• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Asarlari Toshkent bo‘ylab sochilib ketgan-u, haligacha uy-muzeyi yo‘q Chingiz Ahmarov ijodxonasi — poytaxt teatr, metro, muzeylariga sayohat

    Toshkentga kelgan mehmon ish-yumushini bitirgach, vaqti qolsa, poytaxt ko‘chalari, diqqatga sazovor joylarni aylangisi keladi. Agar san’at shinavandasi bo‘lsa, teatr, muzeyga yo‘l oladi. Bir kuni Alisher Navoiy metro bekatida poyezd kelishini kutib o‘tirarkanman, yoshi elliklardan oshgan, ikki qo‘lida to‘la yo‘lxalta ko‘targan amakining bekat noziridan devorlardagi bo‘rtma suratlarni kim, qachon chizganini so‘rab-surishtirayotgani quloqqa chalindi. Nima derkin, deb nozirga tikildim. “Shu... bir rassom-da. Metro ochilgan yillari-da” dedi xushlamay yo bilmasligini shunday xaspo‘shladi-qo‘ydi. Amaki yana og‘iz juftladi-yu, lekin indamadi. Bo‘rtma suvratlarga tikilganicha qotdi-qoldi... 

    O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev chizgan Chingiz Ahmarov portreti

    O‘zbekiston xalq rassomi Abdulhaq Abdullayev chizgan Chingiz Ahmarov portreti
    Foto: O‘zbekiston rassomlarining onlayn katalogi

    Atrofga qarasam, hammayam metro bekati devorlaridagi bezaklarga ahamiyat beravermas, yo‘nalish poyezdni kutish bilan “band” bo‘larkan. Vaqtini topib, soatlab tomosha qiladigan, monumental suvratlar muallifi kimligi bilan astoydil qiziqadigan yo‘lovchi kam ekan. Bu tabiiy. Ajablanish ham noo‘rin. Har kuni qayergadir shoshib ketayotganingda kimning nima chizgani, metroning qanday bezatilgani qiziq emasdek. Lekin buning ortida butun boshli umr, sermashaqqat yillar yotgani... sal o‘qib-o‘rganishga chaqiradi. Eng qizig‘i, O‘zbekiston xalq rassomi Chingiz Ahmarovning bunday asarlari poytaxt bo‘ylab “sochilib” yotibdi. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek Davlat akademik katta teatri, Adabiyot muzeyi, Amaliy san’at muzeyi, Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, San’atshunoslik instituti devorlaridagi suratlar misol bunga.

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Farhod va Shirin” dostoni asosida ishlangan sopol panno

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Farhod va Shirin” dostoni asosida ishlangan sopol panno
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Layli va Majnun” dostoni asosida ishlangan sopol panno

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Layli va Majnun” dostoni asosida ishlangan sopol panno
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Sab’ai sayyor” dostoni asosida ishlangan sopol panno

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Sab’ai sayyor” dostoni asosida ishlangan sopol panno
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Saddi Iskandariy” dostoni asosida ishlangan sopol panno

    Alisher Navoiy metro bekatidagi “Saddi Iskandariy” dostoni asosida ishlangan sopol panno
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    XX asrning buyuk rassomlaridan biri deya e’tirof etilgan Chingiz Ahmarovning boshqa asarlari, ijodi bilan batafsilroq tanishish ilinjida uy-muzeyini surishtirsak, rassom uzoq yillar ishlagan ustaxonadan bo‘lak manzil daragini topolmadik. Uy-muzey masalasi loyihaligicha haliyam qog‘ozda turgan ekan. Qachon, kim kelib ish boshlab yuborishi esa noma’lum.
    Mustaqillikdan oldin Chingiz aka uchun uy-muzey qurishni o‘sha paytdagi rassomlar uyushmasi ko‘rib chiqayotgandi. Hov, manavi tarafdagi hovli o‘rnida qurilishi kerak edi, — deya eslaydi rassomning shogirdi Sodiq Rahmonov. — Ming afsus, yaxshi niyat niyatligicha qoldi. Chingiz aka olamdan o‘tgach, u kishining xotirasini abadiylashtirish uchun hokimiyatga kerakli hujjatlarni yig‘ib bergandim. Lekin, mana, hech qanday javob bo‘lmadi shu choqqacha.

