1-iyul holatiga ko‘ra O‘zbekistonda mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 27,5 milliontani tashkil etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.
Mobil aloqa abonentlari soni 2020-yilning mos davriga nisbatan 14,3 foizga oshgan.
Aholi orasida mobil aloqadan foydalanadiganlar soni 24 million 868,1 mingtani tashkil etmoqda. Bu ko‘rsatkich 2020-yilning mos davriga nisbatan 8,8 foizga oshgan.
Aholi orasida mobil aloqa bilan ta’minlanganlik ko‘rsatkichi har 100 kishi hisobiga 72 tani tashkil qilmoqda.
Izoh (0)