• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    30 yil avvalgi putch haqida uyatli savollar: Nima o‘zi u? Kim qanday maqsad bilan kurashgan? Kimdir haqiqatan ham SSSRni parchalab yuborishni xohlaganmi?

    1991-yilning 19-avgust kuni SSSRda Avgust putchi boshlangan: bir guruh yuqori martabali amaldorlar hokimiyatni qo‘lga kiritishga uringan, bu jarayon Moskvaga qo‘shinlarning kiritilishi va Oq uy oldidagi to‘qnashuvlar bilan birga kechgan. Avgust voqealari mamlakatning kelgusi taqdirini amalda hal qilgan — 1991-yil dekabrida Sovet Ittifoqi yo‘qlikka yuz tutgan. Hozirgi vaqtda ko‘pchilik bundan 30 yil avval yuz bergan voqealar va ularning tafsilotlarini eslay olmaydi. Shu munosabat bilan Meduza 1991-yilgi putch haqidagi asosiy savollarga javoblarni tayyorlagan, “Daryo” buni o‘zbek tiliga o‘girdi.

    Mavzuga doir: SSSRni saqlab qolish uchun uyushtirilgan fitnani tushuntirib beruvchi 10 ta fotosurat

    Moskvaning Manejnaya maydonidagi BTR. 1991-yil, 19-avgust.

    Moskvaning Manejnaya maydonidagi BTR. 1991-yil, 19-avgust.
    Foto: Andrey Solovyev / “TASS” / Meduza

    Putch — inqilob deganimi?

    Putch — bu hokimiyatni konstitutsiyaga zid ravishda egallab olish, davlat to‘ntarishi. Har holda, Rossiya rasmiylari 1991-yil avgustida GKChP tomonidan sodir etilgan xatti-harakatlarga shunday baho bergan. Putchistlar orasida SSSRning yuqori martabali amaldorlari: vitse-prezident Gennadiy Yanayev, Ministrlar Soveti raisi Valentin Pavlov, mudofaa vaziri Dmitriy Yazov, IIV rahbari Boris Pugo, KGB raisi Vladimir Kryuchkov va boshqalar bo‘lgan. GKChPning nominal yetakchisi sifatida Yanayev ko‘rilsa-da, biroq tarixchilarning aksariyati uni bir dekorativ figura ekanini, fitnaning bosh tashabbuskori Kryuchkov bo‘lganini ta’kidlaydi.

    Voqealarning omma ongida o‘rnashib qolgan talqiniga ko‘ra, putch ishtirokchilari SSSRning amaldagi prezidenti Mixail Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatib, mamlakatning ayrim hududlarida favqulodda holat (FH) tartibini joriy etishga uringan. FH tartibi siyosiy partiyalar va jamoat tashkilotlari faoliyatini to‘xtatish, mitinglar, ko‘cha yurishlari, namoyishlar va ish tashlashlar o‘tkazishni taqiqlash, OAV ustidan nazorat o‘rnatish va boshqa choralarni nazarda tutardi.

    GKChPsi nima endi? Uning ishtirokchilari nimani istagan?

    GKChP — bu SSSRda Favqulodda holat davlat qo‘mitasi (FHDQ) nomli tuzilmaning ruscha qisqartma nomi. Gorbachyovni hokimiyatdan chetlatishga qaror qilgan sovet yetakchilari o‘zini shunday deb atagan. GKChPning e’lon qilingan maqsadi Sovet Ittifoqini saqlab qolish va mamlakatda olib borilayotgan islohotlarni to‘xtatish edi. Qo‘mita a’zolarining fikricha, qayta qurish va u bilan bog‘liq islohotlar mamlakatni parokanda qilgan. Xususan, 1991-yilning 20-avgustiga SSSR respublikalari o‘rtasida yangi ittifoq shartnomasini imzolash belgilangan edi. Sovet Ittifoqining o‘rniga Suveren (Mustaqil) Davlatlar Ittifoqi nomli konfederatsiya tashkil etilishi lozim edi va SSSRga a’zo respublikalarning hammasi ham unga qo‘shilmoqchi emasdi.

