• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Qozog‘istonda koronavirusning yangi Eta shtammi aniqlandi, Turkmaniston COVID-19 ga qarshi kurashga 46 mln dollar sarfladi. Markaziy Osiyo koronaxabarlari

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 229 564 046 kishini tashkil qilmoqda, shularning 4 709 294 nafari vafot etgan. Shuningdek, ayni paytgacha jahonda 5,972 milliard doza vaksina qo‘llanilgan.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (42,4 million), Hindiston (33,5 million), Braziliya (21,2 million), Buyuk Britaniya (7,5 million) va Rossiya (7,2 million) eng oldinda bormoqda.

    Qozog‘iston

    Qozog‘iston
    Foto: Tengrinews

    Qayerda qancha aholi emlandi?

    O‘zbekistonda 21-sentabr holatiga jami 18 755 587 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 10 591 499 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 6 013 291 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 2 150 797 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 3 842 737 nafarni tashkil qilmoqda.

    Tojikistonda 20-sentabr holatiga voyaga yetgan (18 yosh va undan katta) aholining qariyb 40 foizi COVID-19 ga qarshi vaksina oldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, jami 2 307 140 kishi yoki 39,6 foiz aholi emlangan. Vaksinaning ikkinchi dozasini 1 565 281 kishi olgan. Dushanbe shahrida kattalarning 99,6 foizi emlangan.

    Dushanbeda 18 yoshdan katta fuqarolarni emlash 25-iyunda boshlangan. Aholini emlashda CoronaVac (Xitoy), AstraZeneca (Yevropa), Moderna, Pfizer (AQSh) va Sputnik V (Rossiya) vaksinalari qo‘llanilmoqda.

    Mavzuga doir: Tojikistonda koronavirusga chalinish holatlari haqida rasman ma’lum qilindi. Avvalroq mamlakat COVID-19 ustidan g‘alaba qozonganini e’lon qilgandi

    Qozog‘istonda esa koronavirusga qarshi emlanganlar soni 7,334 milliondan oshdi. SSV ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda mahalliy QazVac vaksinasidan tashqari, “Sputnik V”, Hayat Vax, CoronaVac va Sinopharm vaksinalari ham qo‘llanilmoqda.

    Qozog‘istonda aholini emlash 2021-yil 1-fevral kuni boshlangan edi.

    Ayni paytgacha jami 19 millionlik aholining 7,334 millioni bitta, 6,201 millioni ikkita dozada emlangan.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda mahalliy QazVac vaksinasi bilan emlash boshlandi, Fransiya karantindan chiqishni boshladi, COVID-vaksinatsiya tufayli rejali emlashlar keyinga qoldirildi. Koronaxabarlar

    Qozog‘istonda koronavirusning yangi eta shtammi aniqlandi

    Qozog‘istonda koronavirusning “nigeriyacha” eta shtammi aniqlandi, u mamlakatning to‘rtta hududida aylanib yuribdi, deya xabar berdi mamlakat sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soy.

    SSV joriy yilning iyul-avgustida COVID-19 bilan kasallanganlardan olingan musbat laboratoriya namunalarini sekvenlash usuli bilan koronavirus infeksiyasini genetik tadqiq qildi. 96 ta namunani tahlil qilish natijasida Qozog‘istonda delta (“hindcha” — namunalarning 59,4 foizi), alfa (“britancha” — 25 foiz), “uxancha” (10,4 foiz) va eta (“nigeriyacha” — 5,2 foiz) shtammlari aylanib yurgani aniqlandi. “Nigeriyacha” shtamm to‘rtta hududda — Qarag‘anda, Mang‘istov va Pavlodar viloyatlarida hamda Nur-Sultonda topilgan.

    Eta shtammi paydo bo‘lgani haqida 2020-yil dekabrida ma’lum bo‘lgan, ilk kasallanish holatlari Nigeriya va Buyuk Britaniyada qayd etilgan edi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 15-sentabr holatiga dunyoning 77 ta mamlakatida Eta shtamm aniqlangan. JSST ushbu mutatsiyani “kuzatish” talab etiladigan variantlar qatoriga qo‘shadi.

    Uning klinik belgilari alfa (“britancha”) va beta (“janubiy afrikacha”) shtammlarniki bilan bir xil bo‘lib, bular — yuqori harorat, yo‘tal, hid va ta’m bilish qobiliyatining yo‘qolishi, kasallikning ancha og‘ir kechishi va boshqalardir.

