Baqlajon, tovuq go‘shti va pomidor uyg‘unligida betakror ta’mga ega yegulik taom tayyorlaymiz.
Kerakli mahsulotlar:
- tovuq filesi – 350 gramm;
- mayonez – 3-4 osh qoshiq;
- baqlajon – 3-4 dona;
- pomidor – 1-2 dona;
- o‘simlik moyi – 2 osh qoshiq;
- ko‘kat, tuz va ziravorlar.
- Tovuq filesi yumshoq bo‘lib pishgunga qadar 20-25 daqiqa davomida pishirib olinadi.
- So‘ngra pishgan go‘shtni bo‘laklarga bo‘lib, mayonez, ko‘kat, tuz va ziravorlar bilan aralashtiriladi.
- Baqlajon uzunasiga bo‘laklarga bo‘linadi. Tuzli suvda 5-10 daqiqa qoldirilib, so‘ngra salfetkalar ustiga yoyiladi.
- Tovada qizdirilgan yog‘da suvi qurigan baqlajonlar qizargunga qadar qovuriladi.
- Pomidor bo‘laklarga bo‘linadi.
- Tovuq va pomidor bo‘lagidan baqlajon ustiga terib chiqiladi va rulet shaklida o‘raladi. Bezak uchun ko‘kat va mayonez quyish mumkin.
Izoh (0)