    GKChP a’zolari bu to‘ntarishga urinishga uyushtirishiga sabab bo‘lgan omillardan biri — ular o‘z lavozimlaridan ayrilishdan xavotirlangan, degan taxmin ham bor: yangi ittifoq shartnomasi imzolangudek bo‘lsa, avvalgi SSSRning rahbariyati hokimiyat tepasida qololmagan bo‘lardi. Xususan, Mixail Gorbachyov 1991-yilning iyul oyida u RSFSR prezidenti Boris Yelsin bilan yangi ittifoq shartnomasi imzolangach, SSSR vazirlar mahkamasi tarkibini butkul yangilash borasida kelishuvga erishib olgani haqida so‘zlab bergandi. Gorbachyovning taxminiga ko‘ra, uning Yelsin bilan ushbu suhbati KGB xodimlari tomonidan yozib olingan va GKChP a’zolari uning mazmunidan xabardor bo‘lgan.

    GKChPning Moskvadagi matbuot anjumani, 1991-yil 19-avgust. Markazda — SSSR IIV rahbari Boris Pugo, uning o‘ng tomonida — SSSR vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev.

    GKChPning Moskvadagi matbuot anjumani, 1991-yil 19-avgust. Markazda — SSSR IIV rahbari Boris Pugo, uning o‘ng tomonida — SSSR vitse-prezidenti Gennadiy Yanayev.
    Foto: Vladimir Musaelyan va Aleksandr Chumichev / “TASS” / Meduza

    Yelsin qayoqdan paydo bo‘lib qolgan o‘zi? Kim kimga qarshi kurashgan?

    Boris Yelsin Sovet Ittifoqi tarkibidagi eng yirik respublika — Rossiya Sovet Federativ Sotsialistik Respublikasi (RSFSR) prezidenti edi. Aynan RSFSR rahbariyati (IIV, KGB va boshqa davlat organlarining Rossiya bo‘linmalari bilan birgalikda) GKChPga qarshi asosiy muxolifatni hosil qilgan. Putchistlar esa, o‘z navbatida, butunittifoq darajasidagi tuzilmalarga — Ichki ishlar va Mudofaa vazirliklari (xususan, armiya), SSSR KGBsi, KPSS Markaziy komiteti (Kommunistik partiyaning boshqaruv organi)ga tayangan. Sirasini aytganda, avgustdagi qarama-qarshilikni SSSR boshqaruvining konservativ qanoti va Yelsin boshliq RSFSR siyosiy rahbariyati o‘rtasidagi nizo, deb atash mumkin.

    Yelsin va Gorbachyov SSSRni parchalab tashlamoqchi bo‘lganmi?

    Katta ehtimol bilan — yo‘q. SSSRning so‘nggi yillaridagi muhokamalarning asosiy mavzusi ulkan mamlakatdan nima qilib bo‘lsa-da nimanidir saqlab qolish bo‘lgan. Qayta qurish davomida boshlangan islohotlar ijtimoiy-siyosiy hayotni demokratlashtirish va iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan edi — chunki bungacha bo‘lgan ko‘rinishida sovet tizimi o‘z yashovchanligini yo‘qotib bo‘lgandi. 1980-yil o‘rtalaridan boshlab SSSR iqtisodiyoti inqirozda edi, buning oqibatida 1989-yilga kelib sotsialistik lager tizimi amalda quladi, 1990-yilga kelib esa SSSRning o‘zi parchalana boshladi: respublikalar birin-ketin mustaqillik deklaratsiyalarini e’lon qila boshladi. Mamlakatning ko‘plab rahbarlari respublikalarni ushlab turish uchun hokimiyatda resurslar yo‘qligini, davlatni saqlab qolishning yagona chorasi — butun tizimni modernizatsiya qilish va qayta qurish ekanini tushunib turardi.

    1991-yilning 17-mart kuni Gorbachyov tashabbusi bilan mamlakat tarixida birinchi marta butunittifoq referendumi o‘tkazilgan — aholiga “SSSRni teng huquqli suveren respublikalar federatsiyasi sifatida yangilash” kerakmi yo yo‘q, shu masalani hal qilish taklif etildi. 15 ta respublikaning oltitasi (Armaniston, Gruziya, Moldova, Estoniya, Litva va Latviya) referendumni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortdi, biroq qolgan respublikalarning aholisi davlatni saqlab qolish uchun ovoz berdi. Referendum yakuni o‘laroq yangi ittifoq shartnomasi ishlab chiqildi va u 1991-yilning 20-avgust kuni imzolanishi kerak edi. Ko‘plab ichki ixtiloflarga qaramay, RSFSR rahbariyati shartnomani imzolash kerak, deb hisoblardi. GKChP a’zolari esa ushbu shartnomaning imzolanishi SSSRning parchalanishini shunchaki rasmiylashtiradi deb taxmin qilar, shu bois mamlakatni faqat kuch ishlatish yo‘li bilan saqlash qolish mumkin va zarur, deb hisoblardi.

