• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Musiqa maktabiga qatnashga imkonim bo‘lmagani uchun eshik tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, darsni tinglardim”. Ozodbek Nazarbekov va boshqa mashhurlarning ustozlari haqidagi hikoyalari

    O‘zbek musiqa va kinoolamining eng mashhur vakillari ijodi va hayotidagi turli qiyinchiliklar sabab san’at olamini tark etishga bel bog‘laydi. Ammo ishlari yurishmagan shogirdlar ustozining qo‘llab-quvvatlashi natijasida katta yutuqlarga va mashhurlikka erishadi.

    “Daryo” 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ancha yil oldin tushkunlikka tushib, chet ellarga ketishga chog‘langan, bugungi kunda ustozi sabab mashhurlikka erishgan insonlar hikoyasini taqdim etadi.

    “Onam avtohalokatga uchradi, men o‘qishni tashlashga majbur bo‘ldim”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Ikkinchi kursda o‘qiyotgan vaqtimda onam avtohalokatga uchrab yurolmay, yotib qoldilar. Dadam ishda, akalarim chet elda. Onamning yonida qolib, ularning holidan xabar oladigan odam qolmadi. O‘zbekiston davlat konservatoriyasining Estrada xonandaligi fakultetida o‘qirdim. Boz ustiga guruh sardori edim. Onamning yonida boshqa odam bo‘lmagani tufayli o‘qishni tashlab, Buxoroga qaytishga majbur bo‘ldim.

    Deyarli bir yil mobaynida Buxoroda qolib, onamga qaradim. Allohga shukr, bir yilcha vaqt o‘tgach, onam oyoqqa turib, sog‘ayib ketdilar. Keyin o‘qishni qayta tiklash uchun ariza topshirgani konservatoriyaga keldim. Ariza topshirish muddati tugaganiga ikki kun bo‘ldi, endi keyingi yil harakat qilib ko‘rasiz, degan javobni oldim.

    Ustozim — O‘zbekiston san’at arbobi Dilorom Omonullayeva kafedra mudiri edilar. Aynan ular bu talabam menga kerak, uning o‘qishini tiklab bering, deya butun konservatoriyani oyoqqa turg‘izgan edilar. Bu voqeani umuman unutib bo‘lmaydi. Balki, Dilorom Omonullayeva o‘sha vaqtda arizamni qabul qildirib, o‘qishimni tiklashga yordam bermaganlarida o‘qishni butunlay tashlab ketarmidim. Bugun, balki, umuman san’at sohasidan ketmasligim ham mumkin edi. Yana bilmadim.

    Dilorom Omonullayeva nafaqat o‘qishimizdan, ijodimizdan, balki holimizdan, hayotimizdan doimiy xabar oladigan, insoniyligi ham, ijodi ham havas qilsa arziydigan ustozdir.

    Imron, xonanda

    “Shou-biznesdagi omadsizlik sabab Shvetsiyaga ketib, qora ishchi bo‘lmoqchi edim.”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Bir qancha qo‘shiqlarim kutilganidek ommalashmadi. Iqtisodiy qiyinchiliklar boshlandi. Oxir oqibat 2013-yilda hammasiga qo‘l siltab, Shvetsiyaga ketishga qaror qildim. San’atdan butunlay ketib, Shvetsiyada qora ishchi bo‘lib ishlamoqchi edim.

    Har qanday fikrimizni ustozimiz bilan maslahat qilib, keyin uning harakatiga tushardik. Ustozimga “Shvetsiyaga ketaman”, deganimda, ularning “Balki, sen kutgan kunlarga juda oz qolgandir, umidsizlikka tushma, yana ozgina sabr qil”, degan mazmundagi gaplari bilan ketish fikridan qaytdim.

    Ustozim Ozodbek Nazarbekovning yana ozgina sabr qilib, o‘z ustingda tinmay ishla, degan gaplaridan hech qancha o‘tmasdan “Ayrildim” deb nomlangan qo‘shig‘im ommalashib ketdi. Bu juda uzoq kutilgan, ayni vaqtda umuman kutilmagan holat edi. Hattoki ushbu qo‘shig‘im 2014-yildagi eng ommalashgan tarona sifatida “Yil qo‘shig‘i—2014” mukofotiga ham loyiq ko‘rilgan.

