• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Salomatlik

    Tug‘ruqdan keyingi depressiya: 8 ta yashirin simptom

    Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, tug‘ruqdan keyin ayollarning kamida 13 foizi depressiyani boshdan kechiradi. Shu bilan birga, bemorlarning deyarli to‘rtdan uch qismi hatto kasal ekanliklariga shubha ham qilmaydi. Bu juda xavflidir, chunki tug‘ruqdan keyingi depressiya hayot uchun xatarli holat bo‘lib, ba’zida o‘z joniga qasd qilishga olib kelishi mumkin. O‘z vaqtida choralar ko‘rish va shifokor bilan maslahatlashish uchun nafaqat ayolning o‘zi, balki uning yaqinlari uchun ham depressiya rivojlanishining alomatlarini bilish juda muhim: bu holat o‘z-o‘zidan o‘tib ketmaydi.

    Foto: “Domashniy ochag”

    Foto: “Domashniy ochag”

    Haddan ortiq tashvishlanish

    Hamma onalar bolaning salomatligi va farovonligi haqida qayg‘uradi, shuningdek, uning ahvolidan xavotirda bo‘ladi. Agar tashvish hissi kuchayib borsa, ayolga kecha-yu kunduz hamrohlik qilsa, iloji boricha tezroq shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bu depressiya rivojlanishining belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.

    Qattiq asabiylashish

    Albatta, uyqusizlik, yangi vazifa, yuqori mas’uliyat, shuningdek, boshqalarning yetarlicha qo‘llab-quvvatlamasligi g‘azab va asabiylikning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Ammo eng kichik muammolarga ham to‘satdan kuchli g‘azablanish tabiiy javob bo‘ladigan bo‘lsa, bu ruhiy tushkunlik rivojlanishining belgisidir.

    Qaror qabul qilishda qiyinchilik

    Yana bir ogohlantirish belgisi – diqqatni jamlashda qiyinchilik va qaror qabul qila olmaslik. Hatto eng oddiy va tanish vaziyatda ham tanlov qila olmaslik depressiya belgilaridan biri, shu jumladan, bu bola tug‘ilgandan keyin rivojlanadi.

    Ishtahaning o‘zgarishi

    Emizikli ona suti yo‘qolmasligi va laktatsiya muammosiz davom etishi uchun odatdagi me’yoriga qo‘shimcha ravishda kuniga kamida 500 kaloriya kerak. Ammo ayol odatdagidan ko‘ra ko‘proq ovqat iste’mol qilsa yoki aksincha, deyarli hech narsa yemasa, bu juda jiddiy alomatdir. Va iloji bo‘lsa, tezroq shifokorga ko‘rinish kerak.

    Uyquda muammolar

    Rostini aytganda bola tug‘ilgandan keyin uyqu rejimi ham, uning ham sifati muqarrar ravishda o‘zgaradi. Ammo ayol qanchalik charchagan bo‘lsa ham  ayol uxlay olmasa, bu juda jiddiy belgidir. Bunday vaqtda, albatta, shifokor bilan maslahatlashish kerak: davolanish uchun asab tizimini qo‘llab-quvvatlaydigan va dam olish qobiliyatini tiklaydigan maxsus dorilar buyurilishi mumkin.

    Bolaga befarqlik

    Bola tug‘gan ayollar har doim ham unga bo‘lgan muhabbat va mehrni darhol his qilavermaydi – bu normal holat. Ammo agar ayol chaqaloqqa nisbatan faqat g‘azablanish yoki befarqlikni his qilsa, uni doimiy noqulaylik manbayi sifatida qabul qilsa, nima bo‘layotganiga ahamiyat bermasa, shoshilinch ravishda onaga yordam kerak.

    Yaxshi ona bo‘la olmaslik gumoni

    “Men yomon onaman!” – har bir ona hayotida hech bo‘lmaganda bir marta o‘ziga aytadi. Ammo tug‘ruqdan keyingi depressiyaga duch kelgan ayollar tom ma’noda shu tuyg‘uga g‘arq bo‘ladi: ular hech qachon bolasiga g‘amxo‘rlik qila olmasliklariga, chaqaloq u bilan emas, balki boshqa bilan yaxshiroq bo‘lishiga ishonadi. Yana bir alomat – bu sezgi uzoq vaqt davomida yo‘qolmaydi.

    Doimiy yig‘lash istagi

    Homiladorlik va tug‘ruq kabi jiddiy hissiy tajriba, shuningdek, bu vaqtda yuzaga keladigan gormonal shoklar, nihoyat, uyqusizlik – bularning hammasi ayollarni hayajonlanishga va yig‘lashga moyil qiladi. Ammo tug‘ruqdan ikki hafta o‘tgach ham yig‘lash istagi yo‘qolmasa, bu haqda doktor bilan gaplashish kerak.

    Mavzuga doir:

    • Xatarni baholaymiz: homilador ayollar uchun koronavirus infeksiyasi qanchalik xavfli?
    • Homilador ayollar qachon skrining tekshiruvidan o‘tkaziladi hamda u orqali qanday kasalliklarni aniqlash mumkin?
    • Homiladorlarda qorin pastki qismida sanchiq paydo bo‘lishining sababi nima?
    • Ortiqcha vazn ayollarning homilador bo‘lishiga to‘sqinlik qiladimi? Shifokor javob beradi
    • Homiladorlar uchun moda qoidalari: Bo‘lajak onalar qanday qilib zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin? (foto)

    27.08.2021, 16:56   Izoh (0)   35477
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘rik iste’mol qilganda organizmda qanday o‘zgarish kuzatiladi?

    27.08.2021, 11:29

    Alomatsiz kechayotgan pnevmoniyani qanday aniqlash mumkin? 

    26.08.2021, 20:57

    Made in Japan: Yaponcha parhez nima va unga amal qilish orqali qanday natijaga erishish mumkin?

    26.08.2021, 15:55

    Аyollarda osteoporoz kasalligi

    26.08.2021, 10:33

    Tizza bo‘g‘imlari artrozi: kelib chiqish sabablari va davolash usullari

    25.08.2021, 19:58

    Saraton xavfini 20 foizgacha kamaytirishga yordam beruvchi mahsulotlar

    24.08.2021, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali

     

    Tavsiya etamiz

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Buxorodagi bog‘chada uch yoshli bola tok urishidan vafot etdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:45

    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi

    Reklama | 19 iyun, 19:30

    “Xizmatlar taklif qilish, bu yerning tabiati va sharoitini chet ellarda keng targ‘ib etish kerak” — Shavkat Mirziyoyev

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:29

    Farg‘onada qaynuka pochchasini ketmon bilan o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 19:20

    Abbosbek Fayzullayev Turkiya klubidan taklif oldi — insayder

    Sport | 19 iyun, 19:16

    Xonanda Shakira AQSHdagi migrantlarning og‘ir ahvoli haqida gapirdi

    Layfstayl | 19 iyun, 19:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.