• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Ayollar Kobul aeroportidagi ishlariga qaytdi, “Tolibon” yetakchilari kelishmay qoldi, yangi afg‘on hukumati kuchli armiya tuzmoqchi. Afg‘oniston yangiliklari

    Kobul aeroportida ayollar o‘z ishiga qaytdi

    Kobuldagi Hamid Karzay nomli xalqaro aeroportda ayollar yana o‘z ishlariga qaytdi, deb yozadi Anadolu agentligi.

    Foto: Anadolu Agency

    Foto: Anadolu Agency

    31-avgust kuni Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondan to‘liq olib ketilganidan keyin aeroport “Tolibon” harakati nazorati ostiga o‘tgan edi, endi havo bandargohi asta-sekinlik bilan normal ish faoliyatiga qaytmoqda.

    Aeroport ma’muriyati xabariga ko‘ra, 30 ga yaqin ayollar turli departamentlardagi ish joylariga qaytgan. Yaqin kunlarda ularning soni 60 nafargacha ortadi.

    Aeroport direktori Mavlaviy Abdulhodi Hamadan ma’lum qilishicha, shariat doirasida ayollar ishlash huquqiga ega va aeroportda ishlagan avvalgi xodimalarning barchasi o‘z lavozimlariga qaytgan.

    Hamadanning eslatishicha, “Tolibon” davlat muassasalarida faoliyat yuritgan ayollarning barchasini ishga qaytishga chaqirgan.

    “Biz aeroport xodimalarini ham ishga qaytardik. Barcha xodimlarimiz avvalgi rejimda ishlamoqda”, — dedi u.

    Anonim qolishni istagan aeroport xodimalaridan biri ishga qaytishdan mamnun ekanini aytib, “Tolibon” maoshlar masalasini hal qilishini istashini bildirdi.

    Mavzuga doir: Kobulda ayollar “Tolibon”ni qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazdi. Yopiq kiyingan va qo‘llarida ingliz tilidagi shiorlarni ko‘tarib olgan namoyishchi ayollarni qurollangan jangarilar qo‘riqladi (foto)

    “Tolibon” yetakchilari hukumat tarkibi tufayli janjallashib qoldi

    Afg‘onistonni o‘z nazoratiga olgan “Tolibon” rahbarlari orasida jiddiy ziddiyat yuzaga keldi, deb yozadi Daily Mail.

    “Tolibon” harakatining yuqori mansabli vakillari ma’lum qilishicha, prezident saroyidagi majlis chog‘ida harakat asoschilaridan biri bosh vazir o‘rinbosari Abdulg‘ani Birodar qochqinlar ishi bo‘yicha vazir hamda toliblar bilan yaqin aloqada bo‘lgan “Haqqoniy tarmog‘i”ning atoqli vakili Xalil Rahmon Haqqoniy bilan janjallashib qolgan. Hatto ularning tarafdorlari o‘zaro mushtlashib ketgan.

    Bahsga Birodarning Afg‘oniston yangi hukumatining tuzilmasidan noroziligi sabab bo‘lgan. Shuningdek, toliblarning Afg‘onistondagi g‘alabasi kimning sharofati bilan bo‘lgani yuzasidan ham kelishmovchilik kelib chiqqan.

    Birodarning fikricha, o‘zi kabi odamlar tomonidan olib borilgan diplomatiyaga urg‘u berilishi kerak. “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi a’zolari esa g‘alabaga jangovar harakatlar tufayli erishildi, degan fikrda.

    Ta’kidlanishicha, aynan Birodar AQSh prezidenti bilan bevosita muzokaralar olib borgan toliblarning tarixdagi birinchi yuqori lavozimli vakili bo‘lgan: 2020-yilda u telefon orqali Donald Tramp bilan gaplashgan. Bungacha u Dohada bitimni imzolab, unga muvofiq Afg‘onistondan Amerika qo‘shinlari olib ketilgan edi.

    “Haqqoniy tarmog‘i”ni esa so‘nggi yillarda Afg‘oniston Qurolli kuchlari va ularning g‘arblik ittifoqdoshlariga qarshi olib borilgan eng qirg‘inbarot hujumlar bilan bog‘lashadi. AQSh hukumati uni terrorchilik tashkiloti deb hisoblaydi. “Haqqoniy tarmog‘i” yetakchisi Sirojiddin Haqqoniy Afg‘onistonning yangi hukumatida ichki ishlar vaziri etib tayinlangan.

    Toliblar o‘rtasidagi kelishmovchiliklar haqida o‘tgan hafta Birodar omma oldiga chiqmay qo‘yganidan keyin mish-mishlar paydo bo‘lgandi. Hatto ijtimoiy tarmoqlarda uning vafoti haqida taxminlar ilgari surilgan.

    Ammo toliblar orasidagi manbalar aytishicha, ziddiyatdan keyin Birodar Kobulni tark etib, Qandahorga jo‘nab ketgan.

    Mavzuga doir: “Tolibon” Afg‘oniston hukumatining yangi tarkibini e’lon qildi

    Yangi afg‘on hukumati mamlakatda kuchli armiya tuzmoqchi

    Afg‘onistonda hokimiyat tepasiga kelgan “Tolibon” harakati mamlakatda muntazam armiya tuzishni rejalashtirmoqda.

