto: AP Photo / Bernat Armangue

    Toliblar Afg‘onistonni o‘z qo‘l ostiga olganidan beri yuz va tanani yopib turadigan ayollar kiyimlari narxi ham qimmatlashgan. Jangarilarning avvalgi hukmronligi vaqtida ayollarning paranji yopinmay ko‘chaga chiqishi taqiqlangandi, ushbu qoidaga bo‘ysunmagan ayollar ommaviy ravishda toshbo‘ron qilib o‘ldirilardi. “Tolibon” avgust oyida yana hukumat tepasiga kelgach, harakat vakillari ayollarning hijob kiygan holda o‘qishi va ishlashiga ruxsat berilishini e’lon qildi. Shundan keyin an’anaviy ayollar liboslari narxlari 900 afg‘oniydan (10 dollar) 1,5 ming afg‘oniyga (17 dollar) yetdi.

    Mavzuga doir: “Qo‘llarni chopib tashlash xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur”. “Tolibon” Afg‘onistonda jismoniy jazolarni qaytadan joriy qilmoqchi

    Foto: AP Photo / Felipe Dana

    Toliblarning va’da berganiga qaramay Hirot viloyatida yuqori sinf o‘quvchi qizlari uchun maktablar yopilgan, oliy ta’lim muassasalariga talaba qizlar va ayol o‘qituvchilar kiritilmayapti. Kobul ma’muriyati xodimlariga uyda qolish tavsiya qilingan. Kobul universitetida mafkuraviy o‘zgarishlar boshlangan — ayol o‘qituvchilarning yarmidan ko‘pi ishdan haydaldi yoki o‘z xohishi bilan ketganini e’lon qildi, deb yozgan The New York Times. Toliblar dastlab hukumat tarkibida ham ayollarga o‘rin ajratilishini va’da qilgandi, biroq keyinchalik ayollarning ishi farzandlarni dunyoga keltirish va islom arkonlari bo‘yicha ularni tarbiyalash ekanligi aytilgach, ushbu va’da quruq gap bo‘lganligi oydinlashdi.

    “Tolibon” bayroqchalarini ko‘targan ayollar Kobul universitetidagi ta’lim markazida yangi hukumatni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘kazmoqda

    “Tolibon” bayroqchalarini ko‘targan ayollar Kobul universitetidagi ta’lim markazida yangi hukumatni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘kazmoqda
    Foto: AP Photo / Felipe Dana

    Toliblar yetti yoshdan katta qizlar uchun maktablarning yopilgani vaqtinchalik holat ekanligi, o‘quvchi qizlarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlar tez fursatda yaratilishini va’da bergan, degan Afg‘onistondagi Save Children tashkiloti vakili Kristofer Nyamandi. Oxirgi 20 yil ichida mamlakatda maktablarga boradigan o‘quvchi qizlar soni keskin ko‘paygan va toliblar ushbu jarayonni to‘xtata olmaydi, degan Nyamandi. Tashkilot vakili Afg‘onistonda “Tolibon” vakillari ushbu masalada moslashuvchan siyosat olib borayotgani, biroq ayrim viloyatlarda ayollarning o‘qishi va ishlashiga qarshi chiqish holatlari kuzatilayotganini qayd etgan.

    Kobuldagi masjidlarning birida juma namozi vaqtida poyabzal tozalash xizmatlarini taklif etayotgan qizaloq

    Kobuldagi masjidlarning birida juma namozi vaqtida poyabzal tozalash xizmatlarini taklif etayotgan qizaloq
    Foto: AP Photo / Bernat Armangue

    “Tolibon”ning avvalgi hukmronlik davrida Afg‘onistonda deyarli barcha sport turlari bilan shug‘ullanishi taqiqlab qo‘yilgandi, lekin 2000-yilda jangarilar kriket o‘yinlarini o‘tkazishga ruxsat bergan. Ushbu sport turi XIX asr oxirida britaniyaliklar tomonidan Afg‘onistonda ommalashtirilgan, 1995-yilda mamlakatda Kriket milliy federatsiyasi tuzilgan, oradan olti yil o‘tgach toliblar hukumati davrida ushbu federatsiya Xalqaro kriket kengashi a’zoligiga qabul qilingan. 3-sentabrda Kobulda toliblar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin kriket bo‘yicha ilk uchrashuv o‘tkazildi. Tribunada 4 ming nafar muxlis o‘tirgan ushbu o‘yinni o‘yingohda tomoshabinlar qatorida birorta ham ayol kuzatmagan.

