IIB Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqda “Haydovchi avtomobilini ayol ustiga boshqardi” sarlavhasi ostida tarqalgan video bo‘yicha izoh berdi.
4-sentabr kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida Spark haydovchisi Sh.R. (1979-yilda tug‘ilgan, ayol) hamda Changan yuk avtomobili haydovchisi H.M. (1983-yilda tug‘ilgan) o‘rtasida tortishuv yuzaga kelgan.
Changan haydovchisi H.M. voqea joyidan ketmoqchi bo‘lgan vaqtda Sh.R. yuk avtomobilining old qismiga tepgan. H.M. to‘xtamagan va Sh.R.ni avtomobilda turtib o‘tgan. Natijada Sh.R. tan jarohati olgan.
Voqea yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)