“Yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tun-u kun faoliyat yurituvchi savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari joylashgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishiga doir jamoat xavfsizligi bo‘yicha soddalashtirilgan talablar o‘rnatiladi. Bunda Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan:
- yirik shaharlarda, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va ko‘ngilochar ko‘chalarda qo‘shimcha patrullik yo‘nalishlari va postlar tashkil etiladi;
- xizmatga jalb qilingan naryadlarning zichligini oshirishni nazarda tutgan holda mavjud kuch-vositalar taqsimotiga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi;
- tadbirkorlar mol-mulkini qo‘riqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar ko‘riladi.
Izoh (0)