O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 2021-yilning yanvar—avgust oylarida 25 milliard dollarga teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Tashqi savdo aylanmasi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 383,1 million AQSh dollariga yoki 1,6 foizga oshdi.
Tashqi savdo aylanmasida eksport hajmi 9 milliard 277 million 900 ming AQSh dollariga (20,1 foizga kamaydi) va import hajmi 15 milliard 685 million 800 ming AQSh dollariga (20,9 foizga ko‘paydi) yetdi. Hisobot davrida 6 milliard 407 million 900 ming AQSh dollari qiymatida passiv tashqi savdo balansi qayd etildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekiston jahonning 174 ta mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. Tashqi savdo aylanmasining nisbatan salmoqli hissasi Xitoy (19,2 foiz), Rossiya (17,9 foiz), Qozog‘iston (9,9 foiz), Turkiya (8,6 foiz), Koreya (4,8 foiz), Qirg‘iziston (2,4 foiz) va Germaniyada (1,9 foiz) qayd etilgan.
Mavzuga doir:
- O‘zbekiston—Turkmaniston chegarasida transchegaraviy savdo zonalarini yaratish rejalashtirilmoqda
- O‘zbekistonda mahalliylashtirish hisobiga 3 mlrd dollarlik import mahsulotlari o‘rnini qoplash rejalashtirilmoqda — Sardor Umrzoqov
- Rossiya tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari: “O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga kirishida zarur ko‘mak berishga tayyormiz”
Izoh (0)