Markaziy bank 27-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 19,94 so‘mga pastlab, 10 650 so‘mni tashkil qildi. Yevro 9,52 so‘mga pastlab, 12 497,85 so‘m bo‘ldi.

Foto: Markaziy bank

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 9,05 so‘mga pastlab, 10 670 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga uchinchi kun pastladi.

Ma’lumot uchun, 2021-yilning dastlabki 8 oyi davomida 1 AQSh dollari uchun so‘m almashuv kursi 10449–10683 so‘m oralig‘ida tebranib, yil boshidan beri 2 foizga qadrsizlandi.