    Putch vaqtida Gorbachyov nima bilan band bo‘lgan?

    GKChP a’zolari o‘z faoliyatini boshlash uchun SSSR prezidenti Qrimda dam olayotgan vaqtni tanlagan. Bo‘lajak putchistlar mamlakatda favqulodda holat tartibini joriy qilish masalasini Gorbachyov bilan muhokama qilish uchun 18-avgust kuni Forosdagi prezident dala-hovlisiga borgan. Gorbachyov rad javobini bergan. Shundan so‘ng dala-hovlidagi barcha aloqa uzib qo‘yilgan (GKChP ishtirokchilari o‘z xotiranomalarida bunday qilinganini rad etadi). Gorbachyov Forosda qamalda qolib ketgan: dala-hovlini chegara qo‘shinlarining Sevastopoldagi polki qurshab olgan, prezidentning samolyoti va vertolyoti esa SSSR Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari shtab boshlig‘i general Igor Malsevning ko‘rsatmasiga muvofiq aeroportda to‘sib qo‘yilgan edi. Shundan so‘ng televideniye orqali Gorbachyovning betobligi, shu munosabat bilan mamlakatdagi hokimiyat vaqtincha SSSR vitse-prezidenti Yanayev zimmasiga o‘tishi e’lon qilingan.

    Mixail Gorbachyov tayyorlanayotgan hodisalar haqida oldindan bilgani va hatto SSSRda favqulodda holat tartibi joriy etilishini yoqlab chiqqani haqida guvohliklar bor. Boris Yelsinning ta’kidlashicha, Gorbachyov Forosda o‘tirib olib, “hammasini bilib turgan va kim g‘alaba qozonishini kutgan”. Putch arafasida va uning birinchi kunlarida Gorbachyov ham qo‘llab-quvvatlab turgani haqida GKChP a’zolari ham gapirgan. Biroq SSSR prezidentining putchga bevosita aloqadorligini tasdiqlovchi dalillar yo‘q.

    Putch nimadan boshlangan? Barcha asosiy voqealar Moskvada bo‘lganmi?

    Favqulodda holat tartibi va komendantlik soatini joriy etilishi munosabati bilan miting va norozilik namoyishlari SSSRning ko‘plab shaharlarida bo‘lib o‘tgan, biroq voqealarning asosiy markazi Moskva edi. 19-avgustning erta tongida SSSR mudofaa vaziri, GKChP a’zosi Dmitriy Yazovning buyrug‘iga muvofiq, Moskvaga qo‘shinlar kiritilgan. Tanklar va BTRlar markaziy ko‘chalar va maydonlarga kirib borgan, desant qo‘shinlari esa Ostankinodagi telemarkaz, Markaziy telegraf, radiostansiyalar va boshqa muhim infratuzilma obyektlarini qo‘riqlovga olgan. Kun davomida barcha telekanallar orqali faqat bir narsa — “Oqqush ko‘li” baleti bilan yangiliklar dasturi va uning orasida klassik musiqa efirga uzatilgan. Soat 11:00 dan boshlab Moskva markazida mitinglar boshlangan, shu bilan bir vaqtda ko‘chalarni zirhli transportyorlar egallay boshlagan. 17:00 da Tashqi ishlar vazirligi binosida GKChP a’zolari matbuot anjumani o‘tkazgan: vitse-prezident Yanayev, sezilarli hayajon bilan, Gorbachyovga nisbatan hurmat va “demokratlashtirish tomon tanlangan yo‘lni davom ettirish” zarurligi haqida gapirgan.

    Oq uy oldida nimalar bo‘lgan? Xalq kim taraf edi?

