Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Motorola kompaniyasi tomonidan 2020-yilda chiqarilgan Edge modelining bir nechta o‘zgartirishlar kiritilgan versiyasi taqdim etildi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Motorola Edge 2021 modeli Full HD+ sifatni qo‘llab-quvvatlovchi va 144 gertsli tasvir yangilanish chastotasiga ega 6,8 dyuymli suyuq kristall ekranga ega bo‘lgan. Ekran o‘zidan oldingi versiyadan farqli o‘laroq egilmagan.

Smartfon Snapdragon 778G operatsion tizimi, 6/8 gigabayt tezkor va 128/256 gigabayt ichki xotirada ishlaydi. Operatsion tizim sifatida Android 11 o‘rnatilgan. Qurilmaning asosiy kamera datchigi 108 megapikselga teng. Bundan tashqari, Macro Vision funksiyasiga ega 8 megapikselli keng burchak va chuqurlikni o‘lchovchi 2 megapikselli datchigi bor. Frontal kamerasi — 32 megapiksel.

Telefonga sig‘imi 5000 mA/soatga teng batareya o‘rnatilgan bo‘lib, u 30 vattli TurboPower tezkor quvvatlanish funksiyasiga ega. Buning yordamida akkumulyator 10 daqiqali quvvatlanish orqali 9 soatgacha ishlay oladi.

Yana bir qiziqarli bonusi — yon tomoniga o‘rnatilgan barmoq izi skaneri va o‘yinlarni telefondan katta ekranga o‘tkazish imkonini beradigan simsiz ulanishning yangi imkoniyatlari.

Smartfon AQShda 2 sentabrdan 500 dollar narxida sotuvga chiqadi, keyinroq 700 dollargacha qimmatlashadi.

Avvalroq afsonaviy Motorola Razr “raskladushka”si Android 11 ga ega bo‘lgani, Motorola kompaniyasi IP68 va Gorilla Glass Victus’ga ega “o‘lmaydigan” smartfonini taqdim etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar