• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Tolibon” Afg‘oniston hukumatining yangi tarkibini e’lon qildi

    “Tolibon” harakati Afg‘oniston hukumatining yangi tarkibini e’lon qildi. Vazirlar Mahkamasining a’zolari ro‘yxatini guruhning rasmiy vakili Zabihullo Mujohid ommaga taqdim qilgan, uning o‘zi hukumatda madaniyat va axborot vaziri lavozimini egallaydi, deb yozmoqda Reuters. Mujohidning so‘zlariga ko‘ra, hukumat tarkibini rasmiy e’lon qilish marosimi keyinroq o‘tkaziladi.

    Abdul G‘ani Barodar (markazda)

    Abdul G‘ani Barodar (markazda)
    Foto: Reuters

    Agentlik xabariga ko‘ra, Muhammad Hasan Ohund “Tolibon” tuzgan yangi hukumatning rahbari bo‘ladi. Ohund “Tolibon” yetakchilarining rahbari hisoblanardi va avvalgi AQSh homiyligidagi hukumat qo‘shiniga qarshi urushda guruhni boshqargan. Qandahorlik yetakchi “Tolibon” asoschilaridan biri hisoblanadi.

    Mulla Abdul G‘ani Barodar bosh vazir o‘rinbosari bo‘ladi, u “Tolibon”ning siyosiy qanotiga rahbarlik qilgan.

    “Haqqoniy tarmog‘i” terrorchilik guruhi asoschisining o‘g‘li Sirojuddin Haqqoniy Ichki ishlar vaziri lavozimini egallaydi. Haqqoniy AQSh FQB qidiruvga bergan eng ashaddiy terrorchilar ro‘yxatiga kiritilgan. U 2008-yilda Kobulda sodir etilgan va AQSh fuqarolarining o‘limiga sabab bo‘lgan terakt tashkilotchilaridan biri ekani gumon qilinadi. Haqqoniyning qayerda ekanini ma’lum qilgan kishiga 5 million AQSh dollari miqdorida mukofot puli va’da qilingan.

    “Tolibon” asoschilaridan birining o‘g‘li Umar Yoqub mudofaa vaziri bo‘ladi. U 2020-yildan boshlab “Tolibon”ning deyarli barcha harbiy operatsiyalariga rahbar bo‘lgan.

    Tashqi siyosiy idora (Tashqi ishlar vazirligi) rahbarligi Amir Xon Muttaqiyga ishonib topshiriladi. U 2001-yildan keyin uzoq vaqt davomida Pokistonda yashirinib yurgan, biroq so‘nggi yillarda Qatardagi muzokaralarda ishtirok etgan.

    Razvedka vazirligiga Abdul Haq Vosiq rahbarlik qiladi. U 2002—2014-yillarda AQShda asirda bo‘lib qaytgan va Guantanamo qamoqxonasida jazo muddatini o‘tagan. Keyinchalik Abdul Haq Vosiqni “Haqqoniy tarmog‘i” guruhi asirga olgan AQSh harbiysiga almashtirishgan.

    Barodarning yangi hukumatga rahbar etib tayinlanmaganiga sabab sifatida “Tolibon”ning siyosiy qanoti hamda harbiy qismi o‘rtasida qarama-qarshilik borligini bildiradi, degan Tashqi ishlar bo‘yicha Rossiya kengashi eksperti Kirill Semenov. Yoqub va Haqqoniy boshqarayotgan harbiy qanot siyosiy kuchlarning rahbarlikka qo‘yilishini qo‘llab-quvvatlamagan bo‘lishi mumkin, sababi harbiylar g‘alabaga erishdi, shuning uchun ham avval yuqori lavozimlarda yurmagan shaxs hukumat rahbarligiga tanlangan, deb hisoblaydi ekspert.

    “Tolibon” qo‘l ostidagi Afg‘onistonda Erondagi boshqaruv tizimiga o‘xshash shakllar ko‘zga tashlanmoqda, oliy yetakchi Ohunzoda, unga bo‘ysunadigan kengash hamda ijro hokimiyati. Tashqi dunyo bilan munosabatlarda “Tolibon” hukumatining asosiy maqsadi dunyo hamjamiyatini ishontirish va moliyaviy yordam olishga erishishdan iborat, deydi Semenov. Shuningdek, rus ekspertining fikricha ichki siyosatda “Tolibon” aholining qo‘llab-quvvatlashiga erishishi lozim, buning uchun odamlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammolarni hal etish kerak bo‘ladi.

