• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    Fillar uchun maxsus bog‘, baliq ovlash an’anasi va tarixiy obidalar: Shri-Lankaning 15 mo‘jizasiga fotosayohat

    2021-yil boshida Shri-Lanka uzoq vaqt lokdaundan so‘ng sayohatchilar uchun chegaralarini ochdi. Janubiy Osiyodagi bu orol – go‘zal choy plantatsiyalari, qadimiy ibodatxonalar xarobalari, plyajlar, o‘rmonlar, ajoyib oshxona va boshqa ko‘p narsalar bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladigan haqiqiy jannatga qiyoslanadi. Quyidagi fotosayohat orqali Shri-Lankadagi zamonaviy hayot va u yerda ko‘rish mumkin bo‘lgan mo‘jizalarni tomosha qilish mumkin.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Baliq ovlash – Shri-Lankada an’anaga aylangan desa ham bo‘ladi. Orol plyajlarining uzunligi 1300 kilometrdan oshadi va qirg‘oq chizig‘i juda xilma-xildir. Bu yerda baliq ovlashning eng mashhur usuli – to‘r tashlash. Uning bir uchi qirg‘oqqa, ikkinchisi qayiqning yon tomoniga mahkamlanadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bundan 150 yil oldin Shri-Lankada 30 mingga yaqin fil yashagan. Afsuski, XXI asr boshlarida bu raqam 5 barobarga kamaydi. Jonzotlarni saqlab qolish uchun orolda bir nechta yirik milliy bog‘lar tashkil etilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Sigiriya – tosh tepalik dengiz sathidan 370 metr balandlikda joylashgan. Bu joy XV asr oldin Kassapa hukmdori qal’a qurdirganidan buyon mashhur. Uning kirish joyi qoyaga o‘yilgan ulkan sher shaklida bo‘lgan, lekin shu paytgacha faqatgina panjalar saqlanib qolgan. Sigiriyada, shuningdek, dunyodagi eng qadimgi favvoralar ham joylashgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shri-Lankadagi kokos daraxtlarining soni choy butalari bilan taqqoslanadi. Palma o‘rmonlari orolning deyarli butun hududini qamrab oladi, faqatgina bundan sovuqroq tog‘lar va ularning etaklaridan tashqari. Palma daraxtlari qayerda bo‘lsa, kokos yong‘og‘i tushishi mumkinligi haqida ogohlantiruvchi belgilar qo‘yilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Kolombo – Shri-Lankadagi eng katta shahar. Agar yashil tog‘larga sayohat qilish yoki qumli plyajda dam olishni rejalashtirayotganlar bo‘lsa, yorqin taassurot olish uchun bir necha kunni jonli Kolombo shahrida o‘tkazish lozim.  Bu shahar Janubiy Osiyodagi asosiy portlardan biridir. Qadimgi ibodatxonalar biznes markaz va gavjum magistral yo‘llar yaqinida joylashgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    To‘qqiz ustunli ko‘prik Ella va Demodara temiryo‘l vokzali o‘rtasida joylashgan va mintaqaning asosiy diqqatga sazovor joyidir. Bu ko‘prikning balandligi, taxminan, 30 metr. U 100 yil oldin Britaniya mustamlakachiligi davrida qurilgan. Katta tuzilmani yaratish uchun metall emas, balki toshdan foydalanilgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Baliq ovlash – bu Shri-Lanka baliqchilarining ming yillar davomida amal qilib kelgan amaliyoti. Maxsus qo‘yilgan daraxtlar tufayli ular qayiqlar yetib bo‘lmaydigan joylarda – orolning sayoz qoyali qirg‘og‘ida baliq ovlashi mumkin. Baliqchilar qirg‘oq bo‘ylab kichik-kichik daraxt tanasini joylashtiradi, ularga ko‘tarilib, baliq tutadi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shri-Lanka – sayyohlar mamlakati, shuning uchun ibodatxona va qal’a xarobalari hududiga kirish pul. Polonnaruva – mamlakatning O‘rta asrlar poytaxti, u bugun tarixiy yodgorlik hisoblanadi. Piyoda yoki velosipedda shahar bo‘ylab harakatlanish va har daqiqada qiziqarli narsalarni topish mumkin.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    X asrdan ko‘proq oldin Shri-Lankada mavjud bo‘lgan Polonnaruva qirolligi g‘ayrioddiy me’moriy uslubi bilan tanilgan. O‘tgan asrning boshlarida arxeologlar Polonnaruva shahrining qadimiy binolarini qazish ishlarini yakunladi va bugun u yer sayyohlar uchun ochiq. Vatadage uslubining asosiy xususiyatlari – tosh o‘ymakorligi va ustunlar.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Agar Shri-Lankaga borish imkoni bo‘lsa, shinam portli Galle shahriga tashrif buyurish mumkin. Unga portugaliyaliklar tomonidan asos solingan, lekin ko‘p qismini gollandlar qurgan. Galle YuNESKOning Jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Bu odatiy Yevropa shahriga o‘xshaydi: tarixiy markazda xristian cherkovlarini, Gollandiya qal’asini, g‘ayrioddiy mayoqni va piyodalar uchun tor ko‘chalarni ko‘rish mumkin.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Boshqa hech bir davlatda to‘yga kelin-kuyov shuncha ko‘p do‘stlarini taklif qilmasa kerak. Bir necha yil oldin Shri-Lanka hatto jahon rekordini o‘rnatgan: to‘yda 100 dan ortiq kelindugona va 30 ga yaqin kuyovjo‘ra qatnashgan. Bu yerda to‘ylarning aksariyati milliy uslubda o‘tkaziladi: kelin ko‘k, oltin yoki oq to‘y sari, kuyov esa hashamatli kashta tikilgan mul anduma kiyimida bo‘ladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shri-Lanka 1972-yilgacha yevropaliklar Seylon oroli deb atagan choy plantatsiyalari bilan mashhur. Bu mamlakatda choy hamma joyda o‘stiriladi: vodiy, tog‘ yonbag‘irlari va hatto qirg‘oqda ham. Choy barglarini yig‘ish bilan faqat ayollar shug‘ullanadi. Ularning ko‘pchiligi kuniga 20 kilogrammgacha hosil yig‘adi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Anuradxapuradagi Abxayagiri gumbazi 2 ming yil oldin qurilgan. Bu Shri-Lankadagi eng bebaho tarixiy yodgorlik. Bu ulug‘vor inshootni qurishga buyruq bergan qirol Valagamba uni buddaviy izdoshlari ziyoratgohiga aylantirdi. Yuz yillar oldin Abxayagiri gumbazi Shri-Lankaning qadimiy poytaxtidagi budda monastrining bir qismi bo‘lgan.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Shri-Lankadagi eng katta etnik guruh – singallar. Bu xalq o‘z musiqasi bilan mashhur. An’anaviy singal orkestri 5 turdagi asbobdan iborat bo‘lib, ular orasida zarbli cholg‘ular asosiy rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, qo‘shiqlarda instrumental komponent ustunlik qiladi. Shri-Lankada an’anaviy raqslar gataber, yak-ber, dovul va tammattam nog‘oralari hamrohligida ijro etiladi.

