O‘zbekistonda 21-sentabr kuni COVID-19 ga qarshi 228 646 doza vaksina qo‘llandi, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi. Shundan 87 566 doza birinchi bosqichda, 87 663 doza ikkinchi bosqichda va 53 417 doza uchinchi bosqichda qo‘llangan.

Foto: SSV matbuot xizmati

Mamlakatda ayni kungacha jami 18 755 587 doza vaksinadan foydalanilgan bo‘lib, ulardan 1-bosqichda emlanganlar 10 591 499 nafarni, 2-bosqichda emlanganlar 6 013 291 nafarni, 3-bosqichda emlanganlar 2 150 797 nafarni tashkil qildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar esa 3 842 737 nafarni tashkil qilmoqda.

Kecha emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni:

  • Xorazm viloyati (28 108 doza),
  • Andijon viloyati (26 507 doza),
  • Toshkent viloyati (22 971 doza) band qildi.

Jami emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlar:

  • Farg‘ona viloyatida 2 091 935 doza,
  • Andijon viloyatida 2 045 173 doza,
  • Namangan viloyatida 2 026 771 dozani tashkil qilmoqda.

Avvalroq O‘zbekistonda 4-5 yoshli bolalarni poliomiyelitga qarshi emlash boshlangani to‘g‘risida xabar berilgandi.