    Ustozimga havas qilib, ulardek inson bo‘lsin, deb o‘g‘limning ismini Ozodbek qo‘yganman. Hozir ham har bir ishni ular bilan maslahatlashaman. Hayot va ijod yo‘llarimda menga shunday ustozni peshonamga yozgani uchun Allohga behisob shukrlar bo‘lsin.

    Bahrom Nazarov, xonanda

    “Hayotimdagi eng og‘ir paytda faqat bitta ustozimga murojaat qilaman”.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Tabiatan bir narsadan juda tez hafsalam pir bo‘lib, uni tez tashlab ketib, qiyinchiligi chiqsa, sabrsizlik qilib, o‘sha ishni oxiriga yetkazmaslik odatidan yiroqman. Bir ishni boshladimmi, albatta, qanaqa qiyinchiligi bo‘lishiga qaramasdan, oxiriga yetkazishga harakat qilaman. Oson ishlardan ko‘ra, o‘zimni eng qiyin ishlarga urgim keladi. Chunki kasbim nuqtayi nazaridan eng og‘ir ishni uddalagan paytimda o‘zimga nisbatan ishonch va g‘ururni his qilaman.

    Lekin shunday bo‘lsa ham hafsalam pir bo‘lib, “Bo‘ldi endi, boshqa ish bilan shug‘ullanaman”, degan paytlarim ham bo‘lgan. Ko‘p emas, deylik shu vaqtgacha bir yoki ikki marta, bir martasi aniq esimda. Bunga soha bilan, kasb bilan bog‘liq turli to‘qnashuvlar sabab edi.

    O‘zi kinoning boshida qiziq bir taqdir bor ekan-da. Har doim uni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, har doim. Avval g‘oyangni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, keyin ssenariyingni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, keyin kinoyingni o‘zini to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi, keyin o‘zingning surobingni to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi. Kasblarning ichida kino va kinochilarni har doim to‘g‘rilamoqchi bo‘lishadi. Tushunmayman.

    To‘g‘rilanaverib, to‘g‘rilanmoqchi bo‘laverib, bo‘laverib oxiri beling sinish darajasiga keladi. Hadeb bukib, qayirishganidan so‘ng sinmay nima qilasan?! O‘sha “Dod, bo‘ldi, yetar, ketaman, bu sohani qilmayman”, degan paytim bo‘lgan.

    Nafaqat kinoda, balki hayotimdagi eng og‘ir paytda faqat bitta ustozimga murojaat qilaman. Hech ikkilanmasdan, shartta oldilariga boraman. Bu mening otam. Odilxo‘ja Ahmedov mening otam bo‘ladilar. Oldilariga borib, bor gaplarimni gapiraman. Ortiqcha nasihat ham bermaydilar, unaqa qilmagin, ham demaydilar. Faqat o‘zlarining boshidan o‘tgan qiyinchiliklar haqida gapirib beradilar. Shundan o‘zimga kuch olib qaytaman.

    O‘shanda ham shunaqa bo‘lgan, odam o‘zidan uyalib qolgan vaziyat bo‘ladi-ku, menda ham shunday bo‘lgan.

    Jahongir Ahmedov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, rejissor.

    “Alisher Uzoqov — mening otam”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Alisher aka Turkiyaga “syomka”ga ketganlaridan so‘ng Toshkentda karantin e’lon qilindi. Karantin vaqtida tiktoker, blogerligimni boshladim. Yetti oydan so‘ng Alisher aka Toshkentga keldilar. Karantin ham yengillashtirildi. Bir kuni noma’lum raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lib “Qayerdasan?”, degan ovoz keldi, “Kim bu?”, desam “Men Alisher akangman, Toshkentga keldim, tez ofisga kel”, dedilar.

