• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Moskva markazida KPRFning saylov natijalariga qarshi aksiyasi bo‘lib o‘tdi

    Moskva markazidagi Pushkin maydonida KPRF (Rossiya Federatsiyasi kommunistik partiyasi) tomonidan uyushtirilgan “Halol saylovlar tarafdorimiz” shiori ostidagi aksiya bo‘lib o‘tdi. Meduza muxbiriga ko‘ra, unda mingga yaqin odam qatnashgan. Politsiya hisob-kitoblariga ko‘ra, namoyishga 400 ga yaqin odam chiqqan. Moskva meriyasi mitingga ruxsat berishdan bosh tortdi, shundan keyin KPRF uni saylovchilar bilan uchrashuv shaklida o‘tkazishga qaror qildi. Maydonda politsiya karnaylar orqali odamlarni ijtimoiy masofani saqlashga chaqirdi va aksiya noqonuniy tashkil etilganini ma’lum qildi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Miting ishtirokchilari siyosiy mahbuslarni ozod qilishni talab qilib “Qo‘yib yubor!” deb hamda Moskvada elektron ovoz berish natijalari bekor qilinishini so‘rab “Bekor qil!” deya baralla shior aytdi. Shuningdek, yig‘ilganlar “ ‘Yagona Rossiya’ mandatlarni o‘g‘irladi!” deb qichqirib, saylovlarni tan olmasliklarini ma’lum qildi.

    Namoyishchilarning ovozini bosish uchun politsiyachilar turli vatanparvarlik qo‘shiqlarini baland qilib qo‘ydi.

    KPRF yetakchisi Gennadiy Zyuganov Davlat dumasida Vladimir Putin bilan bo‘lib o‘tgan partiyalar yetakchilari bilan uchrashuvda qatnashgani tufayli, aksiyaga kelmadi. Davlat dumasi deputati Vladimir Kashin barcha yig‘ilganlarga Zyuganovning salomini yetkazdi. Mitingga Davlat dumasining bir nechta deputatlari, deputatlikka nomzodlar hamda Moskva davlat dumasi deputati keldi. Aksiya boshlanganidan keyin taxminan bir soat o‘tib, namoyishchilar tarqala boshladi.

    25-sentabr kuni KPRF Rossiyaning boshqa shaharlarida ham norozilik aksiyalarini o‘tkazdi. Xususan, Ufadagi mahalliy gayd-parkka qariyb 50 kishi to‘plandi, “Ular bizdan saylovlarni tortib oldi” degan plakat ko‘targan bir kishi qo‘lga olindi. Yekaterinburgda taxminan 200 kishi, Ulan-Udeda esa 30—40 kishi namoyishga chiqdi.

    Moskvadagi KPRF mitingidan avvalroq politsiyachilar partiyaning ba’zi vakillarini, ularning o‘zlari ta’riflaganidek, “qamal qilgan”.

    Bir kecha-kunduzda politsiyachilar Moskvada KPRFning 60 ga yaqin vakillarini qo‘lga olgan. Shuningdek, politsiya 20-sentabrdagi KPRF mitingi ishtirokchilarining 30 ga yaqinini javobgarlikka tortgan. 25-sentabr kuni Pushkin maydonidagi aksiyani tashkillashtirgani uchun “So‘l front” koordinatori Sergey Udalsov 10 sutkaga hibsga olingan.

    Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tgan Rossiya Davlat dumasiga saylovlarda “Yagona Rossiya” (“Yedinaya Rossiya”) partiyasi ovozlarning 49,82 foizini to‘plab, yetakchi bo‘ldi. Yana to‘rtta partiya — Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi (KPRF), Liberal-demokratik partiya (LDPR), “Adolatli Rossiya — haqiqat tomonida” (“Spravedlivaya Rossiya — za pravdu”) va “Yangi odamlar” (“Noviye lyudi”) Davlat dumasiga kirish uchun zarur bo‘lgan besh foizlik to‘siqdan o‘tdi. Xususan, KPRF 18,93 foiz ovoz to‘plab, 9 ta mandatni qo‘lga kiritdi.

    Rossiyadagi saylovlarning borishini Yevroittifoq, Buyuk Britaniya va AQSh tanqid qildi. Xususan, Yevroittifoq vakili Jozep Borrel Rossiyada saylovchilarga o‘z huquqlarini amalga oshirish imkoniyati berilmaganini qayd etdi. Uning ta’kidlashicha, saylovlar arafasida muxolifatchi siyosatchilar, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, mustaqil OAVlar hamda jurnalistlarga qarshi bosim kuchaygan. Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Rossiya saylovlarni monitoring qilish jarayoniga nisbatan kiritgan asossiz cheklovlardan hafsalasi pir bo‘lganini bildirdi. AQSh Davlat departamenti saylovlarda xalqaro majburiyatlarga amal qilinmaganini ta’kidladi.

    26.09.2021, 12:24   Izoh (0)   26232
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Qo‘llarni chopib tashlash xavfsizlikni ta’minlash uchun zarur”. “Tolibon” Afg‘onistonda jismoniy jazolarni qaytadan joriy qilmoqchi

    26.09.2021, 10:43

    Pentagon: AQSh va Rossiya o‘rtasidagi harbiy aloqalar zarurat darajasida amalga oshirilmoqda

    25.09.2021, 16:31

    Kanar orollarida Kumbre-Vyexa vulqonining otilishi tufayli mingga yaqin aholi evakuatsiya qilindi (foto)

    25.09.2021, 16:10

    Merkel iste’fosidan avval Qushlar parkiga tashrif buyurib, to‘tiqushlarni ovqatlantirdi (foto)

    25.09.2021, 15:09

    Suriyadagi urush tufayli o‘n yil ichida 350 ming kishi halok bo‘lgan — BMT

    25.09.2021, 14:08

    Chadda harbiylar o‘tish davri parlamentini tuzdi

    25.09.2021, 13:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Javobidan hayratda qolasiz: “Senimi, shoshmay tur” multfilmida odamlar qayerga g‘oyib bo‘lgan?

    Kino | 17 avgust, 09:30

    O‘zbekistonda bojxona organlari tomonidan ko‘rsatiladigan pulli xizmatlar ro‘yxati tasdiqlandi

    O‘zbekiston | 17 avgust, 09:03

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.