Toshkent shahrida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz poytaxt” maxsus profilaktik tadbirlari davomida fohishalik bilan shug‘ullangani uchun avgust oyi boshidan buyon 359 nafar ayol ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tungi reyd davomida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan shunday yengil tabiatli ayollar qo‘lga olingan. Ulardan bemahalda nima qilib yurgani so‘ralganda tayinli javob bera olishmagan.
Shuningdek, jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq 26 ta holat fosh etilgan.
Bundan avval Chilonzorda o‘tkazilgan reydda fohishalik bilan shug‘ullangan ayollar va ularning haydovchilari qo‘lga olingani, Toshkent aeroportida 29, 26 va 22 yoshli ayollarni Turkiyaga fohishalikka yuborayotgan ayol ushlangani haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga doir:
- Samarqandda 29 yoshli ayolni fohishalik qilish uchun Tailandga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
- Farg‘onada bir ayolni aldab, uni Turkiyaga fohishalik qilishga yubormoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi
- Xorazmda uch nafar qizni Dubayga fohishalik qilish uchun jo‘natishga uringan shaxslar qo‘lga olindi
Izoh (0)