• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12705.79
    • RUB159.2
    • EUR14704.41
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Vadim Abramov Diyor Imomxo‘jayev haqida: “Men uchun u odam sifatida mavjud emas”

    O‘zbekiston terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Vadim Abramov YouTube’dagi Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida PFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jayevning “Offside” ko‘rsatuvidagi gaplariga javob qaytardi.

    Vadim Abramov

    Vadim Abramov
    Kadr: YouTube / Alter Ego
    Bu birinchi navbatda millatchilikdir. Agar u bu gaplarni ko‘chada aytganida, ehtimol, uni ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlagan bo‘lardi. Terma jamoa, terma jamoa yuzi va g‘urur haqidagi gapiga kelsak, u boshidan hammani aldab kelyapti.

    Uning chiqishlarini bilaman, hozir internetda chiqib, o‘z fikrlarini sochish urf bo‘lgan, buning uchun javobgarlik belgilanmagan. Menga uning maqsadi oldindan ma’lum, u qancha ko‘p shunaqa chiqishlar qilsa, layklari ham shuncha ko‘payadi. Uning gaplarini eshitish uchun odamlar u yerga kiradi. Va qancha ko‘p odam kirsa, u shuncha ko‘p pul ishlab olishi mumkin. Uning maqsadi shundan iborat, boshqa hech narsa emas. U chiroyli gapira oladi, jurnalist bo‘lib tanqid qila oladi, lekin afsuski, ishlash qo‘lidan kelmaydi.

    Terma yuzi haqida gapiribdi, bir vaziyatni boricha aytib beraman: Aziz Haydarov bilan uning oldiga terma jamoa uchun chempionat taqvimi bo‘yicha gaplashish uchun kelgandim, bilasizmi, u menga nima dedi? U menga ‘sizning terma jamoangiz meni qiziqtirmaydi, asosiysi, chempionatni o‘tkazishim kerak’, — dedi. Shu odam keyin terma jamoa haqida jar solmoqda va uning yuzi haqida gapirmoqda.

    Biz pandemiya davrida Tojikiston terma jamoasi bilan o‘ynashimiz kerak edi. U buni bilardi. FIFA qoidalariga ko‘ra klublar o‘yinchilarini rasmiy o‘yinga 5 kun qolganida, o‘rtoqlik o‘yiniga esa 3 kun qolganida qo‘yib yuborishi kerak. U bunga amal qiladi, mayli. Lekin qoldirilgan ‘Paxtakor’ — ‘Navbahor’ o‘yinini 2-sentabrga qo‘yyapti, terma jamoa esa 3-sentabrda Tojikiston bilan o‘ynashi kerak. O‘shanda ‘Paxtakor’da Shota Arveladze murabbiy edi. Ular aslida ‘Navbahor’ bilan emas, ‘Mash’al’ bilan o‘ynashi kerak edi. Men Arveladzega shunday dedim, ‘sendan ikki nafar o‘yinchingni olaman, jamoangiz manfaatlariga zarar bo‘lmasin’.

    Keyin raqibni ‘Navbahor’ga almashtirishdi. ‘Navbahor’dan ham ikki nafar futbolchi chaqirgandik. 30-sanada yig‘ilganimizda ‘Paxtakor’ o‘yinchilarini yubordi, ‘Navbahor’ esa yo‘q. Bu kishim, nomini aytmayman (Diyor Imomxo‘jayev nazarda tutilmoqda — ‘Daryo’) ‘Navbahor’dagilarga ‘o‘yinchilaringni yubormasanglar ham bo‘ladi, bu FIFA kunlari emas’ degan. Tushunyapsizmi? Buni eshitgan ‘Paxtakor’ ular jo‘natmas ekan, biz ham futbolchilarimizni olib ketamiz, dedi va shunday qildi. Yakunda biz ularsiz uchib ketdik. ‘Navbahor’ ham, ‘Paxtakor’ ham futbolchilarini bermadi. Endi u aytsin, qani uning terma jamoa uchun qayg‘urgani? U tojiklarga yutqazishimiz uchun hamma narsani qildi. Biz Tojikiston bilan 3 yoki 4-tarkib bilan o‘ynadik, ‘paxtakorchilar’siz, ‘navbahorchilar’siz va legionerlarsiz.

    Imomxo‘jayevning gaplari va harakatlarida mantiq borligi haqida

    Men uni kuzatmayman. U chiroyli gapirishni biladi. Axir u aytgan-ku, bizda davlat futbolga pul bermasligi va hamma narsa Angliyadagidek bo‘lishi kerak deb. Yaxshi, men uning qanday ishlayotganini ko‘ryapman, ishlayversin. U hatto qur’ani ham tuzuk, to‘g‘ri qilib o‘tkaza olmaydi. Tushunishim bo‘yicha u futbolni televizorda ko‘rgan. Hozir esa PFLni boshqarmoqda. Juda yaxshi, boshqaraversin.

    Imomxo‘jayev gaplari uchun undan uzr so‘ragan yo so‘ramagani haqida

    Menga bu qiziq emas. Men uchun u odam sifatida mavjud emas. Nima, u Leninmidiki, uning iqtiboslarini eshitsam.