    Kobulda yashaydigan afg‘onistonliklar Chaman-e-Xozoriy xiyobonida kriket o‘ynamoqda

    Kobulda yashaydigan afg‘onistonliklar Chaman-e-Xozoriy xiyobonida kriket o‘ynamoqda
    Foto: AP Photo / Bernat Armangue

    Toliblar kriket va boshqa sport turlari bo‘yicha erkaklar terma jamoalarning faoliyatiga ruxsat bergan, kriket bo‘yicha jamoaning noyabr oyida Avstraliya bilan uchrashuv o‘tkazishini ham qo‘llab-quvvatlagan. Ammo afg‘onistonlik ayollarning ommaviy tarzda kriket bilan va umuman, sport bilan shug‘ullanishi taqiqlangan. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat bo‘yicha kengashi sobiq rahbari Ahmadulloh Vosiq ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, sportning ushbu turida yuz va tananing boshqa a’zolari ochiq turadi, islom me’yorlari bo‘yicha esa nomahramlar nigohi ayollarga tushmasligi zarur.

    Mavzuga doir: “Uy zindonga aylandi”. “Tolibon” hokimiyatni qo‘lga olganidan bir oy o‘tib, afg‘onistonlik ayollar qanday yashamoqda?

    Foto: AP Photo / Bernat Armangue

    Hozirda toliblar kriket o‘ynagan ayollarni izlamoqda, sportchilar esa ularning ta’qibidan yashirinishga majbur, deya xabar bergan BBC. Xalqaro kriket kengashi tashkilotga a’zo barcha mamlakatlarning ayollar terma jamoasi ham bo‘lishi talabini qo‘ygan, test uchrashuvlarida kengash a’zoligi talablarini bajargan jamoalar ishtirok etishi mumkin. Oqibatda Avstraliya Afg‘oniston bilan o‘yinni mamlakat hukumati ayollar sportiga bo‘lgan munosabatini qayta ko‘rib chiqquniga qadar vaqtincha boshqa muddatga qoldirdi. Afg‘oniston Kriket federatsiyasi rahbari Azizulloh Fazli toliblarning ayollarning mazkur sport turi bilan shug‘ullanishini rasman taqiqlash yoki ushbu qarorni o‘zgartirish borasida bir to‘xtamga kelmagani, dekabr oyida erkaklar terma jamoasining Avstraliya bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishiga umid qilayotganini bildirgan.

    Foto: AP Photo / Felipe Dana

    Toliblar hukumat tepasiga qaytgach tashqi ko‘rinish bo‘yicha sport talablarini taqiqlash erkaklarga nisbatan ham tatbiq qilindi. Ular g‘arb uslubidagi liboslarni deyarli kiymay qo‘ydi, deya qayd etgan Al-Jazeera. Avval davlat xizmatchilari ham g‘arb uslubida kiyinardi, endi ular ham an’anaviy libos shalvor-kamzul, uzun ko‘ylak va shimda yura boshladi. “Tolibon” vakillarining o‘zi ham shunday uslubda kiyinadi, lekin yo‘llarda transport harakatini boshqaradigan, shuningdek, nazorat o‘tkazish punktlaridagi jangarilar moviy kamuflyaj maxsus kiyimida faoliyat olib boradi.

    Foto: AP Photo / Bernat Armangue

    “Tolibon”ning erkaklarga nisbatan qat’iy qoidalari faqat kiyinishni o‘zgartirish bilan cheklanmadi. G‘ilmon viloyatida sartaroshlarga mijozlarning soqolini olish va ish vaqtida musiqa qo‘yish taqiqlandi, deya xabar bergan CNN. Kobuldagi eng katta salonlardan birining egasi ham faoliyatiga nisbatan shunday taqiqqa uchragan.

