• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Jasur yurak sohibasi: millionlab qalblardan joy olgan “dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol” — Elizabet Velaskes hikoyasi

    Elizabet Velaskes juda kam uchraydigan Viedemann-Rautenshtraux sindromidan aziyat chekadi: dunyo bo‘yicha undan tashqari yana bir yoki ikki kishigina bu kasallikka chalingan. Bir kuni Lizzi internetda to‘rt million marta tomosha qilingan o‘zi haqidagi videoni ko‘rib qoldi, videoda uni “dunyodagi eng dahshatli ayol” deb ta’riflashgandi. Aynan shu video tufayli qiz o‘z hayotini butunlay o‘zgartirdi: u millionlab odamlarning kumiriga aylandi va ularga ibrat bo‘ldi.

    “U hech qachon gapira olmaydi va yura olmaydi”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Lizzi 1989-yil 13-martda Rita va Gvadelupa Velaskes oilasida tug‘ilgan. Yangi tug‘ilgan chaqaloqning vazni atigi 1,2 kilogramm edi. Shifokorlar ota-onaga bachadonda homila suvi yo‘q bo‘lsa-da, bolaning tirik tug‘ilishi mo‘jiza ekanini tushuntirishdi. Ammo xursand bo‘lishga hali erta edi: shifokorlarning aytishicha, qizaloq hech qachon gapirolmaydi, yura olmaydi, emaklay olmaydi, o‘ylay olmaydi va umuman hech narsa qila olmaydi.

    Ammo Rita va Gvadelupa taqdir nega farzandlariga bunchalik shafqatsizlik qilgani haqida Xudoga na shikoyat qildi, na so‘roqqa tutdi. Ular faqat qizni uylariga olib borib, iloji boricha unga g‘amxo‘rlik qilishni xohlashdi. Ko‘pchilik ularga boladan voz kechish kerakligini maslahat berdi, lekin ular bu taklifni g‘azab bilan rad etishdi va tug‘uruqxonani tark etishdi.

    Bolaligidan Lizzi mehr va e’tibor qurshovida o‘sdi. Uning immuniteti zaif edi, u anoreksiya (ishtaha yo‘qolishi)ga chalingan bemoq qizchaga o‘xshardi: sindrom tufayli uning organizmi bir tomchi yog‘ ham yig‘a olmasdi. Dard ustiga chipqon deganlaridek, to‘rt yoshida u o‘ng ko‘zini ko‘r qilib qo‘ydi: shifokorlar nima uchun bunday bo‘lganini tushuntirib berolmadi. Ammo ota-onasining mehr-muhabbati tufayli Lizzi qanday ko‘rinishda ekanligini bilmasdi: qizcha o‘zini boshqa bolalardan farq qilmasligiga ishonardi.

    “Boshingni ko‘tar, tabassum qil va aslida qanday bo‘lsang, shunday bo‘lishda davom et”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hammasi besh yoshida, Elizabet bolalar bog‘chasiga borganida o‘zgardi. U birinchi marta unga maxluqqa qaraganday qarashayotganini his qildi. “Men hammasi yaxshi bo‘ladi deb o‘yladim, lekin vaziyat kundan kunga yomonlashardi, — deb eslaydi Elizabet. — Ko‘pchilik mendan qochar, men esa buning sababini tushuna olmasdim. Chunki ularga yomonlik qilmagandim! Men o‘zimni xushbichim qiz deb o‘ylardim”.

    Nima bo‘layotganini tushunmagan qiz bu haqda ota-onasidan so‘raydi: “Menga nima bo‘lgan? Nega hech kim men bilan o‘ynamaydi?”. Ota-onasi qizini tinchlantirib, tushuntirishdi: “Lizzi, seni boshqa bolalardan ajratib turadigan yagona narsa — oriqliging xolos. Ammo bu sindrom aslida kimligingni belgilab bermaydi. Boshingni tik tut, tabassum qil, qanday bo‘lsang, shunday yasha — shunda odamlar sen ular bilan bir xil ekaningni tushunishadi”.

    Shunday bo‘ldi ham. Maktabda hamma narsa o‘zgardi: Lizzi boshqa o‘quvchilar bilan birgalikda mashg‘ulotlarga borish, muloqot qilish va do‘stlashish uchun o‘zida kuch topa oldi. “Bu qo‘rqinchli edi, lekin men buning natija berishini bilardim”, — deb eslaydi u.

    Elizabet maktab gazetasining to‘liq shtatdagi jurnalistiga aylandi, yilnoma uchun suratga tushdi, hatto chirliding (raqs, gimnastika, akrobatikani birlashtirgan sport turi)da o‘zini sinab ko‘rdi. “Maxsus forma juda chiroyli edi. Uni har safar kiyganimda o‘zimni qahramondek his qilardim. Men o‘z tengdoshlarim orasida xuddi ulardek edim — xuddi oilamdagidek”, — deydi Velaskes.

