So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12311.98
    • RUB 133.04
    • EUR 13272.31
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +4°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Dunyo

    2023-yilgacha Yer aholisining barchasi emlanishi shart, Turkiyada yana kasallanish ko‘paydi, dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas. Koronaxabarlar

    15.09.2021, 13:26 21485

    Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda koronavirusga chalinganlar soni 225 778 167 kishini tashkil qilmoqda, shularning 4 648 145 nafari vafot etgan. Ayni paytgacha qo‘llangan vaksinalar dozasi esa 5,748 milliardga yaqinlashdi.

    Kasallanganlar soni bo‘yicha AQSh (41,3 million), Hindiston (33,2 million), Braziliya (21 million), Buyuk Britaniya (7,3 million) va Rossiya (7,07 million) yetakchilik qilmoqda.

    Xitoyning Chjuchjou shahrida sayyohlik nuqtalari dezinfeksiya qilinmoqda. 2021-yil 3-sentabr

    Xitoyning Chjuchjou shahrida sayyohlik nuqtalari dezinfeksiya qilinmoqda. 2021-yil 3-sentabr
    Foto: Getty Images

    “2022-yil oxirigacha sayyoraning har bir fuqarosi koronavirusga qarshi emlanishi uchun dunyo hamjamiyati barcha imkoniyatini ishga solishi kerak”, — dedi BMT Bosh Assambleyasi yangi raisi Abdulla Shahid 14-sentabr kuni Bosh Assambleya 76-sessiyasi doirasidagi brifingda.

    “Biz oldimizga qo‘yilgan maqsadga — 2022-yil oxirigacha barcha odamlarni bitta qoldirmay emlashga erishish uchun BMT Bosh Assambleyasi raisi qodir bo‘lgan barcha ishni qilmoqchiman”, — dedi u.

    Ayni paytda Shahid 2022-yil boshida vaksina tengsizligi masalasi bo‘yicha yuqori darajada uchrashuv tashkil qilib, unga dunyo yetakchilari va ekspertlarini taklif qilish rejalari haqida gapirdi.

    “Barchamiz himoyalanmagunimizcha xavfsizlikda bo‘la olmaymiz”, — dedi Shahid.

    Mavzuga doir: JSST badavlat mamlakatlarni vaksinalarni g‘amlab olgani uchun qoraladi

    Turkiyada 13-sentabr kuni 27 802 kishida koronavirus aniqlandi, bu 4-maydan buyon kuzatilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.

    The Guardian nashri ma’lumotlariga ko‘ra, shu kuni o‘limlar soni bo‘yicha ham qariyb rekord ko‘rsatkich qayd etilgan — 276 ta.

    Iyul o‘rtalarida koronavirusga qarshi choralarning aksariyati bekor qilinganidan buyon Turkiyada COVID-19 oqibatidagi o‘limlar soni keskin oshdi.

    So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 85,4 million aholi yashaydigan Turkiyada pandemiya boshidan buyon 6,7 million kishida koronavirus tasdiqlangan, shularning 60 ming nafari vafot etgan.

    Mamlakat kasallanish darajasi bo‘yicha dunyoda yettinchi o‘rinda turadi. Ayni vaqtda, hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya aholisining qariyb yarmi koronavirusga qarshi to‘liq emlangan.

    Mavzuga doir: Turkiyada COVID-19 tufayli yangi cheklovlar kiritiladi

    Microsoft korporatsiyasi asoschisi, dunyoning eng boy odamlaridan biri Bill Geyts fikricha, dunyo yangi pandemiyaga tayyor emas va unga tayyorlanish uchun bor kuchini ishga solmayapti.

    “Dunyoda pandemiyaga tayyorgarlik ko‘rishga men kutganimdan ko‘ra kamroq e’tibor berilayotganidan biroz xavotirdaman”, — dedi milliarder.

