• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Maroqand neft bazasi”dagi talon-toroj holatlari va neft mahsulotlarining noqonuniy sotilishi ortidan 11 nafar xodim ishdan olindi

    “Maroqand neft bazasi” MChJ va uning filiallarida korrupsiya va talon-torojga qarshi profilaktik tadbir o‘tkazildi. O‘rganish davomida jamiyatning mas’ul mansabdor shaxslari tomonidan yuklatilgan vazifalar lozim darajada bajarilmagani, moliyaviy qonunchilikka rioya etilmasligi hamda tashkilotning moliyaviy holatiga befarqligi oqibatida jiddiy moliyaviy xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Foto: “O‘zbekneftgaz”

    Jumladan, neft bazasi va uning filiallariga “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” tomonidan vaqtinchalik mas’ul saqlashga topshirilgan jami 23 milliard 339 million so‘mlik 3219 tonna avtobenzin belgilangan tartibda birja savdolari orqali sotib olinmasdan, iste’molchilarga yuklab jo‘natib yuborilgan.

    Buning oqibatida yuzaga kelgan narx tafovutlari orqali neft bazasiga jami 2 milliard 666 million so‘mlik zarar yetkazilgan. Shuningdek, tovar-moddiy qiymatliklar, asosiy vositalar va neft mahsulotlaridan jami 844,5 million so‘m miqdorida kamomadlar aniqlandi.

    Ta’kidlash joizki, ayrim mas’ullar tomonidan neft mahsulotlarining hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan yoqilg‘i sig‘imlarining kalibrovka jadvallari atayin o‘zgartirilib, kamomadlar yashirib kelingan.

    Jumladan, Bulung‘ur filialining mas’ullari tomonidan 2020-yil 15-avgustdan 2021-yil 31-iyulgacha bo‘lgan davrdagi 2000 kub metr sig‘imda saqlanib kelayotgan Ai-80 K2-L avtobenzin mahsuloti o‘lchash jarayonlarida mahsulotning ma’lum balandligi (sm) bo‘yicha hajm (litr) qoldiqlari noto‘g‘ri ko‘rsatilib kelingani oqibatida hisobot davri yakunlariga ko‘ra o‘tkazib kelingan xatlovlar xatolik bilan o‘tkazilgan, oqibatda 145 785 litrdan 750 918 litrgacha nomutanosibliklar xatlovlarda yashirib kelingan.

    Neft mahsulotlarining saqlanishi bo‘yicha o‘tkazilgan o‘rganishlarda neft bazaning Bulung‘ur filialida olib borilgan xatlovlar natijasida 308,6 million so‘mlik 41 296 litr Ai-80 K2-L avtobenzini ortiqcha ekani aniqlangan.

    Bundan tashqari, neft mahsulotlarini asossiz ravishda hisobdan chiqarish va ish haqidan bo‘lgan qarzdorliklar bo‘yicha jami 453,4 million so‘m miqdorida moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan.

    Jamiyat filiallari avtoxo‘jaligining mexaniklari va haydovchilari tomonidan jami 148,6 million so‘mlik 24 223 litr neft mahsulotlari asossiz ravishda hisobdan chiqarilgan. Masalan, jamiyat avtoxo‘jaligi mexanigi va haydovchilari o‘rtasidagi kelishuv natijasida aslida gaz yoqilg‘isi bilan harakatlanishda bo‘lgan yuk avtomashinasiga haqiqatda bajarilmagan qatnovlar bo‘yicha yo‘l varaqalari rasmiylashtirilib, jami 18 933 litr 117,1 million so‘mlik benzin yoqilg‘isi mahsuloti noqonuniy hisobdan chiqarilgan.

    Jamiyat va uning filiallarining qarzi 2021-yilning 1-sentabr holatiga ko‘ra 33 milliard 384 million so‘m bo‘lib, shundan muddati o‘tib ketgan debitorlik qarzdorligi 19 milliard 843 million so‘mni hamda bugungi kunda undirish “umidsiz” (korxonalar yopilishi, da’vo muddatlarining o‘tishi va hokazo) bo‘lgan qarzdorlik summasi 14 milliard 234 million so‘mni tashkil etmoqda.

    Aniqlangan holatlarga huquqiy baho berish maqsadida ma’lumotlar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga taqdim etilgan.

    O‘tkazilgan o‘rganishlar aniqlangan xato-kamchiliklarni bartaraf etish, ularning kelgusida yo‘l qo‘yilishining oldini olish maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJning tegishli departamentlari va neft baza jamoasi ishtirokida “Maroqand neft bazasi” MChJda kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi.

    Yig‘ilish davomida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan “Maroqand neft bazasi” MChJning jami 11 nafar mas’ul mansabdor shaxsi bilan tuzilgan mehnat shartnomalari bekor qilindi, 6 nafar xodimga nisbatan intizomiy jazo choralari qo‘llanildi.

    Mavzuga doir:

    • Sergelida shirkat rahbari xonadon egalaridan undirilgan 431 mln so‘mni o‘zlashtirgani aniqlandi
    • O‘zbekistondagi xorijiy korxonaning bosh hisobchisi 8,7 mlrd so‘m mablag‘ni talon-toroj qilgani aniqlandi

    21.09.2021, 08:08   Izoh (0)   17238
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hukumat tomonidan maymunlarga ajratilgan mablag‘, Venetsiya ko‘chalarida suzib yurgan “Nuh skripkasi”, Qur’on o‘rganayotgan kobullik bolalar. 20-sentabr suratlari

    20.09.2021, 23:55

    O‘zbekiston Global innovatsion indeks reytingida 7 pog‘ona ko‘tarilib, 86-o‘rinni egalladi

    20.09.2021, 23:44

    O‘zbekistondagi “Trest-12” qurilish kompaniyasining davlat ulushini sotish uchun arizalar qabuli boshlandi

    20.09.2021, 23:29

    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosarining o‘g‘liga tegishli kompaniya 9,9 mlrd so‘mlik tenderda g‘olib chiqdi

    20.09.2021, 23:13

    O‘zbekistonda so‘nggi ikki yilda xiyonat tufayli oilaviy ajrashishlar ikki barobarga oshdi

    20.09.2021, 22:58

    Jizzaxda 20 yoshli qizni zo‘rlik ishlatib Spark’da olib qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi

    20.09.2021, 22:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonning qaysi hududida eng ko‘p qurilish qilinayotgani maʼlum bo‘ldi

    Iqtisodiyot | 23 avgust, 18:02

    Buyuk Britaniyada orqasida yelkanga o‘xshash organi bor yangi dinozavr turi kashf etildi

    Dunyo | 23 avgust, 17:55

    Gollivuddan qolishmaydi: Qozog‘istonda suratga olingan uchta eng sara filmlar (treyler)

    Kino | 23 avgust, 17:30

    “34 yildan buyon yashayotgan oilaviy tadbirkorlik” — Toshkentdagi eng mashhur somsa va xorijlik mijozlar haqida (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 17:10

    Toshkent viloyatida yuk mashinasi Cobalt’ga urilib, ag‘anadi va yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:45

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.