    Ularning oldilariga borguncha “TikTok’dagi videolarimni ko‘rgan bo‘lsalar, nima bo‘ladi, mayli, hammasi peshonadan”, deb o‘ylab bordim. Borganimda “Hammasi yaxshi, o‘zlaringni o‘zlaring eplayotgan ekansizlar”, dedilar. Alisher aka yangi loyihalar boshlayotgan ekanlar. Bizni ham shu loyihalarga taklif qildilar. O‘sha vaqtda AQShga o‘qishga ketishga harakat qilayotgandim. “Ustoz Amerikaga ketmoqchiman. U yerda ham o‘qib, ham ishlamoqchiman”, dedim. “Yaxshilab o‘ylab ko‘r”, deb xayrlashdilar. Ikkinchi kuni yana ko‘rishdik, “baribir AQShga ketaman, ustoz”, dedim. Yana “o‘ylab ko‘r”, deb xayrlashdilar.

    2020-yilning noyabr oyida viza olishim kerak edi. Viza olish kunimiz aniq edi. Alisher akaning uylariga uyimiz yaqin. Do‘konga chiqqanimda ularni ko‘rib qoldim. Ular meni ko‘rib “O‘ylab ko‘rdingmi?”, dedilar. “Ha, o‘yladim, ketmasam bo‘lmaydi”, dedim. “Ozod, oyingga tushuntir, bir yil qiynalsang hech nima bo‘lmaydi, lekin ketsang, hech qachon meni ustoz deb oldimga kelma. Qolsang, Xudo xohlasa, afsuslanmaysan. Ortingga qara, sen nimalarni tashlab ketayotganingni yaxshilab o‘ylab ko‘r, agar ketsang aktyor bo‘laman degan maqsading o‘ladi”, dedilar. Shu gaplardan so‘ng shartta uyga kirib “Oyi, men ketmayman”, deb Alisher aka aytgan hamma gapni o‘zimning gaplarim sifatida ularga gapirib berdim. Keyin oyim “Sen shuni xohladingmi, yaxshi bo‘ladi, deb o‘ylayapsanmi, Xudo xohlasa, hammasi yaxshi bo‘ladi”, dedilar. Xudoga shukr, yaxshiyam ketmabman. Hozir ketmaganimdan umuman afsuslanmayman. Ularga katta mehrim sabab, hurmatim sabab hamisha “Alisher Uzoqov mening otam”, deyman.

    Ozod Xurramov, aktyor, bloger

    “Musiqa maktabiga qatnashga imkonim bo‘lmagani uchun eshik tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, darsni tinglardim”. 

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati

    O‘zbekiston madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmatiga bergan intervyusida uning musiqaga qiziqishini payqab, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatgan ustozi haqida so‘zlab berdi.

    Meni musiqa fanini o‘zlashtirishim juda ham o‘ziga xos, juda ham qiziq shaklda o‘tgan. Juda katta oila bo‘lganmiz, oilamizda yetti farzand edik. Deyarli hammamiz voyaga yetmagan paytimizda onam dunyodan o‘tib qoldilar. Hayotimizda juda katta iqtisodiy qiyinchilik davri bo‘ldi. Yaxshi eslayman, musiqa maktabimizga 12 so‘m badal puli to‘lash kerak edi, o‘shani to‘lash ham oilamizga og‘irlik qilar edi.

    Rubob olish katta orzum bo‘lgan. Akmaljon degan sinfdoshim bo‘lgan. U o‘sha musiqa maktabiga borardi. Akmaljonning musiqa maktabida darsi bo‘lgan kuni maktabga rubobini ko‘tarib kelardi. U rubobini olib kelgan kun men uchun bayram edi. Meni musiqa maktabining sinfiga kirgizishmas edi. Kalitning tirqishiga qulog‘imni qo‘yib, berilgan darslarni yodlab olib, yodlagan kuylarim esimdan chiqib qolmasligi uchun maktab koridorida u yoqdan bu yoqqa g‘ing‘illab, takrorlab o‘tirardim. Sinfdoshim darsdan chiqishi bilan rubobini olib, xotiramdagi kuyni rubobda chalib ko‘rib, qo‘limga ko‘chirardim. Darsdan so‘ng uyga qaytardim, uyga qaytgach mahallamizdagi boshqa bir bolaning rubobini olib, unda shug‘ullanib, darslarni o‘zlashtirardim.