    Bu bilan Lizzi o‘zining tashqi qiyofasini boricha qabul qila oldi, deb bo‘lmaydi. U har kuni ertalab oynaga qarab: “Bu sindromdan qutulishning iloji bormikan? Shunda hayotim ancha osonlashardi. Men ham boshqa bolalarga o‘xshardim, chiroyli bo‘lish uchun eng so‘nggi urfdagi kiyimlarni sotib olishga hojat ham qolmasdi”, deb o‘ylardi. U bir kun boshqacha ko‘rinishda uyg‘onish, o‘zi bilan bo‘ladigan har kunlik kurashni his qilmaslik uchun har narsaga tayyor edi. U bu haqda har kuni orzu qilardi va har kuni hafsalasi pir bo‘lardi.

    “Qanchalik jirkanch so‘zlarni aytsangiz ham, men undan o‘zim uchun foyda topaman”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Lizzi internetda o‘zi haqidagi videoni ko‘rib qolganida 17 yoshda edi. Sakkiz soniyalik ovozsiz videoga minglab izohlar yozilgandi: “Dunyodagi eng qo‘rqinchli ayol”, “Yaxshisi, qurol olib, o‘zingni o‘ldir”. Ammo hech kim: “Axir bu bola-ku, uni tinch qo‘ying” yoki “Sizlar bu qiz haqida, nega u bunday ekani to‘g‘risida bilmaysiz”, deb yozmagandi.

    Lizzining yuragi ezilib ketdi. U zo‘rg‘a erishgan nozik muvozanat bir zumda buzildi. Uni har doimgidek yana ota-onasi qo‘llab-quvvatlab: “Hozir sen yig‘lab, ko‘nglingni bo‘shatib olishing mumkin, lekin keyin yana qaytadan boshingni tik tutib, yashashda davom et”, deyishdi. Ammo Elizabet bu bilan cheklanib qolmadi: u boshqalarning nafrati men uchun zinapoya bo‘ladi, deb qaror qildi.

    “Meni maxluq deb ataganlardan qasos olishning eng yaxshi usuli ularga: Bilasizmi? Menga qanchalik jirkanch gaplarni aytsangiz ham, men undan o‘zim uchun naf topaman. Men ulardan o‘z maqsadimga yetish uchun zinapoya sifatida foydalanaman, deb javob berish deb o‘yladim. Men notiq bo‘lishni va so‘zlarim bilan odamlarni ruhlantirishni, kitob yozishni, kollejni tugatishni, oilali bo‘lishni va karyera qilishni xohlayotganimni tushundim”, — deb eslaydi keyinchalik Lizzi.

    Elizabet harakatni oddiy ishdan boshladi: qidiruv tizimiga “qanday qilib motivator bo‘lish mumkin?” so‘rovini yozdi. Tavsiyalar kam edi: muvaffaqiyat qozongan odamlarga misollar oz bo‘lgan bir paytda Elizabet o‘zining shaxsiy brendini yaratishni boshladi. Lizziga qachon va qayerda imkoniyat berilsa, undan foydalandi: odamlar oldida gapirdi, o‘ziga va hayotiga ijobiy munosabati haqida video oldi, o‘z veb-saytini ochdi. Va YouTube — 17 yoshida Lizzini bosib ketgan mashina uni yangi bosqichga olib chiqdi.

    “Taqdirim butunlay o‘z qo‘limda, xuddi taqdiringiz sizning qo‘lingizda bo‘lgani kabi”

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Hozirda Lizzining kanali 800 mingdan ortiq obunachiga ega. Uning 2014-yilda TED’dagi nutqi 12 million martaga yaqin tomosha qilingan. Tina Meyer (uning qizi Megan internetda tahqirlanganidan keyin o‘z joniga qasd qilgan) bilan birga Elizabet Velaskes zo‘ravonlikka qarshi birinchi federal qonun ishlab chiqilishini ilgari surgan kampaniyada ishtirok etdi.