    Tegishlicha tayyorlanish uchun 100 kun ichida vaksina yaratishga o‘rganish va dunyo ehtiyojlarini qoplash uchun uni keyingi 100 kun ichida ishlab chiqarishga yetarli quvvatlarga ega bo‘lish kerak. Uning fikricha, bu vazifani bajarishning iloji bor.

    Mavzuga doir: Bill Geyts Yevropa Ittifoqi va AQShning pandemiya boshida yo‘l qo‘ygan eng katta xatosini aytdi

    Shuningdek:
    • Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) vaksinatsiya pasportlarini kiritishga qarshi chiqdi. Tashkilot fikricha, koronavirusga qarshi vaksina yetishmovchiligi sharoitida bunday pasportlarning joriy qilinishi diskriminatsiyalovchi chora hisoblanadi. Ammo kelajakda bunday hujjatlarni kiritish mumkin, dedi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.
    • Belarusda koronavirusning to‘rtinchi to‘lqini boshlangani haqida mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qildi. Kasallik avj olishi munosabati bilan hukumat majlis o‘tkazib, virus tarqalishining oldini olish choralarini muhokama qildi.
    • Yaponiyaning Kanagava prefekturasi Sagamixara shahrida Pfizer/BioNTech vaksinasidan yana yot moddalar topildi. Uchta punktdagi jami 18 doza vaksinada noma’lum oq modda zarralari aniqlangan. Bir kun avval esa Kamakura shahrida ham shunga o‘xshash holat qayd etilgan. Har ikkala shahar hukumatlari ishlab chiqaruvchiga murojaat qilib, tekshiruv o‘tkazishni so‘radi.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlarida ham prezidentlik saylovlari o‘tkazadi

    Bugun, 17:48

    “Men to‘satdan falaj bo‘lib qolganman” — Anjelina Joli Bred Pitt bilan ajriminining tafsilotlari haqida gapirdi

    Bugun, 17:35

    Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Maybach avtomobilida ommaga ko‘rinish berdi

    Bugun, 17:26

    O‘zbekistonda pensiya va nafaqa to‘lovini ortiqcha ovoragarchiliksiz to‘xtatib turish imkoni yaratildi

    Bugun, 17:22

    Argentinaning yangi prezidenti vazirliklar sonini 19 tadan 9 taga qisqartirdi

    Bugun, 17:21

    Sinox bilan soch to‘kilishi va kallikning oldini olamiz

    Bugun, 15:00
    Reklama

    “Malibu’si bor, lekin yolg‘on hujjatlar qilib, har oy davlatdan yordam puli oladi”. Sirdaryo hokimining o‘rinbosari hududdagi boqimandalik haqida gapirdi

    Bugun, 17:12

    Blinken: “Rossiya Ukraina bilan mojaroga NATOni ham tortishi mumkin”

    Bugun, 17:02

    “O‘zbekiston uchun muhim ijobiy jihat bu uning juda yosh aholisidir” — tajribali investor Maykl MakGogi O‘zbekistonning iqtisodiy kelajagi haqida optimistik fikrla...

    Bugun, 16:58

    “Farg‘ona” bojxona posti sobiq boshlig‘i 18 yildan so‘ng oqlandi

    Bugun, 16:56

    Tojikistonda erkak onasini 136 marta pichoq urib o‘ldirdi (video)

    Bugun, 16:56

    Tavsiya etamiz

    Surxondaryoliklarning respublika tashkilotlariga murojaatlari o‘tgan 2022-yilga nisbatan 26 mingtaga kamaygan

    23:00 / 10.12.2023

    Qozog‘iston va O‘zbekiston iqtisodiyoti taqqoslandi. Kimniki kuchli?

    21:00 / 10.12.2023

    “Jadidchilik ham maorif, ham davlatchilik va so‘z erkinligi edi”. Xorijlik jadidshunos olimlar bilan suhbat

    18:00 / 10.12.2023

    Akula hujumidan halok bo‘lgan sayyoh, polda yotgan yaradorlar, bitiruv marosimidagi itlar — hafta suratlari

    22:00 / 09.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.