    <em>Chingiz Ahmarov shogirdi, rassom Sodiq Rahmonov</em>

    Chingiz Ahmarov shogirdi, rassom Sodiq Rahmonov
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Otaning xastaligi va yana ayrim katta-kichik ko‘ngilsizliklar ortidan Troiskdagi tug‘ilib-o‘sgan hovli-joyini tashlab, O‘zbekistonda qo‘nim topgan Ahmarovlar oilasi taqdiri vaqt o‘tib shu zaminga mahkam bog‘lanadi. Serfarzand Abdurahmon otaning boshqa bolalari orasida boshini kitobdan ko‘tarmaydigan Chingizi boshqacha chiqadi. Ziyoli otaning Arabiston, Turkiya, Misr, Turkistonga qilgan safarlaridan qaytishda sandiq to‘la kitob keltirishlari o‘g‘illar orasida shunisining kelajagiga katta ta’sir qiladi.

    “Bolaligimda otamning ko‘p, juda ko‘p kitob keltirishi va ularning barini yutoqib o‘qiganlarim rassomlikka havasni uyg‘otgan”, — degan ekan rassom shogirdlariga.

    Otaning har gal dasturxon tegrasida ahli oilasiga ko‘rgan-kechirganlari, mahobatli imoratlar, ulkan inshootlar haqida to‘lib-toshib hikoya qilishi yosh Chingizning butun shuuri, xayolini chirmab oladi. Xonadondagi nodir kitoblar jam kutubxona, qo‘lyozma asarlar to‘la tokchalar, sandiqlarda saqlanadigan suratli kitoblar — hammasi bo‘lg‘usi rang-tasvir ustasining aqlini peshlaydi.

    1927-yili mamlakatdagi notinchlik ortidan Abdurahmon hoji uyi, kutubxonasini sotib, oilasi bilan Qarshi shahriga yo‘l oladi. O‘g‘li Chingiz esa Perm rassomlik maktabiga kirgani uchun Rossiyada qoladi. Yozgi ta’tilda uydagilarni yo‘qlash bahonasida Qarshiga borib, yo‘l-yo‘lakay Samarqandga ham kiradi-yu, ertakmonand shahar go‘zalliklarini ko‘rib hayratini yashirolmaydi. Sharqning g‘ala-g‘ovur, sershovqin hayoti, bozor-u choyxonasi, imoratlaridagi yorqin bezaklar, naqshinkor shiftlar o‘smir tasavvurini ostin-ustun qiladi. Vaqt o‘tib san’at olamida dadil qadam qo‘yishni o‘rgangan rassom: “Rassomchilik maktabi menga san’atning asosini o‘rgatdi, hayotga yo‘llanma berdi. Ammo haqiqiy rassom bo‘lib shakllanishimga Samarqand sababchi bo‘ldi”, degan ekan.

    Chingiz Ahmarov ijodxonasi

    Chingiz Ahmarov ijodxonasi
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Rassomchilikka o‘qiyotgan yillari Qarshida bosiladigan “Yangi yo‘l” jurnaliga bir nechta ishini yuborgan yosh rassom oradan ancha vaqt o‘tsa ham tahririyatdan tayinli gap eshitmaydi – na suratlar chop etiladi, na rad javobi beriladi. Yillar o‘tib, Toshkentda muqim yashayotganida jurnal tahririyatiga yo‘li tushgan rassom Usto Mo‘min (Aleksandr Nikolayev — jurnalning bosh rassomi)dan nega ishlari nashr etilmaganini so‘raydi.

    Usto Mo‘min sal xijolat bo‘lib:

    — Bilasanmi, Chingiz, men bunday suvratni yosh bir bola chiza olishiga shubhalandim. Uni qandaydir usta rassomdan ko‘chirilgan nusxa deb o‘ylabman... — deydi.

