• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    KXDR yadro reaktorini qayta ishga tushirdi. Bu tashqi siyosatda Baydenning shundoq ham chigal ishini yanada murakkablashtirib yuborishi mumkin

    Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik Shimoliy Koreyaning Yonbendagi 2018-yil dekabr oyida to‘xtab qolgan qurol uchun plutoniy ishlab chiqaradigan atom reaktori loyihasini qayta ishga tushirganini xabar qildi. Mazkur voqea Kim Chen Inning AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan olti oy o‘tgach to‘xtatib qo‘yilgandi. “Korrespondent.net” nashri ushbu jarayon nimalarga sabab bo‘lishini tahlil qilgan.

    Kim Chen In

    Kim Chen In
    Foto: Koreya markaziy telegraf agentligi

    KXDRni ushlab turish AQSh uchun birlamchi maqsad emasShimoliy Koreya Yonbendagi plutoniy ishlab chiqarish reaktorini qayta ishga tushirishi mamlakatning qurol-yarog‘ arsenali yanada oshishini anglatadi. Xalqaro atom energiyasi agentligi ham yillik hisobotida KXDRning yadro sohasidagi faoliyati haqida so‘z yuritib, shimolliklarning yadro quroli bilan kuchini oshirmoqchi ekanligini prognoz qilgan.

    Bu hodisa tashqi siyosatda Afg‘onistondan harbiylar olib chiqib ketilganidan keyin, shuningdek, Eron bilan 2015-yilda imzolangan yadro kelishuvi bo‘yicha muzokaralarda boshi berk ko‘chaga kirib qolgan AQSh prezidenti Jo Baydenga yangi muammolar yaratadi, deya qayd etgan Wall Street Journal.

    “Iyul boshida reaktorning ishlayotganini anglatuvchi bir nechta belgilar, xususan, muzlatilgan suv chiqindilari kuzatilgandi”, – deyiladi BMT agentligining hisobotida.

    Hisobotda qayd etilishicha, Yonbendagi reaktor 2018-yil dekabr oyidan 2021-yil iyuligacha nofaol holatda turgan. Reaktorning ishlay boshlaganini anglatuvchi belgilar Shimoliy Koreyadagi laboratoriyada plutoniy ajratib olish faoliyati boshlangani haqida xabarlar tarqalgan vaqt bilan bir-biriga mos keldi.

    KXDR 2009-yilda inspektorlarini haydab chiqargan MAGATE ushbu hodisalarni o‘ta xavotirliligi va BMT xavfsizlik kengashining rezolyutsiyasiga zid ekanligini bildirgan.

    AQSh prezidenti administratsiyasining yuqori lavozimdagi vakili Vashingtonning agentlik nuqtayi nazari bilan uyg‘un fikrda ekanligini qayd etgan.

    “Hisobotda zudlik bilan muloqotni boshlash va bu uchun diplomatiyani ishga solish hamda yakunda Koreya yarim orolini to‘liq yadro qurolidan xoli qilishga erishish zarurligi qayd etilgan”, – degan Vashington vakili.

    Shimoliy Koreyaning BMTdagi vakilligi WSJ’ning bu borada izoh so‘rab yo‘llagan so‘roviga javob qaytarmagan.

    “Bu katta ehtimol bilan Shimoliy Koreyaning yadro qurolini yaratish dasturi loyihasiga ko‘ra plutoniy ishlab chiqarishni qayta boshlaganini anglatadi”, – deydi Brandeym universitetining Sharqqa oid tadqiqotlar markazi rahbari, avval AQSh milliy xavfsizlik kengashida ommaviy qirg‘in qurolini yo‘q qilish bo‘yicha ekspert sifatida ishlagan Geri Semor.

    U KXDRda yadro qurolining zaxiralari bo‘lganini, biroq reaktorning ishga tushirilgani Pxenyanning yadro arsenalini kuchaytirishga bel bog‘laganini anglatishi haqida gapirgan.

    Bayden administratsiyasi Pxenyan bilan yadro quroli dasturi yuzasidan muzokaralar olib borishga tayyorligini bildirgan, ammo Shimoliy Koreya Vashingtonning taklifini qabul qilmagan.

    Oq uy bu boradagi o‘z pozitsiyasini tushuntirar ekan Vashington xalqaro munosabatlarda og‘ir-vazmin siyosat olib borgan Barak Obama hamda Donald Tramp boshlagan yuqori darajadagi siyosiy sammitlar orqali murosa yo‘lini tutish eng maqbul qarorlardan bo‘lishini ta’kidlagan.

    Ammo sobiq rasmiy shaxslar Shimoliy Koreya bilan muzokara olib borish Bayden uchun Eron bilan yadro kelishuviga qaytish, Afg‘onistondagi qo‘shinni ortga qaytarishdan keyingi vaziyatni barqarorlashtirish va Rossiya bilan qurollanish nazorati bo‘yicha muloqotdan keyinga qolayotgan ish, deya baholagan WSJ.

    “Yonbendagi ishga, Shimoliy Koreyaning yadro quroli dasturiga befarq qarab bo‘lmaydi. Bu Bayden administratsiyasi uchun ham eng asosiy maqsadlardan biriga aylanishi lozim”, – deya ta’kidlagan Davlat departamentining sobiq amaldori Joel Vit. U hozirda Vashingtondagi Stimson tahlil markazining ilmiy xodimi sifatida faoliyat olib boradi.

