• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Mehribonlik uyi bolalari uchun bayramga aylangan kun

    21-sentabr — Xalqaro tinchlik kuniga bag‘ishlangan xayriya tadbiri o‘tkazildi. 105 nafar bola, ular Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi 30-son Mehribonlik uyi bolalari tarbiyalanuvchilari, eng kichiklari endi yetti yoshga kirgan, kattalari hademay o‘n yetti yoshga kiradi. Murg‘akligidanoq hamma kabi bo‘lolmaslik, hamma kabi yasholmaslik taqdiriga bitilgan bir yuz beshta dilpora yurak. Ular jismoniy imkoniyati cheklangan bolalar, lekin boshqa jihatlariga ko‘ra, boshqa tengdoshlaridan kam farq qiladilar. Ular ham mehrga, e’tiborga chanqoq, hayotida bayram va xursandchiliklar ko‘p bo‘lishini istaydi. Eng muhimi, bir fazilat ularga juda xos: bolalar uyi bolalari har qanday, hatto arzimas g‘amxo‘rlikni ham qalban chuqur his etadilar, xursandchilik onlarida butun borlig‘i bilan quvonadilar va bu onlarni xotirada uzoq saqlaydilar.

    Yaxshiyamki, mamlakatimizda bunday bolalar uchun mo‘ljallangan o‘nlab maxsus muassasalar mavjud bo‘lib, ularning barchasida bolalarning tarbiyalanishi, to‘laqonli bilim olishi, ma’naviy-jismoniy yetuk bo‘lib voyaga yetishi uchun sharoitlar yaratilgan. Ha, balki ular benuqson emasdir, ota-ona mehridan mahrumdirlar, lekin davlat miqyosidagi g‘amxo‘rlik va e’tibordan bebahra emaslar. Bundan tashqari, turli nodavlat tashkilotlari, homiy kompaniyalar, shunchaki yaxshi odamlar ham ularga mehr-oqibat ko‘rsatadilar.

    Enter Engineering kompaniyalari guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB, Toshkent shahar IIBB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi, Humo Arena muz saroyi ma’muriyati va Enter Engineering kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan navbatdagi xayriya tadbiridan ko‘zlangan maqsad 30-son Mehribonlik bolalar uyining 28 nafar tarbiyalanuvchisi uchun madaniy-ko‘ngilochar sayohatni tashkil etish edi.

    Barcha tashkiliy masalalar rejalashtirilgan sayohatni ko‘ngilli o‘tkazish va bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratildi. Bolalar maktabdagi darslar tugagach, qulay avtobusda yurtimizdagi eng katta sport-ko‘ngilochar majmuasi — Humo Arena’ga yo‘l oldilar, u yerda maxsus gid bolalarga muz saroyi haqida so‘zlab berdi. Muz saroyi bo‘ylab qiziqarli ekskursiyadan keyin bolalar uchun eng yoqimli mashg‘ulot boshlandi. Ular konkilar kiyib, muz ustida ucha boshlashdi.

    Yarqiragan muz ustida sirpanib uchayotgan bolalarning zavq-shavqqa to‘lib, quvonib kulishlarini ko‘rib, bu baxtli onlar ularning shuurida yoqimli xotiralar sifatida muhrlanishiga amin bo‘ldik. Oldinda esa ularni muzda uchishdan ham qiziqroq mashg‘ulot — segvey va elektrokarlardagi sayr kutmoqda edi.

    Bu texnikani ko‘rib, ularning ko‘zida bolalarcha qiziquvchanlik uchqunlari porlab ketdi. Ayniqsa o‘g‘il bolalarda bu ajoyib transportlarning boshqarilishi haqida juda ko‘p savollar tug‘ildi. Ularning hamma savollariga yo‘l patrul xizmati va turistik politsiya xodimlari erinmasdan javob berishdi.