    1930-yili o‘qishini tamomlab, Chingiz Ahmarov Qarshiga qaytadi. Uydagilari Samarqandga ko‘chish taraddisida yurganiga bu imkoniyat yo‘l boshida turgan ijodkorga juda qo‘l keladi. Sharqona rang-tasvir usuli, yo‘nalish va an’analarini o‘rganish uchun bu chinakam tole. O‘sha yillari Samarqand san’at maktablari orasida yetakchi edi. Mahalliy hunarmand, kulol-u zargarlarning butun bir sulolasi atrofga dong taratib, amaliy san’at an’analarini mahkam saqlab kelardilar. Nafaqat Markaziy Osiyo, yana Rossiya va boshqa o‘lkalardan kelgan yosh rassomlar aynan Samarqand rassomlik maktabida nom chiqargan. P.Benkov, V.Yeremyan, N. Kashina, O.Tatevosyan shular jumlasidan.

    Chingiz Ahmarovning mahobatli rang-tasvir yo‘nalishida yirik asarlar yaratishi Toshkentdagi qurilish-tiklash ishlari bilan bog‘liq. Ikkinchi jahon urushidan avval qurilishi boshlanib, keyinchalik jarayon to‘xtab, urushning oxirgi yillari bitkazilgan Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri zallaridan biridagi — Hazrat Navoiy “Xamsa”si qahramonlari tasvirlangan suratlar Chingiz Ahmarovning yo‘lini ochib bergan asarlardan.

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri zallaridan biri

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatri zallaridan biri
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Chingiz aka O‘rta Osiyo rassomlari orasidan birinchi bo‘lib devorga suvrat chizgan ijodkor, — deydi Sodiq Rahmonov. — O‘sha paytda Moskvada aspiranturada o‘qirdilar. Teatrni qurgan me’mor-muhandis Aleksey Shusev teatrni mahorat bilan bezaydigan rassom bo‘lmasa kerak, “bu yerdagilarning kuchi yetmaydi”, deb do‘sti Grabarga telefon qilib, Navoiy ijodi, lirikasini tushunadigan rassomni topib berishini so‘raydi. Grabar esa Chingiz akani tavsiya qiladi. Shusev boshida shubhalanadi. Lekin Chingiz akaning bilimi, mahoratini ko‘rib, gumonlari tarqaydi. Ikkisi hammaslahat bo‘lib ishni tugatishadi. Hukumat Chingiz akani munosib taqdirlaydi. Ammo ayrim mahalliy rassomlar norozi kayfiyatda Moskvaga xat yozishadi. “Chingiz Ahmarov feodal san’atini targ‘ib qilmoqda”, deb. Qatag‘on siyosati ayni avjiga chiqqan kunlarga to‘g‘ri keladi bu. Lekin o‘sha chaquv xati yetib bormaydi, shekilli, Chingiz akaga hech qanday bosim, tazyiq bo‘lmaydi.
    Teatr devorlaridagi suratlar haqiqatda ulkan iste’dod, nodir qobiliyat egasi mo‘yqalamidan chiqqan. Oradan yetmish yildan ortiq vaqt o‘tsa ham necha-necha avlodni hayratlantirib, qanchadan qancha yoshning tanloviga ta’sir qilgan. To‘rt doston — “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Saddi Iskandariy”, “Sab’ai sayyor” voqealari tasvirlangan devoriy suratlar oldidan shunchaki o‘tib ketilmaydi. Chetroqdagi kursilarda soatlab tomosha qilishga arziydi.