    Oq uyda RSFSR Oliy kengashi joylashgan edi. Boris Yelsin 19-avgust kuni soat 9 dan o‘sha yerda bo‘lgan, GKChPga qarshi kurash shtabi ham shu yerda joylashgan edi. Yelsin boshliq RSFSR rahbariyati GKChPning harakatlarini davlat to‘ntarishi deb atab, o‘z tarafdorlarini Oq uy himoyasiga chorlagan. Peshinda yig‘ilganlar oldiga Yelsin chiqib, bino oldidagi tanklardan birining ustida o‘zining mashhur murojaatini o‘qib eshittirgan. Shundan so‘ng tartibsiz miting ishtirokchilari qurolsiz ko‘ngillilar bo‘linmalarini tuza boshlagan va RSFSR rahbariyatini ehtimoliy hujumdan himoya qilish maqsadida qo‘lga ilingan narsalar bilan — bruschatka, skameyka, chiqindi baklari va boshqalar vositasida barrikadalar qurishga kirishgan. Ayni vaqtda bino ichida qurollangan odamlar — qo‘riqchilar, shuningdek, RSFSR IIV xodimlari bo‘lgan. 21-avgustga o‘tar kechasi ularning safiga Rossiya militsiya maktablarining qurollangan kursantlari qo‘shilgan. Ko‘ngillilarga zirhli nimchalar va avtomatlar tarqatilgani ham ma’lum qilingan.

    20-avgust oqshomiga kelib Oq uy atrofida, ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bir necha yuz ming odam to‘plangan. Hujjatlardagi ma’lumotlar va guvohlarning so‘zlariga asoslanib xulosa qilinsa, yig‘ilganlar turfa edi — ular orasida ziyolalar, talabalar va Afg‘on urushi faxriylaridan tortib kazaklar va millatchilarning “Xotira” jamiyati a’zolarigacha hamma bor edi. Qarshilik harakati yetakchilari to‘planganlarni harbiylarning jig‘iga tegmaslikka, qo‘lni qo‘lga berib, ma’lum bir masofa saqlagan bino atrofida turishga chaqirardi. Ayni vaqtda qurollangan qo‘riqchilarga, agar shturm yuz bergudik bo‘lsa, hujum qilayotgan shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘qqa tutish haqida ko‘rsatma berilgan edi.

    Lekin baribir shturm yuz bermagan, to‘g‘rimi? U holda odamlar qayerda o‘lgan?

    Tanklarni qo‘llagan holda, “Alfa” va “Vimpel” maxsus bo‘linmalari jangchilari ishtirokidagi shturm uyushtirish bo‘yicha kamida bitta reja bo‘lgan, biroq oxir-oqibat ushbu operatsiyani boshlash bo‘yicha buyruq kelib tushmagan. Shunday buyruqni berishga vakolatli bo‘lgan SSSR mudofaa vaziri Dmitriy Yazov, yakunda bunday qilmaslikka qaror qilgan. Keyinchalik uning o‘zi Oq uyga hech kim hujum qilmoqchi bo‘lmagani haqida hikoya qilgandi. GKChPning boshqa a’zolari esa o‘z xotiranomalari va ko‘rsatmalarida “Oq uy atrofidagi vaziyatni keskinlashtirayotgan jangarilarni ajratib qo‘yib, qurolsizlantirish uchun” shturm rejasi ishlab chiqilganini ta’kidlagan. Rejani ishlab chiqishda qatnashgan harbiylarning bir qismi Oq uy himoyachilari tarafiga o‘tib ketgan (masalan, Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengashining bo‘lajak kotibi va Krasnoyarsk o‘lkasining gubernatori general Aleksandr Lebed).

    Ayni vaqtda 21-avgustga o‘tar kechasi armiya zirhli texnikasi komendantlik soati talablarini bajarish uchun Moskva ko‘chalari bo‘ylab patrul harakatlarini amalga oshira boshlagan. O‘sha tunda qo‘lga olishlar bo‘lmagan, biroq shaharning bir qator joylarida harbiylar va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tgan. Sadovaya halqa yo‘lining Yangi Arbat ko‘chasi bilan kesishmasida namoyishchilar BMP (piyodaning jangovar mashinasi)lar kolonnasining yo‘lini to‘sishga uringan. Texnikani toshbo‘ron qilishgan, mashinalardan birini yoqib yuborishgan. Askarlar ogohlantiruvchi o‘t ochgan; o‘qlardan biri, rikoshet bo‘lib, 37 yoshli Vladimir Usovni o‘ldirgan. 28 yoshli Ilya Krichevskiy yoqib yuborilgan BMPning ekipaj a’zolaridan biri tomonidan boshiga o‘q uzilishi oqibatida halok bo‘lgan. 22 yoshli Dmitriy Komar BMPga chiqib olib, so‘ng undan uloqtirib yuborilgan va gusenitsalar ostida majaqlanib halok bo‘lgan. Uchala qurbon ham o‘limidan so‘ng Sovet Ittifoqi Qahramoni unvoni bilan taqdirlangan.

