Tojikistonda 25-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:56 da zilzila qayd etildi, deya xabar bermoqda FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Xabar berilishicha, zilzila episentri Toshkent shahridan 137 kilometr janubi-sharqiy yo‘nalishdagi masofada joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 5 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,8 ballga teng bo‘lgan.
Yerosti silkinishlari kuchi Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida 3 ballni tashkil etgan.
Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning janubida 11-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 11:51 da zilzila sodir bo‘lgandi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, yer silkinishi epitsentri Toshkentdan 33 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan bo‘lib, o‘chog‘i 15 kilometr chuqurlikda, magnitudasi 3,6 ga teng bo‘lgan. O‘shanda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi zilzila O‘zbekistonda sezilmaganini ta’kidlagan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda o‘zbekistonliklar, xususan, Toshkentda yashovchilar zilzilani sezganini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)