    “Yaqin kelajakda biz kuchli va tartibli armiya tuzamiz”, — dedi toliblar kuchlari shtab boshlig‘i Qori Fosihuddin 15-sentabr kuni. Uning so‘zlariga ko‘ra, “ayni paytda armiya yaratish haqida maslahatlashuvlar olib borilmoqda”.

    Avvalroq AQSh davlat kotibi Entoni Blinken o‘tgan 20 yil ichida bu mamlakatda samarali milliy qurolli kuchlarni yaratishga muvaffaq bo‘linmaganini aytgandi.

    Mavzuga doir: Amerikalik harbiylar Afg‘onistonga o‘n minglab avtomobillarini tashlab ketgan

    Qandahorda minglab afg‘onistonliklar toliblarga qarshi namoyishga chiqdi

    Afg‘onistonning Qandahor shahrida minglab aholi “Tolibon”ning buyrug‘iga qarshi chiqdi, deb yozadi Reuters.

    3000 ga yaqin oiladan armiya garnizoni yaqinidagi hududni tark etish so‘ralganidan keyin namoyishchilar Qandahordagi gubernator uyi yoniga yig‘ilgan.

    Ta’kidlanishicha, garnizon hududiga ko‘plab afg‘onlar xususiy uylar qurib olgan. Uy-joylar davlat yerida barpo qilingan va u yerda asosan iste’fodagi armiya generallari va Afg‘oniston xavfsizlik kuchlarining boshqa harbiy xizmatchilari oilalari yashaydi.

    Shu sababli minglab afg‘onlar majburiy ko‘chirib yuborilishga qarshi bosh ko‘tarib, Qandahor ko‘chalariga chiqdi. Odamlar moliyaviy qiyinchiliklardan shikoyat qilib, hatto yegulik sotib olishga puli yo‘qligini aytmoqda.

    Sobiq hukumat amaldori Reuters’ga ma’lum qilishicha, odamlarga bu hududni tark etish uchun uch kun muddat berilgan, shu bilan birga, o‘zlari bilan shaxsiy buyumlarni olishga ruxsat etilmagan. “Tolibon” bu hududga o‘z bo‘linmalarini joylashtirishni rejalashtirmoqda.

    Mavzuga doir: Tojikistonda Panjsher va Afg‘oniston qarshilik frontini qo‘llab-quvvatlab namoyish o‘tkazildi (foto va video)

    AQSh sobiq prezidentlari afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berish uchun birlashdi

    AQShning uch nafar sobiq prezidenti — respublikachi kichik Jorj Bush hamda demokratlar Bill Klinton va Barak Obama afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berish vazifasini o‘z oldiga qo‘ygan yangi tashkilotga qo‘shildi, deb yozadi Reuters.

    Amerika sobiq yetakchilari va ularning rafiqalari AQSh qo‘shinlari olib ketilganidan keyin Amerikaga evakuatsiya qilingan afg‘onistonlik qochqinlarga yordam berish maqsadidagi Welcome.US notijorat tashkilotlar va biznes-tuzilmalar koalitsiyasi tarkibida ishlaydi.

    Mavzuga doir: NBC: AQShga evakuatsiya qilingan 100 ga yaqin afg‘onistonlikning terrorchilar bilan aloqasi bo‘lishi mumkin

    15.09.2021, 18:11   Izoh (0)   42587
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevga hokimiyatni kuch bilan egallashga urinish ayblovi e’lon qilindi

    15.09.2021, 16:36

    AQSh razvedkasi “Al-Qoida” 1-2 yil ichida hujumga o‘tishi mumkinligidan ogohlantirdi

    15.09.2021, 15:26

    FT: Si Szinpin Baydenning yuzma-yuz uchrashish haqidagi taklifini rad etdi

    15.09.2021, 14:34

    2023-yilgacha Yer aholisining barchasi emlanishi shart, Turkiyada yana kasallanish ko‘paydi, dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas. Koronaxabarlar

    15.09.2021, 13:26

    Shimoliy Koreya ikki kun ichida ikkinchi marta raketa uchirdi

    15.09.2021, 12:25

    Jahon qarzi 296 trillion dollarga yetib, o‘z tarixiy rekordini yangiladi

    15.09.2021, 11:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yarim yilda yoqilg‘i-energetika sohasiga yetkazilgan 758 mlrd so‘m zarar undirildi — Bosh prokuratura

    O‘zbekiston | 23 iyul, 00:00

    “Obama, Klinton va Baydenni jinoiy javobgarlik kutmoqda” — Tramp

    Dunyo | 22 iyul, 23:50

    “So‘nggi kunlardagi issiq ob-havo 70 foizga yaqin aholi uyqusiga salbiy taʼsir qilmoqda” — iqlimshunos

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:35

    O‘zbekiston DXX raisi Kobulda “Tolibon” mudofaa vaziri bilan uchrashdi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 23:19

    Afg‘oniston janubida bolalar o‘yinchoqlarini sotish taqiqlandi

    Dunyo | 22 iyul, 22:50

    Namanganda 82 marta qoida buzgan haydovchining mashinasi jarima maydoniga joylashtirildi

    O‘zbekiston | 22 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.