    Ya’ni, harbiylar yakunda GKChPni qo‘llab-quvvatlamagan?

    GKChPga birin-ketin ko‘plab yuqori martabali harbiylar qarshi chiqa boshlagan (masalan, harbiy-havo kuchlari bosh qo‘mondoni Shaposhnikov, harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni Chernavin, strategik ahamiyatga ega raketa qo‘shinlari bosh qo‘mondoni Maksimov). Biroq 21-avgustga o‘tar kechasi Moskva, Leningrad va boshqa shaharlarga yo‘naltirilgan bo‘linmalarning komandirlari ham kichik rol o‘ynamagan. Masalan, Moskva halqa avtomobil yo‘li atrofida kolonnalar yo‘lini harbiylar orasida tashviqot olib borishga qaror qilgan RSFSR xalq deputatlari to‘sib chiqqanida, ularga hech kim qarshilik ko‘rsatmagan. Oqibatda 21-avgustning erta tongida mudofaa vaziri Yazov qo‘shinlarni Moskvadan olib chiqish haqida buyruq berishga majbur bo‘lgan. Kunning ikkinchi yarmida esa Gorbachyovni ko‘mak berishga ko‘ndirish harakati muvaffaqiyatsiz tugagach, vitse-prezident Yanayev GKChPni tarqatib yuborish haqidagi farmonga imzo chekkan.

    Ittifoqdosh respublikalarda nima bo‘lgan? Ular GKChP tarafdorimidi yo Yelsinning?

    Ittifoqdosh respublikalarning rahbarlari ko‘p hollarda GKChP bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ziddiyatga borishdan qochgan. Ko‘plar — xususan, Belarus va Ukraina SSRlar — so‘zda bo‘lsa-da putchistlarning xatti-harakatlarini qo‘llab-quvvatlagan. Amalda esa respublikalardagi qo‘llov deyarli hech qanday ahamiyatga ega bo‘lmagan. Masalan, Boltiqbo‘yi respublikalarida GKChPni mahalliy kommunistik partiyalarning rahbarlari qo‘llab-quvvatlagan, biroq bu vaqtda ularning qo‘lida amalda hech qanday hokimiyat va kuch yo‘q edi.

    Fitnachilarning keyingi taqdiri qanday kechgan? Ularni qamashganmi?

    1991-yilning 22—29-avgust kunlari GKChP a’zolari va ularning ayrim tarafdorlari hibsga olingan. Keyinchalik ularga nisbatan tayinlangan ehtiyot chorasi munosib xulq-atvor haqidagi tilxatga almashtirilgan. 1993-yil aprelida sud mahkamasi boshlangan. 1994-yil fevralida esa GKChP ishi bo‘yicha sudlanayotganlar Davlat dumasi (Rossiya parlamenti) qarori bilan afv etilgan. SSSR ichki ishlar vaziri Boris Pugo 1991-yil avgustida, uni qo‘lga olgunlarigcha, o‘z joniga qasd qilib, halok bo‘lgan.

    19.08.2021, 23:33   Izoh (0)   56616
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Fotogalereya: Afg‘on ayollarining hayoti “Tolibon” hokimiyat tepasiga kelguniga qadar qanday kechayotgandi?

    19.08.2021, 20:41

    XVJ “Tolibon” hokimiyatini tan olish masalasi noaniqligi sababli Afg‘onistonga yordam berishni to‘xtatdi

    19.08.2021, 19:25

    “Sputnik V” delta shtammga moslashtirildi, AQShda ommaviy qayta emlanish boshlanadi. Koronaxabarlar

    19.08.2021, 19:10

    “Tolibon” Afg‘onistonda Mustaqillik kuniga bag‘ishlangan miting ishtirokchilariga qarata o‘t ochdi. Qurbonlar bor

    19.08.2021, 18:11

    Afg‘onistonda “Tolibon”ga qarshi kuchlar AQSh va G‘arbdan qurol-yarog‘ yetkazib berishni so‘radi

    19.08.2021, 15:25

    Bayden: “AQSh qo‘shinlarining Afg‘onistondan olib ketilishi kechiktirilishi mumkin”

    19.08.2021, 14:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.