    Mamlakatning boshqa hududidan Kobulga ko‘chib kelganlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda

    Mamlakatning boshqa hududidan Kobulga ko‘chib kelganlarga oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilmoqda
    Foto: AP Photo / Bernat Armangue

    “Tolibon” Afg‘onistonda boshqaruvni o‘z nazoratiga olgach, minglab odamlar o‘z uylarini tark etgan, BMT bergan ma’lumotlarga ko‘ra ichki qochoqlar soni 550 ming nafarga yetgan. Iyul oyidan beri Kobul hamda boshqa katta shaharlarga kelayotgan afg‘onistonliklar ko‘payib bormoqda, qochoqlarning aksariyati G‘azni va Logar viloyatlaridan qochib kelmoqda, deya axborot bergan BMT. Ichki qochoqlar joylashtiriladigan lagerlarda plastik bo‘laklaridan ishlangan chodirlarda bir necha kishi yashashi mumkin. Bu joylarda ichimlik suvini topish juda qiyin, gigiyenik masalalarni ham hal etish mushkul. COVID-19 koronavirus pandemiyasi boshlanganidan beri Afg‘onistonda kasallik yuqtirib olish bilan bog‘liq 155 mingta holat kuzatilgan, 7,2 mingdan ziyod odam halok bo‘lgan, ammo real olib qaraganda ushbu raqamlar ichki qochoqlar lagerlaridagi muhit tufayli yana o‘sishi mumkin. Chodirlarda odamlardan ommaviy ravishda test olishning imkoni yo‘q.

    Mavzuga doir: Jahon hamjamiyati “Tolibon” Afg‘onistonda tuzgan hukumat bilan hamkorlik qilishga tayyormi?

    03.10.2021, 22:32   Izoh (0)   103747
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Eron tashqi ishlar vaziri: “AQSh Tehronning muzlatilgan mablag‘larini qaytarishi zarur”

    03.10.2021, 17:25

    Qatarda mamlakat tarixida ilk marta parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi

    03.10.2021, 14:15

    Xitoy nima uchun elektr energiyasini qat’iy tejash rejimiga o‘tdi va buni qanday amalga oshirmoqda?

    03.10.2021, 13:35

    “Ozodlik tunneli” operatsiyasi. Isroil qamoqxonasidan qochishni uddalagan falastinlik olti nafar mahbus haqida

    03.10.2021, 12:13

    Ishonish qiyin, ammo ba’zida siyosatchilar ham o‘z ixtiyori bilan iste’foga chiqadi. Yakuniga yetayotgan Merkel davri — fotosuratlarda

    03.10.2021, 10:16

    Filippin prezidenti Rodrigo Duterte saylovlardan keyin siyosatdan ketadi

    03.10.2021, 09:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sun’iy intellekt shifokorlar e’tiborsiz qoldirgan ko‘krak saratoni holatlarining 30 foizini aniqladi

    Dunyo | 31 iyul, 22:05

    AQSH yaqin uch yarim yil ichida Oyga qo‘nishni rejalashtirmoqda — NASA

    Dunyo | 31 iyul, 21:41

    Urush tufayli Eron va Isroil xakerlarning yangi “sevimli nishoni”ga aylandi

    Dunyo | 31 iyul, 21:25

    Shvetsiya fuqarosi ISHID safida iordaniyalik uchuvchini o‘ldirgani uchun umrbod qamoqqa hukm qilindi

    Dunyo | 31 iyul, 21:10

    Hikmatilla Ubaydullayev Prezident administratsiyasiga qaytdi

    O‘zbekiston | 31 iyul, 20:56

    Tramp Kanada Falastinni tan olsa, savdo bitimi tuzilmasligini bildirdi

    Dunyo | 31 iyul, 20:50

    Apple IT mutaxassislari qancha maosh olishi ma’lum qilindi

    Dunyo | 31 iyul, 20:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.