    2015-yilda “Jasur yurak: Lizzi Velaskes hikoyasi” nomli hujjatli filmi chiqdi — bu nafaqat Elizabet hayoti haqidagi, balki zo‘ravonlikni boshidan kechirgan har bir inson hikoyasi bo‘ldi. 2017-yilda Lizzi o‘zi suratga olgan Unzipped teleserialida rol ijro etdi va o‘sha yili uning “Yaxshi bo‘lishdan qo‘rqma” nomli to‘rtinchi kitobi nashrdan chiqdi. Velaskes 17 yoshida o‘z oldiga qo‘ygan barcha maqsadlariga erishdi: faqat oila qurishdan tashqari, lekin uni baxtli qila oladigan inson borligiga ishonadi. Hozirda Elizabet Velaskes biznes konferensiya va maktablarda nutq so‘zlab pul topadi: u o‘quvchilarga zo‘ravonlik va ulg‘ayish haqida gapirib beradi. Lizzi bolalarga “Sizga qanday munosabatda bo‘lishlarini o‘zingiz hal qilasiz” deydi. Kattalarga esa o‘smirlarni internetdan ajratishning iloji yo‘qligini tushuntirib: “Buning o‘rniga internetda odamlar o‘zlari yoki do‘stlariga yoqimsiz gaplar aytishsa, nima qilish kerakligini farzandingizga o‘rgating”, deb maslahat beradi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    Lizzi mashhur odamga aylandi: endi u savdo markaziga borish uchun ham ko‘proq vaqt ajratishi kerak, chunki ko‘pchilik uning oldiga gaplashish yoki shunchaki quchoqlash uchun keladi. Hujjatli filmdan so‘ng Velaskesning ota-onasi haqida ham ko‘pchilik bildi: hozirda ularning hatto o‘z fan-klublari ham bor. “Ular otamni dunyodagi eng kulgili odam deb o‘ylashadi”, — deydi Lizzi. Elizabet ota-onasidan alohida yashaydi: omadli karyerasi unga o‘zi va itlari — Olli va Oliviya uchun shaxsiy uy sotib olishga imkon berdi.

    Lizzining ajoyib hayoti bordek tuyulishi mumkin, lekin unday emas. Uning aytishicha, u hozir ham kasallik tufayli juda og‘ir kunlarni boshidan kechiradi. Odamlar Velaskesdan bunday vaziyatga qanday qilib ijobiy qarash mumkinligi haqida so‘rashganida, u shunday deydi: “Yomon paytlarda men o‘zimga yolg‘iz qolishga, pardalarni tushirib, qayg‘uli musiqa tinglashga va nosog‘lom taomlarni yeyishga ruxsat beraman – o‘zim uchun “g‘amgin kecha” uyushtiraman. Men o‘zimga negativlikni yo‘qotish imkoniyatini beraman. Ertasi kuni esa yana quyosh chiqadi va yo‘limda davom etishim uchun kuch topaman”.

    Kiberhujumga qarshi kurashda Velaskes doim faol va hozirda jamiyat bunday odamlarga doimgidan ham ko‘proq muhtoj. Shubha yo‘qki, ko‘p sinovlardan o‘tgan, lekin yiqilib qayta turishga o‘zida kuch topa olgan Lizzi bor ekan, dunyo yanada ezgulashib boraveradi: “Sizning taqdiringiz sizniki bo‘lgani kabi mening taqdirim ham o‘z qo‘limda. Biz go‘yo mashinada ketyapmiz, yaxshi yoki yomon yo‘lni tanlash o‘z ixtiyorimizda”.

    Mavzuga doir: 

    • “Nahotki boricha qabul qilish shunchalar imkonsiz?”. Autizmga chalingan bolani tarbiyalayotgan ota ta’limdagi diskriminatsiya, o‘zbekchilik va NNT ochish orzusi haqida
    • U yurmasdi, gapirmasdi, lekin o‘ylardi va yozardi. Stiven Xokingning qisqacha tarixi
    • Ukrainada Daun sindromli yigit bakalavr diplomini oldi

    01.10.2021, 12:54   Izoh (0)   35705
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Yosh bolali bo‘lishiga qaramay o‘z biznesini yo‘lga qo‘ygan mashhur ayollar (foto)

    01.10.2021, 11:07

    Instagram: Koronavirusga chalingan Zarina Nizomiddinova, Luiza Rasulova Rixsitilla Abdullayev bilan yarashib oldi, idishlarni sindirib tashlaydigan Lola

    30.09.2021, 22:28

    Ledi Gaga, Kim Kardashyan va makiyajsiz tanib bo‘lmaydigan boshqa yulduzlar (foto)

    30.09.2021, 18:56

    Sud Britni Spirsning otasini vasiylikdan chetlatdi

    30.09.2021, 15:34

    Modellikdan aktrisalikka: Karyerasini podiumdan boshlagan Bollivud yulduzlari (foto)

    30.09.2021, 13:59

    Instagram: Asal Shodiyeva farzand kutmoqda, Malika Ravshanova 63 ming dollarlik mashina xarid qildi, Munisa Rizayevaga Malibu sovg‘a qilishdi

    29.09.2021, 22:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.