    Barcha yoqimli sarguzashtlardan keyin bolalar va ularning tarbiyachilari Diet kafeda tuzalgan kechki taom dasturxoniga taklif etildi. Yosh mehmonlarimizni kuzatishdan avval ularning har biriga kompaniyamiz ishchi xodimlari nomidan esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Ular uchun tashkillashtirilgan maroqli sarguzashtlar, ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik, mehr uchun bolalar o‘z minnatdorchiliklarini sho‘x-shodon kulgulari va quvonch ila iymanib aytilgan “Katta rahmat!”, degan so‘zlar bilan ifoda etishdi.

    Shuni kuni ma’lum vaqt o‘tib bizga bolalar uyi direktori Feruza Sobitovna Usmonxo‘jayeva qo‘ng‘iroq qilib, ushbu tadbir tashkilotchilariga minnatdorchilik bildirdi:

    “Bolalar sayohatdan quvonchga to‘lib qaytishdi, darrov boshqa bolalarga o‘z taassurotlari va sarguzashtlarini zavq bilan so‘zlab, sovg‘alarini ko‘rsatishdi. To‘g‘ri, muassasamiz to‘liq davlat ta’minotida, hamma narsamiz yetarli, lekin chetdan ko‘rsatilgan e’tibor bolalarimiz uchun juda qadrli. Ular jismoniy noqisligiga qaramay juda intiluvchan, qiziquvchan. Ko‘pchiligi hunar o‘rganishadi, qizlar tikish-bichish, pazandachilikka, o‘g‘il bolalar esa turli jihozlar yasashga qiziqishadi. Ba’zan ular yasagan buyumlar ustalarnikidan ham yaxshi chiqadi. Bizda 16 ta turli yo‘nalishdagi to‘garaklar, jumladan, sport va musiqa to‘garaklari ochilgan. Bolalar bilan defektolog-pedagoglar, murabbiylar tinimsiz ishlashadi. Biz ularning kam-ko‘stlikni his qilmay voyaga yetishi, hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solayapmiz. Bunda bizga mutasaddi tashkilotlar, Enter Engineering kabi kompaniyalar yaqindan ko‘mak ko‘rsatishmoqda. Kompaniyaga o‘z loyihalarini amalga oshirishda muvaffaqiyat, izchil taraqqiyot va xayrli ishlarida omad tilayman”.

    Enter Engineering matbuot xizmati

    30.09.2021, 10:30   Izoh (0)   43238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda 1999-yilda amalga oshirilgan qo‘poruvchilik harakatlarida ishtirok etgan shaxs 22 yil o‘tib qo‘lga olindi

    30.09.2021, 10:26

    Turk kinoijodkorlari bilan ijodiy kecha tashkil etildi

    30.09.2021, 10:20

    “Hamma ishni qila olaman, hech kimga muhtojligim yo‘q”. “Jasorat” medali bilan taqdirlangan Sohiba hikoyasi

    30.09.2021, 10:01

    Toshkentda 5 yoshli bola o‘g‘irlangani haqidagi xabarlar rad etildi

    30.09.2021, 09:11

    O‘zbekistonda 10 dan ortiq bukmekerlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi veb-saytlar bloklandi

    30.09.2021, 08:39

    Qashqadaryo IIBning vazirdan tanbeh olgan axborotga mas’ul xodimi ishdan olindi. O‘rnida yangi rahbar ish boshladi

    30.09.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Starlink O‘zbekistonda 2026-yilda ishga tushirilishi mumkin

    O‘zbekiston | 17 avgust, 11:37

    Putin Ukrainada jang qilgan Shimoliy Koreya askarlarini “qahramon” deb atadi

    Dunyo | 17 avgust, 11:08

    Hamzat Chimayev Dyu Plessini mag‘lubiyatga uchratib, UFC’ning yangi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 17 avgust, 10:49

    Rossiyada og‘ir hayotiy vaziyatda qolgan 100 dan ortiq fuqaro O‘zbekistonga qaytariladi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:35

    O‘zbekistonda soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot to‘langani ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 10:01

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.