• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Terrordan keyingi hayot: 11-sentabr fojiasi sabab otalaridan ayrilgan bolalar

    Jahon savdo markazi, Pentagon binosi va Shanksvill shaharchasi yaqinidagi fojialarga 20 yil to‘ldi. Minglab qurbonlar ortida uch mingdan ziyod yetim bolalar qoldi. Biroq otasiz o‘sib-ulg‘aysa-da, yangi avlodning bu voqeaga munosabati boshqacha — ko‘pi bag‘rikeng. Bu fojidan keyin oila a’zolariga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik sabab aksar odamlar o‘rtasidagi mehr-muhabbat, insoniylikni qadrlaydi va o‘zi ham shuning ortidan ergashadi. The Guardian tug‘ilmay otasini yo‘qotgan, bir umr yetimga aylangan to‘rt yigit-qizning hikoyalari, alamli xotiralarini bir yerga jamladi.

    Kichik Ronald Milam, 19 yosh, Texas

    Kichik Ronald Milam

    Kichik Ronald Milam
    Foto: Arrow Pictures
    Aksar yosh amerikaliklar qatori ulg‘ayarkanman, 11-sentabr voqeasini onlayn videolar, televizordagi hujjatli filmlar, xotiralar va yangiliklardagi sharhlar orqali bilib, ko‘rib o‘sdim. Onamdan bu haqda ko‘pam so‘ragim kelmasdi. Yoshimga yosh qo‘shilgani sari uzuq-yuluq parchalarni birlashtiraverdim. Menimcha, bolaligimda ham otamning o‘sha fojiada halok bo‘lganini sezib-fahmlaganman. Biroq bu borada his-tuyg‘uga berilmaganman. Voqealarning asos-tomirini bilaman, ammo vaziyatni o‘nglash bo‘yicha biror chora topolmayman.

    Uyimizdagi hayot maromida ketardi. Onam bilan dadam harbiy xizmatchi bo‘lgani uchun kamina Merilend shtatidagi Endryus havo kuchlari bazasida tug‘ilganman. Uchga kirganimda, onam xizmatdan ketdi va biz Texasdagi San-Antonioga ko‘chib o‘tdik. Shundan keyin sayohatlarimiz boshlandi — onam, men va opam juda uzoq safarlar qildik. Onam yana turmush qurdi va o‘n yil oldin kichkina ukam tug‘ildi.

    2001-yil sentabrda ota-onam Pentagonda, binoning qarshisida xizmatda bo‘lganini bilaman. Onam-ku qutuldi, ammo otam imkonini topolmadi. Onam ikkimiz shu vaqtgacha fojia tafsilotlarini astoydil tahlil qilmaganmiz. Uni yana o‘sha kunni qaytadan yashab ko‘rishga undashim kerakmi? Yo‘q, rahmat. Bu qadar yaqin kelishi shart emas — o‘zim voqea joyida emasdim ham. Bunday holatlar ro‘y berganda, sevgan insoningizni yo‘qotasiz va bunga chidashga, ko‘nikishga majbur bo‘lasiz.

    Kichik Ronald Milamning otasi Ronald rafiqasi Jaklin va qizi Mijoi bilan.

    Kichik Ronald Milamning otasi Ronald rafiqasi Jaklin va qizi Mijoi bilan.
    Foto: Arrow Pictures

    Onam har doim xonadonimiz quvonch, kulgi, muhabbat va baxtga to‘la bo‘lishiga alohida e’tibor bergan. Shu sabab, o‘tmishga uncha sho‘ng‘igim yo‘q, aksincha, kelajakka qarash kerak. Nega o‘zim bo‘lmagan hodisaga diqqat qaratishim kerak? Ortga nazar tashlash uchun ko‘p vaqtim bo‘ladi hali, o‘zimni o‘zim yeb bitirishim shart emas. Oilamizdagilar hissiyotga uncha berilavermaydi.

