Tez va oson tayyorlanadigan quymoq nonushta uchun ayni muddao.
Kerakli mahsulotlar:
- tuxum — 2 dona;
- banan — 1 dona;
- sariyog‘ (qovurish uchun).
Tayyorlanish jarayoni:
- Chaqilgan tuxumni ko‘pik holiga kelgunicha yaxshilab aralashtiring.
- Banan qo‘shing va blender yoki sanchqida aralashtirishda davom eting.
- Xushbo‘y ifor taralishini istasangiz, bir chimdim dolchin qo‘shishingiz mumkin.
- Sariyog‘ solingan tovaga bir osh qoshiqni to‘ldirib aralashmadan soling.
- Tillarang bo‘lgunicha o‘rtacha olovda pishirib oling.
- Ikkinchi tarafini o‘girib qizargunicha pishiring.
- Dasturxonga tortishdan avval smetana, asal yoki mevalar bilan bezashingiz mumkin.
Izoh (0)