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatridagi devoriy surat

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatridagi devoriy surat
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatridagi devoriy surat

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat akademik katta teatridagi devoriy surat
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Rassom ijodiga qiziqadiganlar orasida “ ‘Yetti go‘zal’ va boshqa ayollar uchun Chingiz Ahmarov turmush o‘rtog‘i Shamsiro‘y Hasanovani prototip qilib olgan”, degan gap yuradi. Bu taxmin rost yo shunchaki mish-mishmikan, deb Sodiq Rahmonovdan so‘radik:
    Yo‘q, bu sal noto‘g‘ri fikr. Toshkentda bir muddat yashagach, Chingiz aka Shamsiro‘y opa Hasanova (o‘zbeklar orasida birinchi rassom ayol)ga uylanadilar. Opa haqiqatda go‘zal, behad chiroyli ayol edilar. Har qaysi rassom qarshisidagi (ayniqsa, rafiqasi bo‘lsa) suluv ayoldan nimadir ko‘chiradi, asarlarining qaysidir qismini uning yordamida to‘ldiradi. “Yetti go‘zal” uchun, menimcha, butun o‘zbek qiz-ayollari prototip qilib olingan. Faqat Shamsiro‘y opa emas. Afsuski, ularning baxtli turmushi uzoq davom etmaydi. Shamsiro‘y opa ancha yillardan beri bir xastalikdan qiynalardilar. Opa vafot etgach, Chingiz aka qayta uylanmadilar. “Qisqa muddat bo‘lsa ham hayot nimaligini bildim, endi umrimni san’atga, ishimga bag‘ishlayman”, deb toq o‘tdilar.

    Shamsiro‘y Hasanovaning portretini chizayotgan Chingiz Ahmarov

    Shamsiro‘y Hasanovaning portretini chizayotgan Chingiz Ahmarov
    Foto: Aysel

    Biroq xotiranomalarida rassomning o‘zi: “Men Shamsiro‘yning qator portretlarini ishlab ko‘rganman. Alisher Navoiy nomidagi teatrga tasvir etganim obrazlarning barchasida Shamsiro‘ydan ilhom olganman, desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Biroq shulardan eng muvaffaqiyatlisi, 1943—44-yillarda sevib tasvir etganim — “Shirin” asarim deb hisoblayman. Bu rasmda Shamsiro‘y qiyofasi o‘ychan, go‘zal obraz siymosiga mos tushganidan tashqari, Shirinning qandaydir kelgusidagi baxtsizligidan ham darak berib turganday” deb yozadi.

    Ikkinchi jahon urushidan keyin Chingiz Ahmarov o‘z yo‘nalishi, yo‘lini belgilab olishga astoydil kirishadi va monumental rang-tasvir, portret janri qolganlaridan ustun keladi. Birin-ketin “Alpomish va Oybarchin”, “Shirin”, “Qizlar”, “Mukarrama Turg‘unboyeva portreti”, “Ganalik qiz”, “Afrikalik”, “Rassom Rashid Temirov portreti”, “A’lochi Zotova portreti”, “Zulmatdagi ziyo”, “Shoira Zulfiya portreti”, “Raqqosa”, Alisher Navoiy lirikasiga bag‘ishlangan rasmlar, “Mushoira”, “Behzod huzurida” kabi rang-barang mavzudagi asarlar chiziladi.

    Ayollar portreti, qiyofasi, so‘lim nigohini chizishda Chingiz Ahmarovga teng kelguligi yo‘q, menimcha. Bejiz “Sharq ayollarining ritsari” deb alqashmagan-ov. Murakkab va nafis qiyofalarda tasvirlangan qiz-juvonlar ertaklardagi parini eslatadi, lekin aksari go‘yo zaminda, odamlar orasida yurgandek. Buniyam sababini izlasam, ayol obrazini gavdalantirishda rassom nafaqat, sharq manbalarini, yana zamondoshlarining turfa qiyofalarini sinchiklab kuzatgani, yillar bo‘yi nazardan qochirmagani ravshanlashdi. “Studentlar” va “Ayol portreti”, Indoneziya, Sharqiy Afrika safarida chizilgan suratlar, “Surmaxon” kabilarni bunga dalil qilib ko‘rsatishdi.