    Infeksiyadan himoyalanish va kasalxonaga yotqizilishning oldini olish uchun SSV fuqarolarni emlanishga chaqirdi. Shuningdek, kasallanish xavfini kamaytirish uchun ehtiyot choralariga rioya qilib, niqob rejimi, ijtimoiy masofa va qo‘l gigiyenasi haqida unutmaslikka da’vat etdi.

    Mavzuga doir: Germaniya va Shveysariyada koronavirusning “britancha” shtammi, Nigeriyada esa butunlay yangi mutatsiyasi aniqlandi

    Qozog‘istonda to‘y, ziyofat va yubileylarni o‘tkazishga ruxsat berildi

    Qozog‘istonda 27-sentabrdan tantanali va oilaviy marosimlar, ma’rakalar, ziyofatlar, to‘ylar, yubileylar o‘tkazishga ruxsat berildi. Faqat ularning ishtirokchilari Ashyq dasturida “xavfsiz” statusiga ega bo‘lishi kerak.

    Shuningdek, respublikada odamlarni ommaviy to‘plab konferensiyalar, forumlar, tomosha va boshqa tadbirlar, ko‘rgazmalar, ochiq havoda marafonlar, tomoshabinlar ishtirokida sport tadbirlarini o‘tkazishga, sport majmualari, diniy obyektlar va o‘yin klublari faoliyatiga ruxsat berildi.

    Sog‘liqni saqlash vaziri Aleksey Soyning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda epidemiologik vaziyat barqarorlashmoqda, so‘nggi 2 hafta Ichida kasallanish va o‘lim darajasi 60 foizga pasaygan.

    Mavzuga doir: Qozog‘istonda 28-avgustdan karantin yumshatiladi

    Turkmaniston 2020-yilda koronavirusga qarshi kurashga 46 million dollar sarfladi

    BMT va rivojlanish bo‘yicha sheriklar Turkmanistonga shaylik va javob qaytarish milliy rejasi doirasidagi tadbirlar uchun 2,5 million dollar ajratgan. Bu haqda BMTning 17-sentabrda e’lon qilingan “Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun umumiy intilish” hisobotida aytib o‘tilgan.

    Ta’kidlanishicha, o‘tgan yili Turkmaniston hukumati koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashga jami 46 million dollar sarflagan. Tegishli mablag‘ BMT ko‘magida ishlab chiqilgan o‘tkir yuqumli kasalliklarga shaylik va choralar ko‘rish rejasi doirasida ishlatilgan.

    Ushbu mablag‘ning 2,5 million dollari BMT va Turkmanistonning rivojlanish bo‘yicha sheriklari tomonidan ajratilgan.

    Tadbirlar doirasida sog‘liqni saqlash tizimining barcha darajalaridagi tibbiyot xodimlarining salohiyati mustahkamlangan, o‘tkir respirator kasalliklar, shu jumladan, koronavirus infeksiyasi haqidagi ma’lumotlarni boshqarish mexanizmi kuchaytirilgan.

    Shuningdek, mablag‘ infeksiya profilaktikasi va unga qarshi kurashga hamda aholini hukumat tomonidan ko‘rilgan choralar haqida xabardor qilishga ham sarflangan.

    Mavzuga doir: Berdimuhamedov Turkmanistonda koronavirus borligini haligacha inkor etmoqda, ammo epidemiologik xavfsizlikka javobgar vazirlarni ishdan bo‘shatdi

    22.09.2021, 19:14   Izoh (0)   14717
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyada muhojirlar uchun maxsus mobil dastur 2022-yilda ishga tushiriladi

    22.09.2021, 18:42

    Yevropa Ittifoqi barcha gadjetlar uchun yagona zaryadlovchi vosita joriy qilish haqida qonun ishlab chiqdi. Apple bunga qarshi

    22.09.2021, 16:40

    Kanadadagi parlament saylovlarida bosh vazir Jastin Tryudoning partiyasi g‘alaba qozondi

    22.09.2021, 16:11

    Ukraina prezidentining yordamchisiga suiqasd uyushtirildi

    22.09.2021, 15:10

    Perm universitetidagi otishmada jabrlanganlar soni 43 kishiga yetdi

    22.09.2021, 14:42

    Avstraliyada zilzila oqibatida 50 ga yaqin binolar vayron bo‘ldi (foto va video)

    22.09.2021, 12:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00

    iPhone egalarini Android foydalanuvchilariga qaraganda internetda aldash osonroq — tadqiqot

    Layfstayl | 2 avgust, 21:45

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Kambodja Trampni tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga nomzod sifatida ko‘rsatdi

    Dunyo | 2 avgust, 21:25

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.