• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “O‘zimni butkul ojiz, arzimas va umidsizdek his qildim”. 23 yoshli afg‘on jurnalist qizining Kobuldan Buyuk Britaniyaga ko‘chib o‘tish hikoyasi

    The Guardian nashri ingliz tili muallimasi, talaba, jurnalist, 23 yashar Mursal Rasa Jamili va singillarining Kobuldan Buyuk Britaniyaga evakuatsiya qilinishi jarayonini e’lon qildi. Uch opa-singilning qariyb ikki kun davom etgan evakuatsiya jarayoni va ushbu vaqt oralig‘idagi kechinmalarini “Daryo” tarjima qildi.

    22-avgust, yakshanba

    Mursal Rasa Jamilining Kobuldan evakuatsiya qilinishi

    Mursal Rasa Jamilining Kobuldan evakuatsiya qilinishi
    Foto: The Guardian

    Ona vatanim haqida o‘ylasam, ko‘z yoshlarimni tiyolmayman. Hukumatdagi yetakchilarimiz bu o‘lkani boshqalarga qoldirib ketgach, o‘zimni butkul ojiz, arzimas va umidsiz qolgandek sezdim.

    Kobul qo‘lga olinganining to‘qqizinchi kuni sal-pal tamaddi uchun zo‘rg‘a guruch topoldik. Uyda tayyorlay oladigan yagona taomimiz shu edi. To‘g‘ri, baqqollik do‘konlari ochiq edi-yu, yosh ayolning bozorlik qilishi o‘ta xavfli edi.

    Uyda ham bexavf-bexatar emasdik, aslida. Tolibonlar uyma-uy izg‘ib yurishardi. Bizning uyimiz ham mahramsiz yashayotgan uch qiz uchun ortiq pana joy bo‘lolmasdi. Ularning so‘ramay-netmay uyimizga kirib, o‘zlarining shariat qoidalariga bo‘ysundirishlaridan jon hovuchlab o‘tirardik. Kechalari qo‘shnimizning uyiga borib, kimningdir himoyasiga o‘tishga qaror berdik.

    Biroq notinch vaziyat ostida hech kim mas’uliyatni bo‘yniga olgisi kelmasdi. Ularni bezovta qilayotganimizni, chaqirilmagan mehmon ekanimizni fahmladik. Shuning uchun vaziyatga shunchaki ko‘nib, uyda qolaverdik. Kobulning jazirama ob-havosida hamma eshik-derazani zich yopib, kechalari dimiqqanimizdan zo‘rg‘a uxlardik.

    O‘z kasbini sevadigan singlim: “Endi o‘qib-o‘rganganlarimni amalda qo‘llolmayman. Jamiyat hayotida ham faol qatnasholmayman. Tolibon nazorati ostidagi hayotni qullikdagi hayot deb hisoblayman. Chunki mening erkimni cheklashyapti-da”, derdi.

    Tolibonlar hukumatda eng muhim nuqtalarni allaqachon egallab bo‘lishgan, lekin ularning siyosiy tashkilotida biror ayolga joy topilmasdi.

    23-avgust, dushanba

    Har kuni ertalab do‘stlarimdan o‘nlab xatlar olar, har birimiz yaxshi hayot ilinjida mamlakatdan qochib ketish yo‘lini izlardik. Ikki do‘stim bugun ketishning uddasidan chiqdi. “Bu xursand bo‘lgulik safar emas”, derdi ular. Yangi hukumat muayyan shakl-shamoyilga kelish arafasida turgani uchun kichik guruhlarga rahm-shafqat qilinmasdi. Garchi shia an’analariga to‘g‘ri kelmasa-da, ular shia masjidlarida besh mahal ibodatni tashkil etishdi. Hamma imomni yig‘ib, islomni toliboncha talqin etishni buyurishdi. Ayrimlar turmushni izga tushirishga urinishar, biroq singillarim va men uchun buning imkoni topilmasdi.

    Toliblar hayotimiz haqida qaror chiqarishini kutish juda og‘ir. Ular qaror bermaguncha nima kiyishimiz, qayerga borishimiz, qaysi kasb-korda ishlashimiz va hatto kim bilan gaplashishimiz hal etishga haqimiz yo‘q. Bunday holatda – na ishing, universiteting va yashash uchun hech vaqoying yo‘q bo‘lib umrguzaronlik qilishni sira xohlamaganman.

