• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Bu mamlakat meni hurmat qilmaydi, nega uning bayrog‘ini ko‘tarishim kerak?”. UFC’dagi birinchi o‘zbek sportchisi Mahmud Murodov navbatdagi jangi oldidan katta intervyu berdi

    Mahmud Murodov 2019-yilda UFC janglarida ishtirok eta boshladi va ushbu musobaqada qatnashgan ilk o‘zbek sportchisiga aylandi. Avvaliga hayratlanarli taqdirni boshidan kechirayotgan sportchining natijalaridan ko‘ra uning ishtiroki ko‘pchilik uchun qiziqarli bo‘ldi. Qurilishda ishlagani, ochlikni boshidan o‘tkazgani, Floyd Meyvezer bilan tanishgani — Murodov qiziqarli shaxsga aylangandi. UFC’dagi 3 ta ketma-ket g‘alabadan so‘ng Mahmud bo‘lajak yulduz ekanligi ayon bo‘ldi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    29-avgustda Murodov UFC’da to‘rtinchi jangini o‘tkazadi. Uning raqibi — liganing faxriy a’zosi Jerald Myorshart. Sport24 muxbiri Ivan Kovalyov Murodov bilan bog‘landi va qator savollarga javob oldi.
    • Nima uchun Murodov endi Chexiyani hurmat qilmasligini (oxirgi yillarda o‘zi o‘sha yerda istiqomat qilgandi);
    • O‘zini Habib darajasidagi yulduz deb hisoblaydimi?;
    • Mahmud oxirgi yillarda o‘ziga yoki yaqinlariga qilgan eng yaxshi sovg‘asi;
    • Las-Vegasdagi jang safari vaqtida do‘sti Floyd Meyvezer bilan uchrashishni reja qilgani haqida.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Iyun oyida O‘zbekistonda juda ko‘p uchrashuvlar sabab mashg‘ulotlarga qancha vaqt ajratgani haqida

    Qayerda bo‘lmasin, nima bo‘lmasin, bir kunda kamida bir marta mashg‘ulot o‘tayman. Bu mening hayot tarzim. Murabbiy doim meni nazorat qiladi. Doim yugurish yoki og‘ir mashqlarni bajarish mumkin. Ko‘p uchrashuvlar may oyida bo‘lib o‘tgandi. Iyun-iyul oylarida tayyorgarlik ko‘rdim.

    Odamlarning ko‘chadagi diqqat-e’tibori haqida

    Odamlar kibrli ekan demasligi uchun bundan nolimayman. To‘g‘ri, salomlashib ketadigan va suratga tushishni so‘raydigan muxlislar bo‘ladi.

    Chexiya yoki O‘zbekiston. Qaysi biri ustunligi haqida

    99% O‘zbekiston. Bilasizmi nega? Hozir tushuntiraman. Avval ikkita bayroq ko‘tarardim. Hozir faqatgina bitta — O‘zbekiston. Chunki Chexiya hanuz menga fuqarolik bermadi. Bu mamlakat meni hurmat qilmaydi. Yashayotganimga besh yil bo‘lgan bo‘lsa-da, hamon hujjatlarni berishgani yo‘q. Qanaqa sabab bor, bilmayman. Vaqtida soliqlarni to‘lab boraman. Shunday qaror qildim: agar mamlakat seni hurmat qilmasa, uning bayrog‘ini nega ko‘tarishing kerak? Nega bir foiz Chexiyaga beraman. Do‘stlarim, jamoam — bularning barchasi bir foizga kiradi. Chexiyada 10 million aholi istiqomat qiladi. Oxirgi yillarda shu o‘ylar bilan yashayapman. Sen yordam berasan, unga boringni berasan, lekin ulardan sado chiqmaydi. Qanday salom berilsa, shunday alik olinadi. Kim bilandir jangga hozirlanayotgan bo‘lsang, sen ham jangni qabul qilishga tayyor turishing zarur.

    Yashash joyni o‘zgartirish fikri haqida

    Hammasi joyida. Agar fuqarolik berishmasa, boshqa Yevropa mamlakatida yashashim yoki Chexiyaga soliq to‘lamay qo‘yishim mumkin. Hozirda O‘zbekistonda yashayapman. U yerda MMA rivoji uchun yordam beryapman. Yilning sakkiz oyini O‘zbekistonda o‘tkazaman.

    4 kun oldin Vegasga kelgani haqida (intervyu 26-avgust kuni olingan), iqlimga moslashish uchun bir haftagina muhlat bo‘lishi, bu juda oz muddat ekani haqida

    Men uchun bu normal holat. Bu vaqtda iqlimga moslashishimga ishonaman. Doimiy ravishda Vegasga borib turaman. U yerda ishim bor, TMT jamoam o‘sha yerda shug‘ullanadi.

    Tajribali Myorshart Hamzat Chimayevga qarshi juda yomon ishtirok etgani haqida

    Ko‘pchilik Hamzatning zarbasi kuchli ekanini aytadi, men bunga ishonaman va o‘sha kuni buni ko‘rdik. Uning omadi keldi. Omad bu sport turida asosiy rolni egallaydi. Bir daqiqadan keyin nima bo‘lishini hech birimiz bilmaymiz.