    Aytishlaricha, otamning ismini menga qo‘yishgan ekan: u katta Ronald, men esa kichik Ronald. Ikkimizning ismimiz birligi katta ma’noni anglatadi. U ayni damda oldimda, har doim yonimda degani.

    11-sentabr voqeasidan keyin 20 yil o‘tdi. Kelasi ikki o‘n yillik uchun nima xohlayotganimni juda yaxshi bilaman. Imkoniyatlarimni to‘la ishga solishga imonim komil. Hozir biologiyani o‘rganyapman. Shifokor yordamchisi bo‘lmoqchiman. Men uchun eng muhimi, barqaror va baxtli bo‘lish. Oila qursam, qo‘ldan kelganicha eng yaxshi ota bo‘laman.

    Klavdiya Shurkovskiy, 19 yosh, Florida

    Klavdiya Shurkovskiy: “Ayrimlar fojiani sira bo‘lmagan deb aytishadi. Lekin, mana, tirik dalil o‘zimman!”

    Klavdiya Shurkovskiy: “Ayrimlar fojiani sira bo‘lmagan deb aytishadi. Lekin, mana, tirik dalil o‘zimman!”
    Foto: Arrow Pictures

    O‘tgan yili kollejga jinoiy adliya yo‘nalishiga o‘qishga kirdim. Bir tarafdan, terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tahsil olgim keldi, lekin men xohlagan dunyoni yaxshi tarafga o‘zgartirish uchun yozish, tarjima qilish yo kurashishdan ko‘ra yuridik maktabga kirish qarori ustun keldi. Bu menga har taraflama to‘g‘ri kelardi. Onam sizga og‘zimni qanday ochishni o‘rgangach, sira yopishni xohlamaganim haqida aytib berishi mumkin. Ammo bu nega huquqiy olamga kirganimga yagona sabab emas.

    2001-yil avgustda, 11-sentabr voqeasidan bir oy avval onam otam bilan Polshada ta’tildaligida menga homiladorligini bilib qoladi. Otam gulqog‘oz va mexanikalar bo‘yicha pudratchi edi. Ta’tildan qaytishidan bir haftacha avval ish joyi tayin bo‘ladi. 11-sentabr sanasida Nyu-Jersida ish boshlashi kerak edi-yu, negadir bir kecha oldin qo‘ng‘iroq bo‘lib, ertaga Jahon savdo markazining shimoliy qanotiga, 104-qavatga jo‘natilayotganini aytishadi. Ishi ko‘p vaqtni olmasdi: u yerda bor-yo‘g‘i 2 soatgina – tonggi 7 dan 9 gacha bo‘lishi kerak edi. Ilgari bu binoga hecham qadam bosmagandi.

    Soat 9 ga yaqinlashganda onam televizordagi xabarlarni ko‘rib, otamga bog‘lanishga uringan. U otamning allaqachon tashqariga chiqib, yo‘lda kelmayotganmikan deb taxmin qilgan. Onam hecham bog‘lanolmay, dahshatli voqea sodir bo‘lishidan, rosti, qo‘rqadi. O‘sha kuni, ehtimol, otam ishlarini saranjomlab, binodan chiqaverishda jarohatlanganmikan, deb o‘ylaymiz. Lekin afsus, u binodan chiqolmagan.

    “Otam bu binoda ilgari sira bo‘lmagan”. Klavdiyaning ota-onasi.

    “Otam bu binoda ilgari sira bo‘lmagan”. Klavdiyaning ota-onasi.
    Foto: Arrow Pictures

    Har gal shu haqda o‘ylasam, jahlim qo‘ziydi. U chiqqan bo‘lishi ham mumkin edi, axir ishi tugagandi-ku! Nega unday qilmadi? Onam har qanday voqea bir sabab bilan ro‘y berishini aytadi. Men esa nega aynan shunday bo‘lganini tushunolmayman.