    “Tolibon” Afg‘onistonni birinchi marta qo‘lga olgan yillari oilaviy Pokistonga ko‘chib ketgandik. O‘shanda olti oylik chaqaloq edim. Lekin mustaqillik e’lon qilingan ilk yildayoq qaytib kelgandik.

    Avvalgi sargardonlik yana takrorlanishini kutmagandim, biroq, mana, ikkinchi marta ona yurtimni tashlab ketishga qaror qildim. Fojiali o‘tmishimiz yana takrorlanyapti, ammo bu gal yonimizda turadigan otamiz yo‘q va singillarimga men tufayli ziyon-zahmat yetishini sira istamayman. (“Tolibon” o‘tgan haftadan izlab topolmagan jurnalistlarning qarindosh-urug‘ini siquvga ola boshladi).

    Buyuk Britaniya har doim yoqtirgan o‘lkalarimdan bo‘lgan va o‘qishimni shu davlatda davom ettirishni negadir ko‘p xohlardim. Ammo bu yerga evakuatsiya qilinishim haqida xabardan uncha quvonmadim. Chunki qadrdon go‘shamni vayronkorlar qo‘liga tashlab ketayotganim achinarli edi. Ular ayollarni jamiyat hayotidan siqib chiqarib, shu chog‘gacha qo‘lga kiritgan zig‘irdek ozodligini ham tortib olishayotgandi.

    24-avgust, seshanba

    Mursal Rasa Jamili singillari bilan

    Mursal Rasa Jamili singillari bilan
    Foto: The Guardian

    “Baron” mehmonxonasi (Buyuk Britaniyaning evakuatsiya markazi)ga kirib borganimizni tushuntirish qiyin. Singillarim bilan bir kecha oldin tuni bo‘yi uxlolmadik. Negaki elchixona bilan bog‘lanish, evakuatsiyaga huquqimiz bor, yo‘qligini aniqlashda muammolarga uchradik. Allaqachon narsalarimizni yig‘ishtirib shay turardik. Nihoyat elektron pochtadan xabar keldi. Shosha-pisha uyni tashlab, dugonamning otasiga qo‘ng‘iroq qildim. Bizga ota bo‘lib, aeroportga tashlab qo‘yishini so‘radim. Mahramsiz ko‘chaga chiqish jonni garovga tikish bilan barobar edi.

    Aeroportga eltadigan jamiki asosiy yo‘llar “Tolibon” va xalqaro askarlar nazoratida edi. Bir kun oldin ko‘cha-ko‘ydagi vaziyatni o‘rgangan afg‘on jurnalisti Zahra Joya bizga yo‘lboshlovchilik qilib, o‘sha kunlari “Tolibon” nazoratiga o‘tmagan aylanma yo‘l bilan manzilimizga yetkazdi.

    Aeroportga yetib kelganimizda minglab odamlar chet ellik askarlar oldiga borish, hujjatlarini ko‘rsatish ilinjida turnaqator navbatda turardi. Ba’zilarni hatto hujjatiyam yo‘q, lekin umid bilan uchoqqa chiqib olishni kutaverishardi. Armiyaning ulkan olomonni nazorat qilish uchun o‘q otishdan boshqa chorasi qolmasdi. Orada ko‘p bolali oilalar ham bo‘lib, ularning o‘qqa uchrash ehtimoli yuqori edi.

    Qo‘limizda singillarim va mening Britaniya elchixonasidan rozilik xatimiz bo‘lib, biror britan armiyasidagi odamni topib, hujjatlarimizni ko‘rsatishga urina boshladik. Tiqilinch odamlar orasidan o‘tib, kimnidir topishning o‘zi mushkul edi. Hamma tipirchilab, aksarlarga yetib olib, o‘zlariga berilgan hujjatlarni tezroq topshirishga harakat qilardi.

    Bu shunchalik yomon holat ediki, aeroportga kelganimizgayam pushaymon bo‘la boshladik. Hujjatlarimiz tekshirilishini kutib olomon orasida 4 soatcha qolib ketdik.

    Nihoyat to‘pdan ajralib chiqib, britan armiyasining ikki ayol askari yordami bilan “Baron” mehmonxonasining eshigi oldiga yetib bordik.

    Kelsak, u yerdagi askarlar ham xuddi o‘zimizdek charchaganidan oyoqda zo‘rg‘a turishardi. Ba’zilari shundoq qoq yerda uxlab qolgan, ayrimlari afg‘on oilalariga ko‘mak berish bilan andarmon edi. Men jamiyki mushkul vazifani bajarayotganlarni hurmat qilaman va xalqaro armiyalarning afg‘onlarni qutqarayotganini qo‘llab-quvvatlayman.

