• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijonda talaba bo‘lgan 10 mingdan ortiq abituriyentning 7532 nafari maktab bitiruvchilari ekani ma’lum bo‘ldi

    Andijon viloyatida talabalikka tavsiya qilingan 10 ming 84 nafar abituriyentning 7 ming 532 nafari umumta’lim maktablari bitiruvchilari ekani ma’lum qilindi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar bermoqda.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmatining aniqlashtirishicha, 2020/2021-o‘quv yilida viloyatdagi 764 ta umumta’lim maktabini 36 ming 488 nafar bitiruvchi tamomlagan bo‘lib, ularning 262 nafari muddatidan avval talabalikka qabul qilingan. Bitiruvchilarning 28 ming 39 nafari oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun hujjat topshirib, test sinovlarida ishtirok etgan.

    “Davlat test markazi tomonidan e’lon qilingan natijalarni tahlil qilib chiqqanimizda bitiruvchilarimizning 7 ming 532 nafari talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘lgan. O‘tgan yilda ushbu ko‘rsatkich 5 ming 411 nafarni tashkil etgan. Bu quvonarli, albatta. Yana bir jihatga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, talabalikka tavsiya qilingan 10 ming 84 nafar abituriyentning 75 foizdan ortig‘ini maktab bitiruvchilari tashkil etmoqda. Qayd etish lozim, ayni paytdagi ko‘rsatkichlarimiz yakuniy xulosa emas. Boisi, kasbiy-ijodiy imtihoni bor yo‘nalishlarga ham mingdan ortiq bitiruvchimiz hujjat topshirib, imtihonlarda ishtirok etishgan. Ularning natijalari e’lon qilingandan so‘ng raqamlarda yana o‘sish kuzatilishi mumkin”, — deydi xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Azizbek Mirkomilov.

    Qo‘shimcha qilinishicha, viloyatda 4 ta umumta’lim muassasasi bitiruvchilari OTMlarga kirishda 100 foizlik, yana 6 tasi esa 90 foizdan yuqori natijani qayd etgan.

    Marhamat tumanidagi 3-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internati direktori Mahfuza O‘rinovaning aytishicha, bu yil internatni tamomlagan 46 nafar bitiruvchining barchasi test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan. Ularning 13 nafari davlat granti, qolgan 33 nafari esa to‘lov-shartnomasi asosida oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan.

    Ta’kidlanishicha, ushbu muassasa bitiruvchilari o‘tgan yili ham 100 foizlik natijani qayd etgan. O‘shanda internatning 25 nafari bitiruvchisi talaba bo‘lgan edi.

    “Bundan tashqari, Andijon va Xo‘jaobod tumanlaridagi 38- va 40-davlat ixtisoslashtirilgan maktab internatlari, Paxtaobod tumanidagi 37-ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi bitiruvchilarining barchasi, ya’ni 22 nafari davlat granti, 53 nafari esa to‘lov-shartnoma asosida OTMga qabul qilinib, 100 foizlik natijaga erishilgan. Andijon shahridagi Muhammad Yusuf ijod maktabi, Shahrixon tumanidagi 4-DIMI, Xo‘jaobod tumanidagi 23-IDUM, Baliqchi tumanidagi 38-DIMI, Paxtaobod tumanidagi 21-DIMI, Bo‘ston tumanidagi 26-DIMI, Andijon shahridagi 13-umumta’lim maktabi, Jalaquduq tumanidagi 3-umumta’lim maktab jamoalari ham 90 foizdan yuqori natijani qayd etgan”, — deydi Azizbek Mirkomilov.

    Mavzuga doir: “Maqsadga erishish uchun diplom kerakmi?”. O‘qishga kira olmaslikni fojia emas deb hisoblaydigan muvaffaqiyatli insonlar bilan suhbat

    08.09.2021, 08:35   Izoh (0)   10259
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Jahon parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammiti O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadi

    08.09.2021, 08:14

    “Go‘yoki Islom Karimov hozir zalga kirib keladigandek”. Besh yil avval Shavkat Mirziyoyevga prezident vazifasini bajarish yuklatilgan edi. Tarixiy majlisdan report...

    08.09.2021, 07:52

    Termizda Cobalt urib ketishi oqibatida Matiz ag‘darilib ketdi

    08.09.2021, 06:21

    Shavkat Mirziyoyev tadbirkorlarga soliq sohasida qator yengilliklar beruvchi farmonni imzoladi

    08.09.2021, 06:00

    Ta’tildan qaytgan prezident, avtomobil tunnelidan o‘tgan samolyot, suvda o‘tkazilgan miting. 7-sentabr suratlari

    07.09.2021, 23:54

    Surxondaryoda aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan yirik loyihani boshlashga start berildi

    07.09.2021, 23:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40

    Janubiy Koreya harbiy kuchlari KXDR chegarasida ogohlantiruvchi o‘t ochdi

    Dunyo | 23 avgust, 14:20

    Navoiyda soliqchilar tomonidan noqonuniy undirilgan 2 mlrd so‘m tadbirkorga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.