    Umrimning ko‘p vaqtini shu kunga bog‘liq voqealar haqidagi matnlarni o‘qish bilan o‘tkazyapman. Menimcha, AQSh vaziyatni bartaraf etish uchun juda ko‘p ish qilishi mumkin edi. “Al-Qoida” haqida ko‘p narsani bilamiz, bu nom allaqachon tillarga tushgan. Shuginani bilishning o‘ziyoq meni adolat eshigiga oyoq qo‘yishga, bunday baxtsiz hodisalar qayta takrorlanmasligiga ishonch hosil qilishga undadi.

    Ikki opam va onam oldida ulg‘aydim. Bruklinda tug‘ildim-u, Steytn-Aylendda yashadik. Sakkizni to‘ldirganimda Floridaga ko‘chib o‘tdik. To‘rtovimiz juda ahilmiz: eng sodiq do‘stlar jamoasi. Maktabdaligimda atrofimdagilarga achchiq hikoyamni aytib berish mashaqqat edi. Bu menga tamg‘a yopishtirishini, boshqa tarafdan ko‘rsatilishimni bilardim. Uchrashadigan odamlarimni mabodo ishontirolmasam, achinmasliklari uchun qismatimni so‘zlamasdim. Bari soxtadek tuyulishi mumkin edi.

    Vaqt o‘tib, xiyla ulg‘aydim. Minglab insonlar taqdiri menikiga o‘xshashligini o‘ylash muhimroq. Yigirma yil o‘tar-ketar, biroq o‘sha kuni nimalar bo‘lganini odamlarga butkul tushuntira olmaymiz. Turmushimiz nima ro‘y bergan bo‘lsa, o‘shanga moslashdi. G‘am chekishdan aslo to‘xtamasligimniyam bilaman. Ayni paytda Qo‘shma Shtatlarda fitna nazariyalarini yoki 11-sentabr voqealari umuman bo‘lmagan degan g‘oyalarni tarqatayotganlar bor. Bu Amerika tarixining ajralmas bo‘lagi, minglab hayotlarni ag‘dar-to‘ntar qilgan hodisa: mana, tirik dalil o‘zimman.

    Ground Zero memorial yodgorligi o‘rnatilayotganda bordik. 11-sentabr kuni o‘qilayotgan nomlarni tinglab o‘tirdik. Suv havzasiga eltadigan uzun yo‘l bo‘ylab yurib, suvga atirgullar otdik. Onam o‘zini yo‘qotib qo‘ygandi. Juda yosh edim. Hatto nimalar ro‘y berayotganini anglamasdim. Ammo bu kunning nechog‘lik muhimligini sezib turardim. Onam qarshisiga o‘tirg‘izib, otamga nima bo‘lganini aytganmidi yo yo‘q, eslolmayman. Men hamisha otamning qizi ekanimni bilardim, xolos.

    Otam hamon hayotimda barhayot. Har kuni uyquga ketarimdan avval xonamdagi surati bilan xayolan gaplashaman. U bilan har doim bir oiladek suhbatlashamiz. Orzumdan — AQSh Oliy sudida o‘rnimni topishimdan xabardor.

    Nikolas Bellini Gorki, 19 yosh, Nyu-York

    “Onam betob bo‘lmaganida, o‘sha kuni uniyam o‘ldirishardi”.

    “Onam betob bo‘lmaganida, o‘sha kuni uniyam o‘ldirishardi”.
    Foto: Arrow Pictures

    AQShda qarindosh-urug‘im ko‘p emas. Onam 30 yil oldin Braziliyadan ko‘chib kelgan. Ko‘p yaqinlarimiz Janubiy Amerikada qolgan. Otam ham 1990-yillari Germaniyadan ish izlab keladi. Ota tarafdan bobo-buvim orqali dadamga va Yevropacha merosga bog‘liqligimni dildan his etaman. Bu, menimcha, unga yaqinroq bo‘lishimning bir yo‘li.

