O‘zbekiston Prezidentining katta qizi, Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva 12-sentabr, yakshanba kuni Shavkat Mirziyoyevning nabirasi bilan tushgan suratini e’lon qildi.

Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Unda olimpiyachilar formasidagi davlat rahbarining Saida Mirziyoyevaning qizi — Saodatxonni bag‘riga bosib turgani aks etgan. Qayd etish joizki, 7SABER brendi tomonidan ishlab chiqilgan o‘zbekistonlik olimpiyachilarning ushbu sport formasi Cosmopolitan’ning top-5 taligiga kirgandi.

“Bugungi yakshanba tongi fayzli bo‘ldi. Dam olish nimaligini deyarli bilmaydigan bobojonning bag‘rilarida bo‘lish — nevaralar uchun bayramdek. Hayotimizdagi eng quvonchli daqiqalar aslida juda oddiy narsalardan iborat — ota-ona bilan birga nonushta qilish, nevaralar qurshovida bo‘lish, bir piyola choy ustida suhbatlar... Siz-chi, bugun ota-onangiz, buva-buvingizga quchoq ochdingizmi?”, — deb yozgan Saida Mirziyoyeva.

Bundan avval Saida Mirziyoyeva o‘zining Telegram’dagi kanaliga davlat rahbarining nabirasi Shavkatjon bilan tushgan suratini joylashtirgandi.