• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida o‘tayotgan “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumi ishtirokchilarini qutlab, tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Quyida tabrik to‘lig‘icha taqdim etiladi.

    Muhtaram do‘stlar!

    Xonimlar va janoblar!

    Avvalambor, “Markaziy Osiyo – jahon sivilizatsiyalari chorrahasida” xalqaro madaniyat forumining Siz, hurmatli ishtirokchilarini chin qalbimdan samimiy qutlayman.

    Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 75-yubiley sessiyasida ushbu forumni o‘tkazish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining tashabbusini qo‘llab-quvvatlaganlari uchun bosh kotib Antoniu Guterrish janoblariga va forumni hamkorlikda tashkil etishda amaliy ko‘mak ko‘rsatgan YuNESKO bosh direktori Odri Azule xonimga alohida minnatdorchiligimni bildiraman.

    Fursatdan foydalanib, anjumanda bevosita qatnashayotgan hamkor davlatlar hamda nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar namoyandalariga, yetakchi olimlar va ekspertlarga, mamlakatimizdagi diplomatik korpus vakillariga tashakkur izhor etaman.

    Saxovatli O‘zbekiston zaminiga, qadimiy Xiva shahriga xush kelibsiz!

    Qadrli mehmonlar!

    Buyuk Ipak yo‘li chorrahasida joylashgan Markaziy Osiyo mintaqasi asrlar davomida turli xalqlar va sivilizatsiyalar o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirishda g‘oyat muhim o‘rin egallab kelayotganini jahon hamjamiyati yaxshi biladi va yuksak e’tirof etadi.

    Bundan uch ming yil muqaddam mintaqada ilk shaharlar va davlatchilikning vujudga kelishi bu hududda yangi hayotiy tushunchalar va falsafiy qarashlarning, ilm-fan, xususan, tibbiyot va astronomiya, jug‘rofiya va matematika, geodeziya, me’morchilik sohalarining, madaniy-ma’rifiy va diniy qadriyatlarning jadal taraqqiy etishiga asos yaratdi.

    Mintaqamizning qadimiy ilm-fan, madaniyat va sivilizatsiya markazlari haqida so‘z yuritganda Samarqand va Buxoro, O‘tror va Xo‘jand, Marv va O‘sh singari o‘nlab shaharlar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi.

    Shu bilan birga Al-Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mahmud Zamaxshariy, Abu Nasr Forobiy, Mirzo Ulug‘bek singari buyuk olimlar, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Abul Mu’in Nasafiy, Najmiddin Kubro kabi ulug‘ ulamolar, Kamol Xo‘jandiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo, Maxtumquli, Abay, To‘qtag‘ul, Berdaq singari mashhur shoirlar, Sharafiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir kabi tarixchilar, Mahmud Muzahhib, Kamoliddin Behzod kabi musavvirlar, ko‘plab xattot va sozandalar, musiqashunos va me’morlarning nomlarini tilga olishimiz tabiiydir.

    Mazkur xalqaro forum mintaqamizning ko‘hna va navqiron shaharlaridan biri – ikki ming yillik shonli tarixga ega bo‘lgan Xivada o‘tkazilayotganida o‘ziga xos ramziy ma’no mujassam.

    Bugungi Forum Markaziy Osiyo davlatlari va xalqlari o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, mintaqa xalqlarining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan ulkan hissalarini yanada chuqur anglash va o‘rganishga imkon beradi.

    Ushbu xalqaro madaniyat forumi doirasida Xiva shahrida YuNESKO bilan hamkorlikda Madaniy meros masalalari bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasi kengashining yig‘ilishi, Xalqaro turkiy madaniyat tashkiloti (TURKSOY) madaniyat vazirlarining navbatdagi majlisi, Nukus shahrida “Arxeologiya va turizm: salohiyatni belgilash va merosdan foydalanish” xalqaro arxeologiya anjumani hamda II Xalqaro baxshichilik san’ati festivali, Toshkent shahrida O‘zbekiston madaniy merosini asrash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyatining V xalqaro kongressi o‘tkazilishini biz ana shu yo‘ldagi muhim amaliy qadamlar sifatida e’tirof etamiz.

    Muhtaram do‘stlar!

    Biz mintaqamizda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, madaniy-gumanitar sohalarni ravnaq toptirishga xizmat qiladigan keng ko‘lamli loyihalarni bundan buyon ham davom ettiramiz. Bu ezgu maqsadga faqat o‘zaro hamkorlikda, sa’y-harakatlarimizni birlashtirgan holda erisha olamiz. Markaziy Osiyoning tarixiy va madaniy mushtarakligi, xalqlarimiz va mamlakatlarimizning umumiy qadriyatlari farovon kelajakni bunyod etishimiz uchun mustahkam zamindir.

    Bugun biz Yangi O‘zbekistonda ilm-fan va madaniyat sohasida olib borilayotgan tub islohotlar orqali yangi Uyg‘onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratishga bel bog‘laganmiz. Bu borada biz jahon hamjamiyati bilan, Sizlar kabi ko‘zga ko‘ringan ilm-fan va madaniyat namoyandalari bilan yaqin hamkorlik munosabatlarini amalga oshirishdan manfaatdormiz.

    Anjumanimizning barcha ishtirokchilariga mustahkam sog‘liq, Markaziy Osiyoning betakror madaniyati va san’ati, ilm-fan, moddiy va nomoddiy merosini o‘rganish va targ‘ib qilish yo‘lida kuch-g‘ayrat va yangi yutuqlar yor bo‘lishini tilayman.

    Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev Xalqaro moliya korporatsiyasi boshqaruvchi direktori Maxtar Diop boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

    16.09.2021, 07:02   Izoh (0)   8695
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Namanganda o‘zini bloger deb tanishtirib sudga ta’sir o‘tkazishga uringan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    16.09.2021, 06:26

    “Abdullajon”ning qovoqlari, dindoshini qamchilayotgan yahudiy, Kuvaytda auksionga qo‘yilgan lochin. 15-sentabr suratlari

    15.09.2021, 23:54

    O‘zbekistonda 2021-yilning dastlabki 6 oyida qaysi hududda eng ko‘p egizak tug‘ilgani ma’lum qilindi

    15.09.2021, 23:41

    UzAuto Motors monopoliyasiga atalgan strit-art chizgan ko‘cha rassomi devoriy surati o‘chirib tashlanishiga munosabat bildirdi

    15.09.2021, 23:26

    O‘zbekistonda notarius orqali chet el valyutasida o‘zaro qarz olishga ruxsat beriladi

    15.09.2021, 23:11

    O‘zbekistonda 2022/2023-o‘quv yilidan OTMda o‘qitish bo‘yicha shartnomalar elektron shaklda tuziladi

    15.09.2021, 22:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00

    Ilk bor ota bo‘lgan erkaklar miyasidagi o‘zgarishlar olimlarni hayratga soldi

    Layfstayl | 23 avgust, 13:50

    “Tottenhem” “Manchester Siti” futbolchisi uchun 70 mln yevro taklif qilmoqchi

    Sport | 23 avgust, 13:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.