    Onam, ehtimol, buni boshqacha eslar, lekin men, taxminan, sakkiz yo to‘qqiz yoshdaligimda 11-sentabr voqeasi bo‘yicha uyda o‘tgan suhbatni aniq xotirlayman. Televizorlarda bolalar har doim otalarini “dada” deb chaqirishiradi. Biz esa bu so‘zni uyda sira ishlatmasdik. Onamdan nega shundayligini so‘raganimda, u meni o‘tirgizib, asta tushuntirdi: ota deb bilganim hozirda onamning yo‘ldoshi, mening DNKam to‘g‘ri keladigan inson emas.

    Oilada yolg‘iz farzand edim. O‘sha kuni onam barini aytib berdi. Ota-onam Nyu-Yorkdagi ziyofatlardan birida tanishgan va bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan ekan. O‘rtada bir ko‘rishda muhabbat paydo bo‘lgan, deydi. Ikkisi ham moliya sohasida — onam Morgan Stanley’da, otam Deutsche (Doych) bankda ishlagan ekan. Ular asta-sekin uchrashib, onam menga homilador bo‘lganida ko‘chib ketishni rejalashtirishgan ekan.

    “Odamlar: ‘11-sentabrni unutmang!’ deydi. Lekin onam bu voqeadan keyingi kishilarning g‘amxo‘rligi haqida ko‘p so‘zlab bergan”. Suratda Nikning ota-onasi.

    “Odamlar: ‘11-sentabrni unutmang!’ deydi. Lekin onam bu voqeadan keyingi kishilarning g‘amxo‘rligi haqida ko‘p so‘zlab bergan”. Suratda Nikning ota-onasi.
    Foto: Arrow Pictures

    2001-yilning 11-sentabr tongida ota-onam umrida birinchi marta o‘z uyiga ega bo‘lgan insonlar safiga qo‘shilgandi. O‘sha paytlari otam Midtaunda ishlar, ammo shu kuni saharlab Jahon savdo markaziga ko‘ngilli sifatida chaqirilgandi. Onam esa har doim egizak binolarning birida ishlagan. Lekin o‘sha kuni ertalab o‘zini picha behol sezib, ishga kechikadi. Kun ochiqligi uchun ofisdan tashqarida biroz nafas rostlagisi keladi. Keyin tepasida allaqanday shovqinni eshitib, ulkan binoda yong‘in boshlanganiga ko‘zi tushadi. Ko‘ngli aynimaganda edi, onam ham o‘shanda 70-qavatda turgan bo‘larmidi... Otam esa 27 yoshida vafot etdi.

    Bor haqiqat aytilgan kuni, YouTube’da videolar ko‘rdik. Undan avval 11-sentabr haqida hech nima bilmasdim. To‘satdan AQSh tarixining qonli, dahshatli bo‘lagidan va bu oilamiz taqdirini nechog‘lik o‘zgartirib yuborganidan xabar topdim. Jamiki hodisotni to‘liq tushunib yetishga qurbim yetmasdiyam.

    Bo‘lib o‘tgan voqealarni bilganimdan ikki-uch yil o‘tib, 2011-yilning mayida maktabdan uyga qaytayotgandim. Radioda 11-sentabr haqida eshittirish berilayotgandi. Juda g‘alati tuyuldi. O‘rtoqlarim bilan o‘ynayotgan bo‘lsam-da, o‘zimni haqiqiy, qahri qattiq qotildek sezdim. Mabodo, vaqtimni xush o‘tkazishni istasam, bu men gaplashadigan mavzu emas, albatta. Uyga qaytib, yuqoriga chiqsam, onam televizor qarshisida jazavaga tushib o‘tirardi. Nima bo‘lganini so‘rasam, Usomaning o‘ldirilganini aytdi. Men esa Barak Obamaga suiqasd uyishtirilgan deb o‘ylabman. Shubhalarim arigach, birinchi marta Usoma bin Loden shaxsiga qiziqib, uning kimligini o‘rganishga kirishdim.

    Onam va bobo-buvimning aytishicha, men ularga otamni eslatarkanman: yuz-ko‘zim, uzun sochim, sadafdek tishlarim otamdan meros o‘tgan ekan. Ularning nazdida, bizda hayotga ishtiyoq kuchli. Otam bank ishidan zavqlangan bo‘lsa, men kompyuter ilmi va chirliding (sevimli jamoani qo‘llab-quvvatlash)dan rohatlanaman. Otam orzulari — 20 yoshida vitse-prezident bo‘lgisi kelardi — ortidan shoshardi, men ham o‘zimnikini amalga oshiraman. Garchi sira ko‘rmagan bo‘lsam-da, uning hayot yo‘lini davom ettirayotganimni o‘ylasam, juda quvonaman.

    O‘sha kuni nimalar ro‘y bergani haqida ko‘p o‘ylayman. Xudoga shukr, bu omadmi yo taqdiri azal — onam ikkimiz yo‘qotganlarimiz evaziga omon qoldik. Bugun yashayotibmanmi o‘zi? Bundan nechog‘lik shukr qilishimni aytolmayman.

    Odamlar nuqul: “11-sentabrni sira unutmang” deydi. Lekin onam bundan keyin unga ko‘rsatilgan g‘amxo‘rliklarni aytib beradi. Halokatdan keyin u otamni kasalxonalardan izlaydi. Unga ko‘mak berishga oshiqqan, o‘lka bo‘ylab kelgan insonlarga yo‘liqqadi. Albatta, fojiani hecham unutolmaymiz, biroq bizga umid bag‘ishlagan 12—13-sentabrni, oilamizga g‘amxo‘rlik qilib, bizni ardoqlaganlarni ham aslo yoddan chiqarmaymiz.

    Dina Retik, 19 yosh, Vermont

    “Qo‘shma Shtatlar nafratga to‘lib ketganda, onamning qalbi muhabbatga limmo-lim edi”. Dina Retik.

    “Qo‘shma Shtatlar nafratga to‘lib ketganda, onamning qalbi muhabbatga limmo-lim edi”. Dina Retik.
    Foto: Arrow Pictures

    Yaqin-yaqingacha do‘stlarim yo oilam bilan 11-sentabr voqealari haqida uncha gaplashmasdik. To‘g‘ri, yaqinlarim taqdiri shu hodisaga bog‘liq, doimiy diqqat markazimizda, lekin negadir bu mavzu ichiga ko‘pam sho‘ng‘igim kelmasdi. Hammasi qandaydir tarzda bir vaqtning o‘zida o‘ta shaxsiy va ommaviy bo‘lib tuyular, bu bilan qanday murosa qilishni bilmasdim. Fojia ro‘y berganda onamning qornida edim. Shungami o‘tgan ishlarga aloqadorlik va o‘zimni qanday his etishim muntazam o‘zgarib turadi.

    Menimcha, uzoq vaqtdan beri “11-sentabr oilasi” bo‘lganimiz bizga yorliqdek yopishdi. Bu mening nazarga tushganim va rol o‘ynashim kerak degani. Hissiy tarafini chindanam tajribadan o‘tkazolmadim. Yigirma yil ichida, menimcha, oilamdagilarning nima ro‘y berganini o‘ylashga vaqti, imkoni bo‘lgan. Hozir esa ulg‘ayganim sari men ham o‘shalarni boshdan o‘tkazyapman nihoyat.

    Otam 2001-yil 11-sentabrda egizak minoralarga qulagan birinchi samolyot AA11 reysida edi. Otamning o‘sha kungi nuqtayi nazari qandayligini bilmayman, biroq onam “TED talk”dagi nuqtida barini so‘zlaganda buni qanday yengganini eshitdim. Nutqi davomida ayrim tafsilotlarni tilga ko‘chirarkan, ularning ko‘pi qalbimni jarohatladi.

    Qo‘llarida chaqaloq: otasi Devid Dinaning opasi bilan.

    Qo‘llarida chaqaloq: otasi Devid Dinaning opasi bilan.
    Foto: Arrow Pictures

    Jahon savdo markaziga bir samolyot kelib urilganini radio orqali eshitgan onam oziq-ovqat do‘konining mashinalar turar joyida ancha paytgacha qolib ketadi. O‘rnidan qo‘zg‘olsa, mashina harakatlanayotgan bo‘ladi. Do‘konga kirish o‘rniga, uyga qaytib, dadamning parvoz raqamini tekshirishga oshiqadi. Bu chinakam insoniy holatki, o‘zimni uning o‘rniga qo‘yishga urinaman.

    Bunga qo‘shimcha, onamning hikoyasidan otamning samolyotda terroristlardan birining oldiga o‘tirib qolganini fahmlayman. Bu barini birdaniga haqqoniyatga aylantirib yuboradi. Onamning nutqida murojaatga o‘xshash nimadir bor edi: bizning ko‘rgan-bilganlarimiz va nima qilayotganimiz o‘zimizni shakl-shamoyilga solib turadi.

    11-sentabrdan keyin onam do‘stlari, oilasi, qo‘ni-qo‘shni va mamlakat ichkarisidagi odamlardan mehr-muhabbat, g‘amxo‘rlik ko‘rdi. Ortga qarab, dunyoga nazar tashlarkan, Afg‘oniston bo‘ylab o‘ziga o‘xshash qanchadan qancha beva juvonlar zulm ostida qolayotgani, o‘zini ojiz sezayotganini ko‘radi. Turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgan ayollarga arzimas matohdek muomala qilinardi. Shu bois, u eng boshida o‘zidek bevalarga yordam qo‘lini cho‘zgisi keladi va ishga kirishadi.

    Boshqalarga mehr ko‘rsatishga qaror qilgan onamning og‘riqlaridan, ochig‘i, juda g‘ururlanaman. Qo‘shma Shtatlar nafrat bilan – urush, mutaassiblik, zo‘ravonlikka to‘la bo‘lgan lahzalar uning qalbi muhabbat bilan limmo-lim edi. Bugun u turmush o‘rtog‘ini yo‘qotgandan keyin hayotini izga solishga urinayotgan afg‘on ayollarga ko‘mak beradigan Beyond the Eleventh notijorat tashkilotini boshqaradi. Fond doirasida Ground Zero’dan uyimiz Bostongacha xayriya velopoygalari uyushtiramiz, tadbirlar o‘tkazamiz. Yuqori sinfga ko‘chganimda men ham poygada qatnashdim va bu yil ham – ahli oilamiz bilan otamning yo‘qotganimizning 20 yilligi arafasida ishtirok etish niyatidaman.

    Otamni tanigan-bilgan, ko‘rgan odamdan u haqida ko‘proq ma’lumot olgim keladi. Ayni kunlarda u haqida xotiralar, do‘stlar hikoyasini yig‘yapman. Bularni bir yerda saqlab, kelajakka uzatmoqchiman. Keyin esa u yonimizda mangu barhayot bo‘ladi.

    11.09.2021, 11:01   Izoh (0)   60899
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    AQSh maxfiy xizmati 11-sentabr voqealarini aks ettiruvchi ilgari chop etilmagan fotosuratlarni e’lon qildi

    10.09.2021, 22:57

    “Ayniqsa, shimoldagi qo‘shnilarimizni Afg‘onistondagi terror davlatini tan olishga shoshilmaslikka chaqiraman” — Abdurashid Do‘stum

    10.09.2021, 21:56

    Afg‘oniston milliy qahramoni, “Panjsher arsloni” Ahmad Shoh Mas’ud. Vatani ozodligi, tinchligi va dunyoviyligi uchun kurashgan generalning xoinona o‘ldirilishi

    10.09.2021, 20:08

    Livan prezidenti bosh vazir bilan yangi hukumat to‘g‘risida kelishib oldi. Mamlakat Bayrutdagi portlashdan keyingi ziddiyatlar tufayli bir yildan buyon hukumatsiz

    10.09.2021, 19:38

    “Tolibon” Afg‘oniston muvaqqat hukumatining inauguratsiyasini bekor qildi

    10.09.2021, 18:22

    Ukraina prezidenti Rossiya bilan urush ehtimoli borligini tan oldi

    10.09.2021, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.