    Mavzuga doir: Guantanamo qamoqxonasining sobiq mahbusi, mulla Umarning bolalikdagi do‘sti va boshqalar. “Tolibon” o‘zining yuqori martabali faxriylarini asosiy vazir lavozimlariga tayinladi

    “Tolibon” avgust o‘rtalarida Afg‘oniston poytaxti Kobulni egallab, prezident saroyiga kirib bordi, shundan keyin hukumat qo‘shinlari bilan urushda g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Prezident Ashraf G‘ani xorijga qochib ketdi, keyinchalik BAAdan Afg‘oniston xalqiga murojaat yo‘lladi.

    Mavzuga doir: Foto: Qochoq prezidentlar. Chet eldan boshpana izlashga ularni nima majbur qilgan?

    Ushbu voqealardan keyin “Tolibon” Afg‘oniston islom amirligini tiklash rejalari haqida bayon qildi. 1996—2001-yillarda Afg‘oniston hududida “Tolibon” qo‘l ostida bo‘lgan davlat shunday atalgan, biroq jahon hamjamiyati ushbu davlatni rasman tan olmagandi. Ushbu davlatda qizlarning maktabga borishi, ishlashi va ko‘chada mahram erkak hamrohligisiz yurishi taqiqlangan. Ayollarning to‘liq yopiq kiyimda yurishiga ruxsat etilgandi.

    Sentabr boshida “Tolibon” harakat yetakchisi Haybatullo Ohunzodaning hukumatni boshqarishi deyarli hal etilgan masala ekanini bildirgan. U 2016-yilda “Tolibon”ga rahbar bo‘lgan, ammo hech ham rasmiy bayonot bilan chiqish qilmagandi. Uning atrofidagilar ushbu vaziyatni mahfiylik, uning xavfsizligi bilan izohlagan. Xabarlarga ko‘ra, Ohundzoda Pokistonning Kvetta shahrida 2012-yilda uni o‘ldirish maqsadida uyushtirilgan suiqasddan arang qutulib qolgan.

    Bir hafta avval Zabihullo Mujohid Ohunzodaning Qandahorda ekanligi va yaqin vaqt ichida rasmiy nutq so‘zlashi mumkinligi haqida gapirgandi.

    07.09.2021, 22:59   Izoh (0)   70788
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Braziliya prezidenti harbiy to‘ntarish uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rishda ayblandi

    07.09.2021, 19:44

    Angela Merkel kansler sifatida so‘nggi marta Bundestag oldida nutq so‘zladi

    07.09.2021, 19:13

    BMT Efiopiya aholisi ochlik yoqasida ekanini ma’lum qildi

    07.09.2021, 15:58

    Tojikiston prezidenti mamlakat mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan harbiy paradda nutq so‘zladi

    07.09.2021, 14:41

    Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo namoyishchilar tomonidan toshbo‘ron qilindi

    07.09.2021, 14:26

    Turkiya prezidentining yangi kitobi sotuvga chiqarildi

    07.09.2021, 13:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Qozog‘iston Jennifer Lopes konsertidan qancha daromad topdi?

    14 avgust, 09:30

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Keyingi 48 soat hal qiluvchi”: Ukraina armiyasi Donbassdagi muhim shaharda qurshovda qolishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 10:49

    “Manchester Siti” “Monako” futbolchisi uchun 80 mln yevro to‘lashga tayyor

    Sport | 14 avgust, 10:27

    Bir urushdan boshqasiga: G‘azodagi falastinliklar Janubiy Sudanga ko‘chirilishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 10:21

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Ra’no Shodiyeva, sovg‘alar “yomg‘iri”ostida qolgan Jey Lo, Yulduz Usmonovaning bir kuni qanday o‘tadi?

    Madaniyat | 14 avgust, 10:12

    O‘zbekistonda 15-avgust kuni havo harorati yana pasayadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 09:59

    CNN: Putin va Tramp Alyaskadagi harbiy bazada uchrashadi

    Dunyo | 14 avgust, 09:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.