Netflix’ning “Qirolichaning yurishi” serialining rejissori va ijrochi prodyuseri Skott Frenk loyiha ikkinchi mavsumga uzaytirilmasligini ma’lum qildi, deb xabar beradi Esquire.
“Biz o‘zimiz xohlagan voqeani hikoya qilib bera oldik deb hisoblayman. Xavotirim shundaki yoki boshqacha aytadigan bo‘lsam qo‘rqamanki, ko‘proq narsani aytishga urinsa, boriniyam buzib qo‘yamiz”, — deydi Frenk.
Shu bilan birga, serialning ijrochi prodyuseri Uilyam Xorberning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishtirokchilari birgalikda ishlashda davom etadi. Uning gapiga bosh rol ijrochisi Anya Teylor-Joy ham qo‘shilgan.
“Shu kabi ehtiros va shunday ajoyib artistlar jamoasi bilan taqdim etish mumkin bo‘lgan boshqa voqeani qidirishga urinib ko‘ramiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Xorberg. “Qirolichaning yurishi” yaratuvchilari yangi loyihaga Mozes Ingrem va Meriel Xellerni taklif etish niyatida.
Eslatib o‘tamiz, 19-sentabr kuni “Qirolichaning yurishi” eng yaxshi miniserial nominatsiyasi bo‘yicha “Emmi” mukofotini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)