    Los-Alamosdagi milliy laboratoriya sobiq direktori, KXDR yadro dasturi bo‘yicha ekspert Zigfird Xekerning fikricha Shimoliy Koreya yadro qurolining 20 dan 60 tagacha birlikka ega, ularda plutoniy hamda yuqori darajada boyitilgan urandan foydalaniladi.

    2019-yilda Tramp KXDR yetakchisi Kim Chen In bilan uchrashuv o‘tkazgan, Pxenyan reaktor hamda boshqa obyektlar tarkibiga kirgan Yonbendagi majmuani yopishni taklif etgan va Tramp administratsiyasidan sanksiyalarni bekor qilishni so‘ragandi. Biroq Vashington ushbu taklifni rad qilgan va ushbu jarayon amalga oshishi uchun taklif etilayotgan ishlarning o‘zi kamlik qilishini bildirgan.

    “Yonbendagi asosiy obyektlarning harakatsizligi Kim Chen Inning Xanoydagi bayonoti bilan bevosita bog‘liq edi, o‘shanda u Yonbendagi loyihani yopishni taklif qilgandi. Reaktor qayta ish boshlashi va plutoniyga ishlov berish korxonasi Kimning yadro kelishuvida kelajak uchun rejalarni ko‘rmayotganligini anglatadi”, – degan Pxenyan bilan muzokaralarda qatnashgan AQSh davlat departamentining sobiq amaldori Robert Eynxorn.

    Iyun oyida MAGATE bosh direktori Rafael Grossi qayta ishlangan yadro yonilg‘isidan plutoniy ishlab chiqaruvchi korxona faoliyatini qayta boshlayotganining belgilari namoyon bo‘layotgani haqida gapirgan. Biroq u vaqtda Yonbendagi reaktor yana ishlay boshlagani yuzasidan aniq isbot hamda dalillar yo‘q edi.

    Yanvarda Kim Chen In yadro texnikasi modernizatsiya qilish rejasini oshkor qilgan. Rejaga ko‘ra KXDRda kichik o‘lchamdagi yadro quroli va atom suvosti kemalarini ishlab chiqilishi ko‘zda tutilgan.

    WSJ nashrining qayd etishicha, Shimoliy Koreya diktatorining mamlakatdagi ichki muammolari ko‘payib bormoqda. U yozda ishlab chiqarishda defitsit kuzatilgani, xalqaro sanksiyalar sharoitida mamlakatda yashab qolish og‘ir ekanligini, o‘tgan yili koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida KXDRning chegaralari yopishga to‘g‘ri kelganini tan olgan.

    Bayden administratsiyasining KXDR bo‘yicha vakili 30-avgust kuni Janubiy Koreyaga safari vaqtida Shimoliy Koreyadagi hamkasblari bilan har qanday vaqtda uchrashishga tayyorligi, Vashingtonning Pxenyanga nisbatan dushmanlik maqsadlari yo‘qligini ma’lum qilgan.

    05.09.2021, 14:14   Izoh (0)   33177
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Foto: Kobulda “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelganidan buyon birinchi marta valyuta ayirboshlash bozori ishga tushdi

    05.09.2021, 13:38

    Vladimir Zelenskiy o‘zini Stiv Jobsga qiyosladi

    05.09.2021, 08:15

    Shahzoda Uilyam afg‘onistonlik ofitser va uning oilasini Kobuldan evakuatsiya qilishga shaxsan yordam berdi

    04.09.2021, 21:35

    Google tahdidlardan himoyalash uchun Afg‘oniston hukumatining akkauntlarini bloklab qo‘ydi

    04.09.2021, 20:33

    Xitoy va Eron Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashda hamkorlik qiladi

    04.09.2021, 19:25

    Eron prezidenti yangi hukumatning birinchi ayol a’zosini tayinladi

    04.09.2021, 18:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda 270 kishi halok bo‘lgan Air India samolyoti halokatining sababi ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 19:10

    Xorazmda 7-qavatdan o‘zini tashlagan qizlar jinsiy zo‘ravonlik qurboni bo‘lganmi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:55

    “Chelsi” va “Arsenal” “Barselona” futbolchisi uchun kurashmoqda

    Sport | 12 iyul, 18:50

    AQSHda Trampning ruhiyatida yoshga bog‘liq o‘zgarishlar kuzatilayotgani ma’lum qilindi

    Dunyo | 12 iyul, 18:35

    Jazirama kunlarda yuz terisini qanday parvarish qilish kerak? Kosmetolog tavsiyasi

    Go‘zallik | 12 iyul, 18:20

    O‘zbekistonda sentyabrdan sertifikatsiz chet tili o‘qituvchilari ishdan bo‘shatilishi mumkin

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:13

    O‘zbekistonda ayollar huquqlari: zo‘ravonlikka qarshi choralar o‘zini oqlayaptimi?

    O‘zbekiston | 12 iyul, 18:00

    Surxondaryoda ikki hayvonni ovlaganlar tabiatga 4,5 mlrd so‘m zarar yetkazdi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.