    Chingiz Ahmarovning “Shirin” asaridan nusxa

    Chingiz Ahmarovning “Shirin” asaridan nusxa
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    “Peshonaband taqqan qiz”

    “Peshonaband taqqan qiz”
    Foto: fi.pinterest.com

    Nodira portreti

    Nodira portreti
    Foto: art-blog.uz

    Xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva portreti

    Xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyeva portreti
    Foto: O‘zbekiston rassomlarining onlayn katalogi

    Halima Nosirova Shirin rolida

    Halima Nosirova Shirin rolida
    Foto: art-blog.uz

    “Buxorolik qiz”

    “Buxorolik qiz”
    Foto: O‘zbekiston rassomlarining onlayn katalogi

    She’riyat allegoriyasi

    She’riyat allegoriyasi
    Foto: O‘zbekiston rassomlarining onlayn katalogi

    Shoiralar

    Shoiralar
    Foto: liveinternet.ru

    Miniatyura san’ati nafosatini devorlarga muhrlagan, o‘ndan ziyod imoratlarni shu yo‘nalishda bezagan rassom bir gal:

    “Men hech qachon asarlarimni miniatyurada yaratishni maqsad qilmaganman. Men uni butun qalbim bilan sevaman, xolos. Benazir san’at maktabini yaratgan taniqli miniatyurachilarning asarlarini astoydil o‘rganaman. Bunda tasvirlangan voqealarning hayotiyligi, odamlar, tabiatning go‘zalligi, ranglarning hayratlanarli uyg‘unligi, rassom his-tuyg‘ularining samimiyligi meni quvontiradi. Bu men uchun bitmas-tuganmas boylik, ilhomim, maktabim. Men uchun bu Italiyaning buyuk rassomlari Jotto va Mazachcho san’atiga tengdir” deb aytgan.
    Kamoliddin Behzod davrida eng yuqori cho‘qqisiga chiqqan miniatyura san’ati vaqt o‘tib Chingiz Ahmarov maktabida devorga ko‘chdi va o‘rni, shuhratini topa oldi.

    Amaliy san’at muzeyi devorlaridagi suratlar

    Amaliy san’at muzeyi devorlaridagi suratlar
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Amaliy san’at muzeyi devorlaridagi suratlar

    Amaliy san’at muzeyi devorlaridagi suratlar
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Chingiz akam Moskvadagi katta-katta obyektlarni bezashga qatnashib yuradilar, — eslaydi shogirdi Sodiq Rahmonov. — Qozondagi opera va balet teatri bilan vokzalni bezaydilar. 1960—61-yillari yana Toshkentga chaqirishadi. Qurilishlar avjida edi o‘shanda. Adabiyotshunos Hamid Sulaymonov Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyidagi bitta zalni o‘zingiz bezab bering, deb iltimos qiladi. Mana, o‘sha devoriy asar hozirgacha yaxshi saqlangan. Alisher Navoiy lirikasiga bag‘ishlangan zalning bir tarafini to‘lig‘icha Chingiz aka bezab berdilar.

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Lirika zali

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Lirika zali
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Lirika zali

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi Lirika zali
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    Chingiz Ahmarov tasviriy san’atni adabiyot bilan bog‘lagan ijodkor. Folklormi yo badiiy adabiyotmi — san’atga begona emas. Ramzlarning tili bitta. Chingiz Ahmarov o‘tgan asrning 60-yillaridan umrining oxirigacha umrini ham san’atga, ham adabiyotga sarflagan. Adabiyot muzeyining Lirika zalidagi suratni chizishda, birinchi navbatda, Navoiyni tushunish kerak. Navoiyni hammayam tushunavermaydi. Rasm bilan ifodalab berish juda murakkab jarayon. Tasviriy san’atni adabiyotga yaqinlashtirishda Chingiz Ahmarovning xizmati katta. To‘g‘ri, boshqa rassomlarda ham bu borada tajriba, yo‘nalish bor, lekin Chingiz Ahmarovda bu yaxlit. Metrodagi bo‘ladimi yoki muzeylardagi ishlar — hammasida, bevosita adabiyot bilan bog‘liqlikni ko‘rish mumkin. Chingiz Ahmarov shaxsi, ijodi, nazarimda, yetarli darajada o‘rganilmadi. Alohida albomlar, kitoblar chiqarish kerak. Butun boshli davrni aynan shu kishi boshlab bergan. Tasviriy san’at bilan adabiyotdagi uyg‘unlikni topa olgan.Jabbor Eshonqul,Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori 

