O‘zbekistonda 1-oktabrdan boshlab sement ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘i stavkasi pasaytiriladi. Bu haqda 31-avgust kuni imzolangan “Qurilish materiallari sanoatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarorida belgilandi.
Qaror bilan 2021-yil 1-oktabrdan boshlab sement (klinker) ishlab chiqaruvchilar uchun foyda solig‘ining stavkasini 20 foizdan 15 foizgacha pasaytiriladi.
Shuningdek, 2022-yil 1-yanvardan boshlab sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan 1 tonna ohaktosh uchun yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini ikki baravar kamaytirgan holda 22 500 so‘m miqdorda belgilanadi.
Hujjatda qayd etilishicha, bunday o‘zgarish tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish bo‘yicha 2021-yil 20-avgust kuni o‘tkazilgan Prezidentning tadbirkorlar bilan ochiq muloqoti doirasida belgilangan masalalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishda bozor munosabatlarini chuqurlashtirish maqsadida joriy etildi.
Izoh (0)