Los-Anjelesda Jeyms Bond avtomobillarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Marosim josus 007 haqidagi navbatdagi film — “O‘lish vaqti emas” kartinasi premyerasi munosabati bilan tashkil etilgan, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ko‘rgazmada 35 ta eksponat namoyish etilgan. Xususan, Aston Martin kompaniyasi tomonidan “007: Spektr” filmi uchun maxsus yaratilgan modelni ham ko‘rish mumkin.
“O‘lish vaqti emas” filmi britaniyalik josus haqidagi filmlarning 25-si hisoblanadi. Shu bilan birga, kartina Deniel Kreyg ijrosidagi Bondning so‘nggi kartinasiga aylanadi. Ushbu film franshizaning 25-qismi hisoblanadi.
Kartina sujetiga ko‘ra, Bond o‘z faoliyatini yakunlaydi va Yamaykada dam oladi. Biroq uning eski do‘sti Jeyms undan dunyoni navbatdan halokatdan qutqarishni so‘raydi.
Avvalroq 2002-yilda katta ekran yuzini ko‘rgan “Halok bo‘l, lekin hozir emas” filmida Jeyms Bond rolini ijro etgan aktyor Pirs Brosnan qanday qilib Aston Martin’ni o‘ziga superkar sovg‘a qilishga ko‘ndirganini so‘zlab bergandi.
Izoh (0)