Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiya A Seriyasining 1-turidan o‘rin olgan o‘yinda “Inter” 21-avgust, shanba kuni “Jenoa” bilan bahs yuritdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

Milanda o‘tgan bellashuv mezbonlarning yirik g‘alabasi bilan yakunlandi. “Ko‘k-qoralar” genuyaliklar darvozasiga javobsiz 4 ta to‘p kiritdi. Gollarga Milan Shkrinyar, Xoqon Chalxono‘g‘lu, Arturo Vidal va Edin Jeko mualliflik qildi.

Shu tariqa amaldagi chempion “Inter” mavsumni yirik g‘alaba bilan boshladi. Jamoaga yangi qo‘shilgan futbolchilar Xoqon Chalxono‘g‘lu va Edin Jeko esa o‘zlarining ilk rasmiy o‘yinida gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

A Seriya

1-tur bahslari

21-avgust, shanba

“Inter” – “Jenoa” 4:0

Gollar: 1:0 – 6 Shkrinyar, 2:0 – 14 Chalxono‘g‘lu, 3:0 – 74 Vidal, 4:0 – 87 Jeko.

“Inter” – Handanovich, Darmian, de Vrey, Shkrinyar, Bastoni (Dumfris, 84), Perishich (Dimarko, 69), Brozovich, Chalxono‘g‘lu (Satriano, 77), Sensi (Vidal, 69), Barella (Vesino, 77), Jeko.

“Jenoa” – Sirigu, Krishito, Biraski (Serpe, 46), Vanxoysden, Kambyazo (Sabelli, 46), Sturaro (Melegoni, 71), Badel, Ernani (Byanki, 46), Rovella, Pandev, Kallon (Favilli, 54).

Ogohlantirishlar: Krishito (1), Sturaro (66), Vesino (78).

“Verona” – “Sassuolo” 2:3

Gollar: 0:1 – 32 Raspadori, 0:2 – 51 Jurichich, 1:2 – 71, penalti Zakkanyi, 1:3 – 77 Traore, 2:3 – 90 Zakkanyi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov