Markaziy bank 10-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,77 so‘mga pastlab, 10 668,09 so‘mni tashkil qildi. Yevro 0,39 so‘mga pastlab, 12 623,55 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval 27-avgustdan buyon ko‘tarilib kelayotgan dollarning rasmiy kursi 12,37 so‘mga pastlab, 10 682,86 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi qatorasiga ikkinchi kun pastladi.
Respublikadagi ayrim tijorat banklarida esa 8-sentabr kuni dollar kursi birinchi marta 10 750 so‘mga qadar ko‘tarilgandi.