Markaziy bank 7-sentabrdan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,07 so‘mga ko‘tarilib, 10 685,07 so‘mni tashkil qildi. Yevro 57,24 so‘mga ko‘tarilib, 12 673,56 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 17,82 so‘mga ko‘tarilib, 10 671 so‘mni tashkil qilgandi. Mamlakatda ushbu valyuta kursi 27-avgustdan buyon ko‘tarilishda davom etmoqda.
Izoh (0)