Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Koronavirus pandemiyasi davom etayotgani sababli Nobel mukofoti tashkilotchilari taqdirlash marosimning an’anaviy formatini yana o‘zgartirishga majbur bo‘ldi. 2020-yilgi kabi bu safar ham laureatlar Shvetsiyaga borishi shart emas. Mukofotni o‘z mamlakatida oladi, ular bilan muloqot esa onlayn tarzda amalga oshiriladi, deyiladi Nobel fondi xabarida.

Foto: Nobel Prize Outreach

Foto: Nobel Prize Outreach

“Fikrimcha, hammamiz pandemiyaning tugashini xohlagandik. Ammo hozircha bunday bo‘lmadi. Dekabrda sayohat qilish qoidalari qanday bo‘lishi noma’lum (mukofotlarni topshirish 10-dekabr, Nobel kunida Stokgolm meriyasida bo‘lib o‘tishi kerak edi)”, — dedi fond ijrochi direktori Vidar Xelgesen.

Shu bilan birga, tashkilotchilar Nobel haftaligining ochilish marosimiga ma’lum miqdordagi mehmonlar taklif etilishini va’da qildi. Stokgolm va Osloda ma’ruzalar, seminarlar, konsertlar o‘tkazish rejalashtirilgan. Ammo bayram ziyofatidan voz kechishga qaror qilindi. Buning o‘rniga tadbir tarixiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘ladi.

Shu bilan birga, bitta laureat baribir oflayn tarzda taqdirlanishi mumkin. Gap Norvegiya poytaxtida taqdirlanishi kerak bo‘lgan tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti g‘oliblari haqida ketmoqda. Biroq Oslo format bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Tibbiyot, fizika, kimyo, adabiyot, iqtisodiyot sohasidagi Nobel mukofoti laureatlarining ismlari 4—11-oktabr kunlari e’lon qilinadi. O‘tgan yili tashkilotchilar pandemiya tufayli marosimga o‘zgartirishlar kiritgandi. O‘shanda Stokgolm meriyasida televizion studiya joylashtirilgan, u orqali tashkilotchilar laureatlar bilan bog‘langan. Tomoshabinlarning studiyaga kirishiga ruxsat berilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Isroil—Misr chegarasidagi otishma, qabrlarga qadalgan bayroqlar, Rally Muynak’da yonib ketgan avtomobil — hafta suratlari
Dunyo
Rajab Toyyib Erdo‘g‘on parlamentda qasamyod qilib, Turkiya prezidenti lavozimiga kirishdi
Dunyo
Prigojin Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner”chilarning Baxmutdan chiqish yo‘lini minalab tashlaganini aytdi