    2020-yil 31-oktabrda koronavirusga chalingani sabab Kevin Holland bilan jang qoldirilgandi. O‘sha jang o‘tkazilganda, hozir qanday holat yuz berishi mumkinligi haqida

    Agar o‘sha jang o‘tkazilib, mening foydamga hal bo‘lganda, top-15 da turgan bo‘lardim, deb o‘ylayman. Uning jang uslubi ojiz, “defence” (himoya) juda ojiz. Uning hujumlarini nazorat qila olardim. U gapirib sizni chalg‘itadi. Men bilan esa bu ishni qila olmasdi. Uni yenga olardim, deb o‘ylayman. Myorshartdan oldin Holland bilan jang qilishga tayyor ekanligimni aytgandim. U boshqa jangga tayyorgarlik ko‘rayotganini aytishdi. Menimcha, unga kuchsizroq raqib berilgan. Chunki Holland oxirgi ikki jangida mag‘lubiyatga uchradi.

    Myorshartni yenga olsa, o‘rta vazn toifasida top-15 ga kirishi, MDH davlatlari ichida -84 kg vazn toifasida eng kuchli jangchiga aylanishi haqida

    Omari eng kuchlisi edi. U hozir UFC’dagi faoliyatini tugatgan. Endi PFL yoki Bellator’ga o‘tadi. Shuning uchun men MDH davlatlari ichida eng kuchlisiga aylanishim mumkin. Avval top-15 ga kirishim lozim.

    O‘ziga yoki yaqinlariga qilgan eng yaxshi sovg‘asi haqida

    Ancha oldin ota-onamga uy sovg‘a qilgandim. O‘zbekistonda biznesim bor, u yerda to‘rt qavatli bino qurilmoqda. Xayriya ishlari bilan shug‘ullanaman. O‘zimga bir nechta uy xarid qildim. Ba’zi oilalarga kichik uylar hadya qildim. Kimdir tibbiy asbob-uskunalarga muhtoj bo‘lsa, olib beraman. Yaqinda Rolls-Royce sotib oldim.

    Mashinalarni sevishi haqida

    Mashinalarni yaxshi ko‘raman. Bu mening orzum edi. Mashina, pullar — asosiysi emas. Asosiysi, yaqinlarim haqida qayg‘ura olishim.

    Las-Vegasga bu galgi sayohatda Floyd Meyvezer bilan uchrashuv rejalashtirilgani haqida

    U bilan yaqinda xabarlashdim. Floyd Mayamida. Agar ulgursa, jangga yetib keladi. Agar ko‘risha olmasak, noyabrda Vegasga qaytaman. Hozir butun diqqatimni jangga qaratganman. Meyvezerning kun tartibi shunaqa: u yoqdan bu yoqqa borib keladi. Bir joyda o‘tirmaydi.

    Meyvezerning Logan Pol bilan jangini qanday baholashi haqida

    Hech qanday. 200 million dollar ishlab topdi. O‘zi va oilasi uchun butun umrga yetadigan pul ishladi. Balki yana jang qilar. Floyd bilan bu jang haqida suhbatlashganimizda: “O‘shanda nima uchun ringga chiqqanimni bilasan-ku, maqsad — pul edi”, — degandi. Nega Logan Pol aynan Floyd bilan ringga chiqdi deb o‘ylaysiz? Axir — u Floyd Meyvezer. “Money Fight”.

    Mahmud Murodov, UFC jangchisi

    29-avgust, yakshanba tongida AQShning Las-Vegas shahrida UFC Vegas 35 musobaqasi o‘tkaziladi. O‘zbekistonlik sportchi Mahmud Murodov AQSh vakili Jerald Myorshartga qarshi jang qiladi.

    28.08.2021, 16:42   Izoh (0)   94738
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dovurxon Karomatov Paralimpiya o‘yinlarida O‘zbekistonga 11-medalni taqdim etdi

    28.08.2021, 15:34

    Tokio—2020. Nafisa Sheripboyeva bronza medalini qo‘lga kiritdi. Bu O‘zbekiston uchun 10-medal

    28.08.2021, 13:52

    Feruz Saidov finalda qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etib, Paralimpiya o‘yinlarining oltin medalini qo‘lga kiritdi

    28.08.2021, 13:18

    Tokio—2020. Paradzyudochi Parvina Samandarova finalda ozarbayjonlik raqibiga mag‘lub bo‘ldi va kumush medalni qo‘lga kiritdi

    28.08.2021, 12:52

    Tokio—2020. Nozima Qayumova va Mohigul Hamdamova oltin medalni qo‘lga kiritdi

    28.08.2021, 10:38

    Superliga. “Lokomotiv” “Turon” ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

    27.08.2021, 21:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Aktyor Burak O‘zchivit “Hukmdor Usmon” serialini tark etdi

    Kino | 23 iyul, 10:35

    Toshkentda samolyot bortida yo‘lovchi ayolga shahvoniy shilqimlik qilgan erkak jazolandi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 10:31

    Ukrainаdagi urushning 2026‑yilgi harbiy xarajatlari ochiqlandi

    Dunyo | 23 iyul, 10:23

    Mirabror Usmonov kubogi-2025. O‘zbekiston Saudiya Arabistoni darvozasiga 3 ta gol urdi (video)

    Sport | 23 iyul, 10:23

    Senat chiqindi xizmatidan qarzi borlar elektrga to‘lov qilolmasligi bo‘yicha muammolar borligini ko‘rsatdi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 09:59

    Reshford “Barselona”da asosiy tarkib uchun qaysi futbolchi bilan raqobatlashishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 23 iyul, 09:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.