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori Jabbor Eshonqul

    Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi direktori Jabbor Eshonqul
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Rassomning eng mashhur asarlaridan “Yetti go‘zal”ning chinni laganga tushirilgan nusxasi Amaliy san’at muzeyidan joy topgan. “Sab’ai sayyor” dostonidagi yetti o‘lka go‘zali Chingiz Ahmarov talqinida chinakam pariga aylangan. Sharq ayolining bor jozibasi, latofati, hayo, nafosati, viqorini bu qadar tabiiy, iymanayotgan navniholdek tasvirlash haqiqiy iste’dodning qo‘lidan keladi faqat.

    Foto: Rinfom

    Foto: Rinfom

    Foto: Rinfom

    Foto: Rinfom

    Foto: Rinfom

    Foto: Rinfom

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Umri davomida ijod va pedagoglik faoliyatini birlashtirgan Chingiz Ahmarov bir qancha shogirdlarining hayotda yo‘li, maqsadini topishga, orzulari ushalishga sababchi bo‘lgan. Talabaga buyruqlarni bajaruvchi tolib emas, shaxs deb qarashga odatlangan rassom davomchilarining turmush tarzi, ro‘zg‘ori, kam-ko‘sti haqida ham astoydil qayg‘urgan ekan. Mabodo, biror yigit-qiz stipendiyasini yetkazolmay, tang ahvolga tushib qolganini eshitsa, uni uyiga chaqirib, bo‘yoq, cho‘tka va kerakli asbob-uskunani badastir qilgan, oilaviy sharoiti, ahvoli haqida qiziqib, goh oshkora, goh yashirin ko‘mak bergan ekan.

    Chingiz aka milliy qadriyatlar, urf-odatlar, tarixni chuqur biladigan inson edilar, — deydi Sodiq Rahmonov. — Shogirdlariga g‘amxo‘rlikda otadan o‘zib ketardilar. Menga ham “Shu yerga kelib ishla, ustaxonamda bo‘lsang, ko‘nglim xotirjam tortadi. Nima kaming bo‘lsa, menga ayt” derdilar. Boshida unamay yurdim, anchagacha aniq javob bermadim. Keyin kelib ishlaydigan bo‘ldim. Hozir shu yerdaman. Xotiralarga ko‘milib ishlayman.

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Rejissor Latif Fayziyevning “Ulug‘bek yulduzi” filmi dekoratsiyalari, tarixiy liboslar yaratilishida rassomning xizmatlari katta. “Film yaratilishida Chingiz akaning ham hissasi bor. U kishining maslahat-tavsiyasi bilan, bilmadim, bunday asarni nihoyalay olmasdim, shekilli”, — degandi bir gal rejissor.

    Bugun O‘zbekiston davlat san’at muzeyida rassomning “O‘zbekcha raqs” deb nomlangan triptixi osig‘liq turadi. Xorazm, Buxoro, Toshkent—Farg‘ona raqslari aks etgan suratdan tashqari muzeyda Chingiz Ahmarovning 40 ortiq rangtasvir va 400 ga yaqin grafik asarlari saqlanadi.

    O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan “O‘zbekcha raqs” deb nomlangan triptix

    O‘zbekiston davlat san’at muzeyida saqlanayotgan “O‘zbekcha raqs” deb nomlangan triptix
    Foto: Rinfom
    San’at muzeyida juda ko‘p asarlari bor. Ming afsus, ekspozitsiyalar almashtirib turilmaydi, — deydi Sodiq Rahmonov. — Maslahat beramiz, lekin foydasi bo‘lmayapti. Xalq ham bahramand bo‘lishga haqqi bor.

