Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili boshida jami oliy ta’lim tashkilotlari soni 127 tani tashkil etib, ularda 571,5 ming nafar talaba tahsil olmoqda.
Tahsil olayotgan jami talabalardan 260 ming nafari — 45 foizini qizlar tashkil etadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2020/2021-o‘quv yili qabulidan boshlab Mahalla va oilani qo‘llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlariga nisbatan qo‘shimcha to‘rt foizli davlat granti ajratildi.
2021/2022-o‘quv yilidan boshlab esa bazaviy to‘lov-kontrakt asosida davlat OTMga qabul qilingan, ota-onasi yoki ularning biridan ayrilgan muhtoj qizlar, boquvchisi yo‘q yolg‘iz ayollarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari hamda davlat OTM hisobidan o‘qitish tartibi joriy etiladi.
Izoh (0)