    Britaniyaliklar bizni iliq qarshilashdi va lagerga qabul qilishdi. U yerda minglab insonlar evakuatsiya qilinish yo qilinmasligini kutib o‘tirardi.

    Juda holdan toydiradigan kun bo‘ldi. Bir tarafdan uyqu bosar, ochlik va charchoq ham holdan toydirardi. Minglab oilalar, qo‘lida yosh bolasi borlar ko‘pning boshiga tushgan kulfat orqali shirin jonni saqlab qolish umidida o‘tirardilar.

    25-avgust, chorshanba

    Foto: The Guardian

    Uyqusiz tun. Hayotimdagi eng og‘ir tunlardan biri edi. O‘rtamizda bir qarich joy bo‘lmagan yerda, olomon orasida shundoq tosh ustida mizg‘ib qolishga urinardik. Yeyishga hech vaqoyimiz yo‘q edi. Mehribon britan askarlari bolalarga ovqat berardi.

    Atrofimizdagi ba’zi oilalar: “Kim bilan safarga otlandingiz? Oila erkagi qani? Kim?”, deb so‘rashardi. Ularga ayol boshimiz bilan o‘zimiz yo‘lga otlanganimizni aytsak, juda ajablanishdi. Mahramsiz qiz bolalarning yolg‘iz o‘zi safar qilishi g‘alatidek edi. Ular nazdida biz go‘yo gunoh ish qilayotgandek tikilishardi.

    Uzundan uzun navbatga tizilib, oilalar hujjatlari tekshirilishini to‘rt ko‘z bo‘lib kutishardi. Juda ko‘pchilik uyiga qaytarilib, hujjatlarini to‘ldirib kelishi so‘ralardi. 26 soatlik kutishdan so‘ng britan askari oldimizga kelib, hujjatlarimizni tekshirdi. “Bularni olib, uyingizga qayting” dedi u tezda. Buni eshitish so‘nggi ilinjimizni ham o‘ldirdi.

    Bexatar hayot orzusidagi umidimiz so‘ndi. Lekin bo‘sh kelmadim. “Uzr, ser! Lekin qo‘limizda Britaniya elchixonasidan kelgan ruxsatnoma bor”, dedim. “Bunaqa xat hammada bor. Bu ishonchli hujjat emas!”, dedi u.

    Afsuski, aksar insonlar evakuatsiya jarayonini suiiste’mol qilib, aeroportga soxta ruxsatnomalar bilan kirayotgani uchun askar bizning xatni ham qalbaki deb o‘yladi. Lekin hujjatlarim to‘g‘riligiga ishonchim komil edi. Shu sabab ruxsat xatini boshqa ofitsergayam ko‘rsatganimni aytdim. U hujjatlarimizni qaytadan tekshirib, yaxshilab ko‘rgach, suhbat uchun kutib turishimizni tayinladi.

    Olomon bo‘lib yig‘ilmaslik uchun har bir oiladan faqat asosiy evakuator navbatda turishi kerak edi, qolgan oila a’zolari esa undan xiyla uzoqroqda turishi so‘ralardi. Navbatga yaqinlashib, joy olgach, ba’zi erkaklar: “Iltimos, oilangdagi erkak tursin navbatda” dedi. “Oila boshlig‘i o‘zimiz”, javob berdim. Atrofimizdagilar bizga tikilib qarashardi. Bu holat Afg‘onistonda yashayotganimdan-da kuchliroq qo‘rquvni indirdi yuragimga. Hatto afg‘on fuqarolari ham ayollarning yolg‘iz yashashi mumkinligini hazm qilisholmasdi. Har tugul, odamlarni nazorat qilib yurgan bir britan askari o‘rnini menga berib, hurmat bilan so‘zlasha boshladi.

    Taxminan, 4 soatcha kutdik. Nihoyat evakuatsiya murojaatimiz qabul qilindi.

    Kobuldan Dubayga kechki oltida uchdik. Hayotimdagi ilk uchishim harbiy samolyotga to‘g‘ri kelganini-chi! Uchoqdagi minglab afg‘on oilalari xuddi menga o‘xshab umrida birinchi marta uchayotgan edi.

    Do‘stlarimizga bir og‘iz xayr demay ketish og‘ir edi. Bolaligimning eng baxtli damlari o‘tgan go‘shani butun umr unutolmayman. Kun kelib yurtimga qaytib, uni osuda, tinch va ozod holda topishimga umid qilaman. Qiyin vaziyatda vatanimni va undagi odamlarni tashlab ketish haqiqiy xudbinlik ekanini bilaman, ammo omon qolishning bundan boshqa chorasi ham yo‘q.