    Xorazm raqsi

    Xorazm raqsi
    Foto: O‘zbekiston rassomlarining onlayn katalogi

    Buxoro raqsi

    Buxoro raqsi
    Foto: Pinterest

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining eski binosidagi manzara esa ko‘ngilga botadi. Devordagi san’at asarining bir tarafi restavratsiya uchun nomiga (polietilen bilan) yopib qo‘yilgan-u, bir tomoni yangi lift o‘rnatish payti o‘yilib qolgan. Lekin shu choqqacha na o‘yilgan joy tuzatilgan, na boshqa qismlardagi darzlariga e’tibor berilgan. San’atni tushunmasak ham uni avaylab-asrashimiz kerakligi, moddiy-ma’naviy yodgorliklarning ushoqdek zarrasi ham butun dunyoda ko‘zga to‘tiyo qilinishini qachon tushunib yetishimiz mumkinligini bilmayman, ochig‘i. Ko‘p qavatli uylarning mozaikasini avaylab-asrashga urinayotgan payt xalq rassomi qalamiga mansub durdonani avaylamaslik — nodonning ishi.

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining eski binosidagi restavratsiya qilinishi rejalashtirilgan devoriy surat

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining eski binosidagi restavratsiya qilinishi rejalashtirilgan devoriy surat
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining eski binosidagi suratga lift tomonlarini kengaytirish payti shikast yetgan

    Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining eski binosidagi suratga lift tomonlarini kengaytirish payti shikast yetgan
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Oxirgi manzilni zo‘rg‘a topdik. O‘zFAning San’atshunoslik institutida Chingiz Ahmarovning to‘rt malak siymosi akslangan suratlari borligini eshitiboq, manzilini daraklasak, ko‘pchilik bilmas ekan. Oxiri, izlab-izlab topgach, institut binosi maxsus qo‘riqlanadigan imoratlar orasida joylashgani ma’lum bo‘ldi.

    San’atshunoslik institutidagi suratlar

    San’atshunoslik institutidagi suratlar
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    San’atshunoslik institutidagi suratlar

    San’atshunoslik institutidagi suratlar
    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Toshkent bo‘ylab kezarkansiz, eng diqqatga sazovor joylarda — muzey, teatr, institutlar binosida Chingiz Ahmarovning nodir, zamon dolg‘alariga dosh berib kelayotgan asarlari manaman deb turibdi. Har kuni foydalanadigan metro bekati, oyda yilda (esga kelsa, ko‘ngil tortsa, albatta) bir tushadiganimiz teatr zallari, kamdan kam boradigan muzeylar devori, foyelarida saqlanayotgan buyuk rassomning (kimdir buzib, savdo markazi qurishni mo‘ljallamasa agar) asrlarga teng imzosi — asarlari xalq boyligiga aylangan allaqachon. Uni asrab-avaylash, avlodlarga ham yetkazish har qaysi vijdoni uyg‘oqning vazifasi. Ehtimol, siz-u bizga “begona” bu asarlar kelajakda minglab, millionlab taqdirlarning yo‘lini yoritar, hech qursa, dunyoqarashiga zarra nur qo‘shar...

    Charos Nizomiddinova tayyorladi.

    04.09.2021, 06:13   Izoh (0)   78851
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fuqarolarni xorijga ishga jo‘natishni vaʼda qilgan litsenziyasiz tashkilotlar jarimaga tortildi

    O‘zbekiston | 12 may, 23:50

    “Daryo” dayjesti: 12-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 12 may, 23:30

    Andijonda Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:50

    Samarqandda uch kishi bir bolani kaltakladi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 22:40

    Toshkentda elektr tarmoqlar korxonasining ikki xodimi 10 ming dollar pora olayotganda ushlandi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:30

    Navoiyda maktab direktori o‘quvchilarni kaltakladi

    O‘zbekiston | 12 may, 22:20

    Yevropa Ittifoqi Ukrainaga Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 900 mln yevro ajratadi

    Dunyo | 12 may, 22:20

    Pentagon migrantlarni Guantanamoga olib borish va qaytarish uchun millionlab dollar sarfladi

    Dunyo | 12 may, 22:10

    Qamchiq dovonida ikki kishi yuk mashinasi xandaqqa tushib ketishi oqibatida kabinaga qisilib qoldi (video)

    O‘zbekiston | 12 may, 21:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.