    Hatto oxirgi vaqtlar shunday bo‘ldiki, musiqa maktabidagi Sobirjon aka degan ustozimiz maktabga pul to‘lolmaganimga ham ko‘z yumib, “Kirib, oxirgi partada bo‘lsa ham o‘tiraver”, dedilar. O‘sha vaqtda shunaqa baxtli edimki, men uni byurokratiyasi bilan nima ishim bor, men o‘qiyapman, menga shu kerak edi. Shanba va yakshanba kuni ustozning uylariga borardim. U kunlarni kutib yashardim. Chunki ustozimning uylarida barcha musiqa asboblari bo‘lardi. Ustozlarimiz behikmat insonlar bo‘lishmagan. Avval bir ish berardilar, o‘sha ishni bajarganimizdan keyin ikki soat soz chalishga ruxsat berganlar. O‘sha kuni mendan baxtli inson bo‘lmagan.

    Bugun imkoniyat yo‘q, deyish uchun uyalish kerak. Inson oldiga katta maqsad qo‘yib intiladigan bo‘lsa, bugun hamma shart-sharoitlar bor.

    Ustoz qaysar bo‘ladimi, u jiddiy odam bo‘lishi mumkin, fe’li og‘irroq bo‘ladimi, shogird uchun undan bilim olish oliy maqsadmi, qay yo‘l bilan bo‘lsa ham ustozlarni tilini topishimiz kerak.

    Inson jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun o‘ziga o‘zi yordam berganchalik hech kim unga yordam bermaydi, hattoki ota-ona ham unga bu masalada yordam bera olmaydi.

    Ozodbek Nazarbekov, madaniyat vaziri

     Mavzuga doir: “Maktabdagi o‘qituvchilarning obro‘sini tushiryapsan, deb sinfxonalarni qulflab qo‘yishardi”. 20 yildan beri repetitorlik qilayotgan, yiliga 200 dan ziyod abituriyenti talaba bo‘layotgan ustoz haqida

    01.10.2021, 15:56   Izoh (0)   61417
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Saraton — hammasi tamom, degani emas”. Qo‘rqinchli kasallikni yenggan o‘zbekistonlik mashhurlar (foto)

    29.09.2021, 14:39

    “Prezidentimizni o‘pib, rahmat aytaman, degandim”. Obid Asomovning qizi hazil tariqasida aytgan gapi haqiqatga aylangani haqida (video)

    25.09.2021, 12:48

    “U yerda sizga hech kim mehr bermaydi”. Zarina Yo‘ldoshevaning mehribonlik uyi haqidagi haqiqatlari va davlat bergan uyni rad etgani haqida (video)

    22.09.2021, 20:59

    “Ularning to‘ylardan katta pulni olib ketishi bizni ranjitardi”. Munojot Yo‘lchiyeva fonogrammada kuylaydigan hamkasblari haqida (video)

    22.09.2021, 17:56

    “Sardor” seriali qahramonlari 21 yildan so‘ng qanchalar o‘zgargan va ular qanday ishlar bilan band (foto va video)

    19.09.2021, 10:55

    “Bularning barchasidan shunchalik charchadimki...”. Buyuk insonlarning o‘limi oldidan aytgan so‘nggi so‘zlari (foto)

    18.09.2021, 12:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” Mbeumoni xarid qilish uchun katta summa taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 13:10

    Qashqadaryoda viloyat “Islohotlar shtabi” tuziladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 13:05

    Shifokor surunkali stress asab tizimiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida ma’lumot berdi

    Maslahatlar | 20 iyun, 12:58

    Zelenskiy Putinning uchrashish taklifiga javob qaytardi

    Dunyo | 20 iyun, 12:53

    Pavel Durov vasiyatnoma yozdi

    Dunyo | 20 iyun, 12:34

    Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 92 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 12:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.