    26-avgust, payshanba

    Buyuk Britaniyaga ketyapman. Hayotimni saqlash evaziga ortda tashlab kelganlarim haqida tinimsiz o‘ylardim. Endi bundan buyog‘iga talabalar na ta’lim olishi, odamdek yashashi mumkin. Universitetdagi o‘rtoqlarim diplom olish va orzularidagi ishni topish uchun 16 yildan ortiqroq tirishib-tirmashishdi. Endi so‘nggi umidlari ham so‘nib bitdi. Hozir Britaniya hukumati tomonidan evakuatsiya qilingan baxtiyor ayollar va bolalarning shodumon yuziga qarab o‘tiribman.

    Ammo xayolim ortda qolgan, toliblar tarbiyalaydigan bolalarda edi. Armiyada xizmat qiladigan ayollar ishini yo‘qotdi. Kobul “Tolibon” qo‘liga o‘tganidan bir necha kun o‘tib, o‘sha ayollar shafqatsiz kaltaklandi. Yetim bolalar esa otalarini urushda yo‘qotdilar. Endi ularning na boquvchisi (hozir ayollarning ishlash huquqi cheklangan), na o‘qishga imkoni bor. Ularning nima yeb kun kechirishi va qayerda yashashi meni xavotirlantiradi.

    Samolyotda ketayotganimizda atrofimdagi oilalar bilan suhbatlashdim. Bir kishi: “Bolalarimni urf-odatlarimiz, an’analarimiz bilan o‘stirgim, ulg‘aytirgim keladi, lekin shundoq o‘lib ketaverishlariga yo‘l qo‘yolmayman. Shuning uchun ham olib ketishga majburman”, dedi.

    Buyuk Britaniya xavfsiz va uni yaxshi ko‘raman. Biroq vatanimdan olisdaman. Bundan keyin xavfsiz va osuda mamlakatda yashab, uni rivojlantirish baxtiga muyassar bo‘lishdan umidvorman.

    05.09.2021, 14:35   Izoh (0)   72661
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    KXDR yadro reaktorini qayta ishga tushirdi. Bu tashqi siyosatda Baydenning shundoq ham chigal ishini yanada murakkablashtirib yuborishi mumkin

    05.09.2021, 14:14

    Foto: Kobulda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan buyon birinchi marta valyuta ayirboshlash bozori ishga tushdi

    05.09.2021, 13:38

    Vladimir Zelenskiy o‘zini Stiv Jobsga qiyosladi

    05.09.2021, 08:15

    Shahzoda Uilyam afg‘onistonlik ofitser va uning oilasini Kobuldan evakuatsiya qilishga shaxsan yordam berdi

    04.09.2021, 21:35

    Google tahdidlardan himoyalash uchun Afg‘oniston hukumatining akkauntlarini bloklab qo‘ydi

    04.09.2021, 20:33

    Xitoy va Eron Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashda hamkorlik qiladi

    04.09.2021, 19:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ichki ishlardan pensiyaga chiqqanlar pul evaziga huquqbuzarliklar profilaktikasiga jalb etiladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 10:05

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    Dunyo | 27 iyul, 09:25

    Toshkentda 100 MVt quvvatli elektr energiyasini saqlash tizimi quriladi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 08:55

    AQSH Ukraina dronlarini sotib olish uchun 30 mlrd dollarlik shartnoma tuzishi mumkin

    Dunyo | 27 iyul, 08:31

    Nigeriyada gumanitar vaziyat: 6 oyda qariyb 700 bola ochlikdan halok bo‘ldi

    Dunyo | 26 iyul, 23:57

    AQSHda shtatlarga migrantlarni saqlash markazlari qurish uchun 608 mln dollar beriladi

    Dunyo | 26 iyul, 23:47

    Qatar Yevropa Ittifoqiga gaz ta’minotini to‘xtatish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 26 iyul, 23:19

    “Qaytmas bo‘lib ketdi”. Rossiyaning yagona aviatashuvchisi sotilishi yoki utilizatsiya qilinishi mumkin

    Dunyo | 26 iyul, 23:07

    UFC on ABC 9. Abu-Dabidagi musobaqaning ilk janglarining birida o‘ziga xos natija qayd etildi

    Sport | 26 iyul, 23:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.