2021-yilning yanvar—iyul oylarida O‘zbekiston 11 ta xorijiy davlatga qiymati 7,5 million dollarga teng bo‘lgan 34,3 mingta konditsioner eksport qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Konditsioner eksporti o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,7 million dollarga oshgan.
O‘zbekiston 2021-yilning 7 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:
- Ozarbayjon – 19,2 mingta;
- Tojikiston – 6,4 mingta;
- Rossiya – 3,4 mingta;
- Turkmaniston – 1,8 mingta;
- Qirg‘iziston – 1,5 mingta;
- Qozog‘iston – 1,3 mingta;
- Moldova – 487 ta;
- Turkiya – 100 ta;
- Yaman – 99 ta;
- Afg‘oniston – 65 ta;
- Armaniston – 6 ta.
- Toshkent shahri – 6,6 million;
- Toshkent viloyati – 819,8 ming;
- Andijon viloyati – 1,2 ming AQSh dollari.
Izoh (0)