“O‘ztransgaz” AJ boshqaruv raisi Ulug‘bek Saidov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “UzNews.uz” xabar qildi.
Bu lavozimda uning o‘rniga energetika vazirining sobiq o‘rinbosari Behzod Normatov tayinlandi. Eslatib o‘tamiz, Ulug‘bek Saidov “O‘ztransgaz” kompaniyasini 2019-yil iyulidan boshqarib kelayotgandi.
Bundan avval O‘zbekiston davlat soliq organlari tizimida qator tayinlovlar amalga oshirilgani, Buxoro viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i G‘ijduvon tumani hokimi etib tayinlangani hamda O‘zbekiston Strategik rivojlanish agentligiga bosh direktor tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)