Pechda tayyorlanadogan zapekankani pishirish juda oson. Ziravorlar va souslar esa taomga xushbo‘ylik beradi.
Kerakli mahsulotlar:
- guruch — 70 gramm;
- piyoz — 1 dona;
- o‘simlik yog‘i — 1 osh qoshiq;
- qovoqcha — 1 dona;
- pishloq — 50-70 gramm;
- tuxum — 3 dona;
- tuz va ziravorlar.
- Guruch ozgina tuzlangan suvda pishirib olinadi va sovutishga qo‘yiladi.
- Piyozni mayda to‘g‘rab, qizdirilgan yog‘da o‘rta olovda 3-5 daqiqa davomida qovuriladi.
- Qovoqcha ham uzunchoq yoki mayda to‘g‘raladi. Pishloq qirg‘ichdan o‘tkaziladi.
- Qovoqcha guruch, tuxum, piyoz, tuz va murch bilan aralashtiriladi. Pishloqning taxminan 2/3 qismi qo‘shiladi.
- Aralashma yog‘langan qolipga solinadi. Pishloqning qolgan qismi ustiga sepiladi.
- Taxminan 30-35 daqiqa davomida 180 daraja pechda pishiriladi.
Izoh (0)