    Foto: AdMe

    Foto: AdMe

    Jaya Shri Maxa Bodxi – inson tomonidan ekilgan eng qadimgi tirik daraxt. Bu miloddan avvalgi 288-yilda Shri-Lankada ekilgan fikus. Bugun odamlar Anuradxapuraga muqaddas daraxtni ko‘rish uchun tashrif buyuradi. Shri-Lanka qadimiy yodgorliklar, hayratlanarli manzaralar va plyajlarga to‘la. Mahalliy aholi ota-bobolari kabi oddiy va baxtli hayot kechiradi: baliq ovlash, choy yetishtirish va kokosdan ovqat tayyorlash. Agar Shri-Lankaga tashrif buyurish imkoniga ega bo‘lmasangiz, umid qilamizki, fotosuratlar sizga bu ajoyib mamlakat go‘zalligidan bahramand bo‘lishga imkon beradi.

    Mavzuga doir:

    • Janubiy Koreya har bir sayyohni hayratlantira oladigan mamlakat ekanligini isbotlovchi suratlar
    • Tailand go‘zalligini butun dunyoga namoyish qilayotgan fotografning ajoyib kadrlari
    • Kam pul sarflab, Parijdagidek taassurotlar olish mumkin bo‘lgan Budapeshtning g‘aroyib olamiga sayohat (foto)
    • “Himmatingizning cheki yo‘q”. Fuqarolariga ko‘chib kelgani uchun pul to‘laydigan mamlakatlar (foto)
    • Dunyodagi imkon bo‘lishi bilan borib ko‘rishga arziydigan 7 ta xushmanzara maskan (foto)
    • Shvetsiyadagi hayot va rivojlanish darajasi haqida xulosa qilish imkonini beruvchi suratlar

    03.10.2021, 15:54   Izoh (0)   21158
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Dengiz yaqinidagi eng qimmat va hashamatli uylar

    01.10.2021, 11:59

    Hayratomuz maskanlar: Shahar shovqinidan qochib ketish istagini uyg’otuvchi so‘lim qishloqlar (foto)

    30.09.2021, 11:59

    Janubiy Koreya har bir sayyohni hayratlantira oladigan mamlakat ekanligini isbotlovchi suratlar

    28.09.2021, 12:54

    Tailand go‘zalligini butun dunyoga namoyish qilayotgan fotografning ajoyib kadrlari

    25.09.2021, 11:47

    Kam pul sarflab, Parijdagidek taassurotlar olish mumkin bo‘lgan Budapeshtning g‘aroyib olamiga sayohat (foto)

    23.09.2021, 19:57

    Kosmosga sayohat va yam-yashil Jungli: dunyodagi eng g‘ayrioddiy temiryo‘l bekatlari (foto)

    21.09.2021, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rasman: Florian Virts – “Liverpul” futbolchisi

    Sport | 20 iyun, 23:12

    “Daryo” dayjesti: 20-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 20 iyun, 23:05

    BMT yig‘ilishida Eron va Isroil vakillari o‘rtasida bahs-munozara yuzaga keldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:50

    Samarqandda 1 kg giyohvandlik moddasini 10 ming dollarga sotayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:35

    Eronning Beer-Shevaga hujumi oqibatida Microsoft ofisi vayron bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 22:25

    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

    Reklama | 20 iyun, 21:00

    Putin uchinchi jahon urushi boshlanishi xavfi uni tashvishga solayotganini bildirdi (video)

    Dunyo | 20 iyun, 22:20

    Superliga. “Nasaf” mehmonda “Mashʼal”ni mag‘lub etdi

    Sport | 20 iyun, 22:15

    O‘zbekiston–Qirg‘iziston–Xitoy–Mo‘g‘uliston bo‘ylab birinchi yuk tashuvi 8 kunda yetib bordi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 22:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.