    Vadim Abramov, futbol murabbiyi

    Diyor Imomxo‘jayev iyul oyida bergan intervyusida quyidagi fikrlarni aytgandi.
    Men nimaga achinaman, bilasizmi, millatchi emasman, biroq mening jamoam, mening g‘ururim 8 yildan beri ikkita odamning qo‘lida o‘yinchoq bo‘lishi... Bu holatga achinaman. Keladi, xohlagan ishini qiladi. Muxlisga ham ‘qo‘yib qo‘yadi’, xohlasa, u futbolchini chaqiradi, xohlasa, bunisini, istagan ishini qiladi va oxirida bittasi hamma ayb menda deydi, yana biri matbuot anjumaniga kelmay ham qo‘ya qoladi. Xato qilish ayb emas, xatoni takrorlash ayb. Qachongacha shu xatoni takrorlaymiz? O‘zbek futbolida milliy terma jamoada Sarkisyan ham ishladi, Babayan ham ishladi, Abramov ham ishladi. Siz uch o‘zbek mutaxassisi Armaniston terma jamoasini ketma-ket boshqarishini tasavvur qila olasizmi? Men e’tiqod tomondan ham, millat tomondan ham bag‘rikengman”.

    Diyor Imomxo‘jayev, PFL bosh direktori

    Mavzuga doir:

    • O‘yinlarni sotish, terma jamoadagi maoshi va chet eldan tushgan taklif haqida. Vadim Abramov bilan intervyu
    • Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida “ichi qora” odamlar bor edi
    • Qosimov, Babayan, Kuper va boshqalar. 30 yil ichida O‘zbekiston terma jamoasini kimlar boshqargan?
    • Vadim Abramov qo‘lidagi “qo‘g‘irchoqlar”, “Bunyodkor” sobiq rahbarining shubhali harakatlari va O‘zbekistonning sharmandali mag‘lubiyatini yashirishga uringanlar. Abror Imomxo‘jayev katta intervyu berdi
    • “Mening jamoam, g‘ururim 8 yil ikki shaxsning qo‘lida o‘yinchoq bo‘ldi”. PFL rahbari Vadim Abramovning “agentlik faoliyati” va natija keltirmaydigan uslubi haqida

    31.08.2021, 13:34   Izoh (0)   47387
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonlik UFC jangchisi antidoping qoidalarini buzganligi bois 2 yilga diskvalifikatsiya qilindi

    31.08.2021, 11:18

    Rasman: Jasur Yaxshiboyev “Sherif”ga o‘tdi. Moldova klubi YChLda “Real” va “Inter” bilan bir guruhdan joy olgan

    31.08.2021, 01:31

    O‘yinlarni sotish, terma jamoadagi maoshi va chet eldan tushgan taklif haqida. Vadim Abramov bilan intervyu

    31.08.2021, 00:18

    “Namanganlik muxlislar bunday rahbariyatga munosib emas”. Andrey Kanchelskis 1,6 mln dollar kompensatsiya, “Navbahor” va o‘zbek futbolidagi noprofessionallar haqid...

    30.08.2021, 23:01

    Tokioda o‘tgan yana bir sermahsul kun, ijaraga berilgan Jasur Yaxshiboyev, “Real”ga o‘tishi uchun 1 kun qolgan Mbappe. Eng so‘nggi sport yangiliklari

    30.08.2021, 22:15

    Vadim Abramov Umid Ahmadjonov haqida: Uning atrofida “ichi qora” odamlar bor edi

    30.08.2021, 20:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    SAG 25 yilligi munosabati bilan Abu-Dabida hamkorlari uchun biznes tur tashkillashtirdi 


    American University of Technology: ikkita magistrlik diplomi va AQSHda o‘qish imkoniyati


    InfinBANK AstraSend orqali xalqaro pul o‘tkazmalarini yo‘lga qo‘ymoqda


    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Golden House’dan “O‘z Makon”: Toshkentdagi shahar hayotining yangi mezoni


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    President Tech Award: 1 000 000 dollarlik sovrin jamg‘armasiga ega innovatsion loyihalar milliy tanlovi boshlandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Xavfsiz shoping: Octobank raqamli xavfsizlik qoidalari haqida


    Mobiuz xodimlari onkologik va gematologik kasalliklar bilan kurashayotgan bolalarga yordam ko‘rsatdi


    Sun’iy intellekt vositalari va NVIDIA RTX 50: yangilangan ASUS ProArt P16 nimalarni o‘z ichiga oladi?


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    G‘azodagi ayol va qizlar: Isroil qamali ostida ularning hayoti qanday kechmoqda? (foto)

    13 iyun, 08:31
    Audio Icon

    “Hokim uyingni ekskavator bilan buzib tashlayman deb po‘pisa qilyapti”, — Samarqandda uyi “snos”ga tushganlarga kompensatsiya to‘lab berilmadi

    11 iyun, 20:50

    Kuchga to‘layotgan yangi qudrat. Xitoy qaysi qurollari bilan dunyo eʼtiborini tortdi?

    11 iyun, 20:00

    Vahshiylikning eng yuqori cho‘qqisi — Isroil askarlari falastinlik 6 yoshli qizcha va uning qarindoshlarini qanday o‘ldirgan edi?

    10 iyun, 19:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Turkiya: 273 mingdan ortiq suriyalik vataniga qaytgan

    Dunyo | 13 iyun, 16:40

    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda

    Reklama | 13 iyun, 16:30

    “Afg‘onlar biz bilan urishmaslik uchun suvdan richag sifatida foydalanyapti” — siyosatshunos Hamid Sodiq

    O‘zbekiston | 13 iyun, 16:33

    O‘zbekistonda besh oyda salkam 14 ming haydovchi mast holda mashina boshqargani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 16:31

    Halit Ergench yana mojaro markazida: U paparatssidan farzandlarining suratlarini o‘chirishni talab qildi

    Layfstayl | 13 iyun, 16:20

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 13 iyun, 16:16
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.